va har chorakda kamida bir marta fan metodbirlashmalari yig„ilishi o„tkaziladi.
Yig„ilishlarda o„qituvchilarga fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan ko„rsatilgan metodik
xizmatlar natijasida o„quvchilarning o„zlashtirish samaradorligi va sifati, o„qituvchilarning ilg„or
tajribasini maktab miqyosida ommalashtirish, ularni moddiy-ma‟naviy rag„batlantirish, xalqaro tan olingan
ta‟lim dasturlari hamda xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar, fan
o„qituvchilarining dars taqsimotlari, mediasavodxonlik va onlayn axborot bo„yicha masalalar muhokama
qilinadi va tegishli tavsiyalar beriladi.
Shuningdek, maktabning fan o„qituvchilari malaka oshirish kurslarida o„rgangan yangiliklarini
o„quv jarayonida qo„llashi va natijada o„quvchilarning o„zlashtirish samaradorligining o„sganligi, ta‟lim
sifatining oshishiga erishganliklari metodbirlashma yig„ilishlarida muhokama qilib boriladi.
Umumiy o„rta ta‟lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari tomonidan o„qituvchilarga
ko„rsatilgan metodik xizmat sifati, uning natijasi maktabning pedagogik kengashida muhokama qilinadi
hamda tegishli tavsiyalar beriladi.
8.
Tuman (shahar) xalq ta‟limi bo„limidagi Pedagog kadrlar salohiyatini oshirish va zamonaviy
metodikalarni targ„ib qilishni rivojlantirish sho„basi metodistlari tomonidan quyidagi ishlar amalga
oshiriladi:
fan o„qituvchilarining metodik yordamga bo„lgan ehtiyojini aniqlab, hududiy xalq ta‟limi
boshqarmalaridagi O„quvchilarda zamonaviy ko„nikmalarni shakllantirishni muvofiqlashtirish sho„basi
metodistlari va Pedagoglarni yangi metodikalarga o„rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat bo„limi
metodistlaridan tegishli metodik yordam olib, umumta‟lim maktabi o„qituvchilariga yetkazadi;
hududiy xalq ta‟limi boshqarmalaridagi O„quvchilarda zamonaviy ko„nikmalarni shakllantirishni
muvofiqlashtirish sho„basi metodistlari va Pedagoglarni yangi metodikalarga o„rgatish milliy
markazlaridagi Metodik xizmat bo„limi metodistlari tomonidan o„tkaziladigan har xil seminar va
treninglarni tashkil etish choralarini ko„radi;
oliy ta‟lim va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o„qituvchilarning dars o„qitish metodikasiga oid
seminarlar, ko„rgazmalar, uchrashuvlar, mobil metodik yordamlar ko„rsatish bo„yicha tashkiliy metodik
ishlarda hamkorlik qiladi;
uzoq va olis hududdagi fan o„qituvchilari bilan alohida reja asosida ishlash, ularning metodik
ehtiyojlarini aniqlash va qoplash bo„yicha hududiy metodistlar bilan hamkorlik qiladi;
umumiy o„rta ta‟lim maktablarining tayanch o„quv reja va o„quv dasturlari bo„yicha tushuntirish
ishlarini olib boradi;