1.2. Den Syaopinning iqtisodiy islohotlari va ''Ochiq eshiklar'' siyosati
1976-yil sentabrda Mao Szedun vafot etdi. Bu hodisa Xitoyda hokimiyat
uchun kurashni avj oldirdi. Partiya rahbarligiga Xua Go-fen keldi. To‘rtlar to‘dasi
(bunga Maoning xotini Szyan Sin ham kirardi) «Ishlab chiqarishga juda katta zarar
keltirganlikda» ayblanib, qamoqqa olindi. Oxir-oqibatda hokimiyat tepasiga
«pragmatiklar» deb atalgan guruh keldi. Bu guruhga «madaniy inqilob» yillarida
qatag‘on qilingan Den Syaopin rahbarlik qilar edi. (Den Syaopin 1997-yilda 92
yoshida vafot etdi.) Xitoy Kommunistik Partiyasi yangi rahbariyati Mao Szedun
yo‘lini xato deb e’lon qildi.
“Buyuk dohiy” vafotidan keyin mamlakat tepasiga ishning ko‘zini biladigan
arbob Den Syaopin (1904-1997) kelgandan keyin haqiqiy islohotlarni boshlab
yubordi. Qizil shiorlar, balandparvoz chaqiriqlar bilan xalqni to‘ydirib bo‘lmasligini
anglagan yetakchi iqtisodiyotni erkinlashtirdi, sotsialistik jamiyat tizimiga
kapitalistik bozor munosabatlarini dadil olib kirdi. Xususiy mulk davlat va jamoat
mulki deb e’lon qilindi, xorij sarmoyadorlariga bir qator imtiyozlar berildi.
14
«Katta sakrash» va iqtisodiyotning to‘la davlat nazoratiga olinganligi
mamlakat va xalqqa ulkan kulfat keltirganligi tan olindi va ular qoralandi. 1978-
14
https://zarnews.uz/uz/post/jahonning-ikkinchi-iqtisodiyotiga-aylanish-yolida-xitoyda-amalgaoshirilgan-
islohotlar;
12
yildan pragmatiklar aralash iqtisodiyotni yoqlab chiqdilar. Davlat rahbarligida bozor
iqtisodiyotiga o‘tish yo‘li tanlandi. Bu tarixga «iqtisodiy va siyosiy hayotni
modernizatsiya qilish» nomi bilan kirdi. Chet el sarmoyasining mamlakat
iqtisodiyotiga joylashtirilishi uchun qulay sharoit yaratildi. Qishloqda xalq
kommunalari tarqatib yuborildi. Shirkat tuzumi bekor qilindi. Ularning o‘rniga oila
pudrati joriy etildi. Shu yo‘l bilan aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash
vazifasi hal etildi. Sanoatda ham chuqur islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, davlat
korxonalari xo‘jalik hisobi asosida ishlaydigan bo‘ldi. Kichik va o‘rta tadbirkorlikka
keng yo‘l ochildi. Ayni paytda sanoatning maishiy tovarlar ishlab chiqaruvchi
sohalarini rivojlantirishga katta e’tibor berildi. Yangi siyosat o‘z samarasini bermay
qolmadi.
“Ochiq eshiklar” siyosati olib borildi. Den Syaopin rahbarligi davrida
rahbariyat bosh maqsadi “sotsializmni ag‘darish emas, balki uni takomillashtirish va
yangilash bo‘ldi”. U totalitar tizimni mukammal demokratik tizimga almashtirdi.
Tadqiqotlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ko‘p yillar davomida hukm surgan markaziy
rejalashtirilgan iqtisodiyotdan zamonaviy bozor iqtisodiyotiga o‘tish maqsadida
1978-yildan boshlab “Ochiq eshiklar” siyosati doirasida ko‘plab ishlar amalga
oshirildi.
15
Bunda Xitoyda turli shakldagi maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etish
muhim yo‘nalishlardan biri bo‘lib, maxsus iqtisodiy zonalarni tashkil etishdan
asosiy maqsadlar quyidagicha edi:
xorijiy kapitalni maksimal darajada jalb qilish, sanoatning ilmiy sig‘imli
sohalarini yuqori texnologiyalar asosida rivojlantirish;
xalqaro mehnat taqsimotida samarali ishtirok etish, eksport hajmi va xorijiy
valuta tushumini oshirish;
maxsus iqtisodiy zonalar joylashgan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni
Hong Kong, Singapur va boshqa yangi industrial davlatlaridagi kabi rivojlantirish;
arzon va ortiqcha ishchi kuchi hamda boy xomashyo salohiyatidan to‘gri
foydalanish;
boshqaruv malakasiga ega bo‘lish va milliy kadrlarni tayyorlash.
15
S.B.Djabborovna. “Xitoy iqtisodiyoti” o`quv qo’llanma, III qism .: Toshkent – 2011-yil, 6-bet;
13
Xitoyda maxsus iqtisodiy zonalarlarning tashkil etilish jarayonini 4 bosqichda
kuzatishimiz mumkin: u 1970-yil oxiri 1980-yillar boshlari; 1980-yillar; 1990-yillar
va 1990-yildan hozirgi kungacha davom etayotgan zamonaviy davrni qamrab oladi.
1979-yilda Guangdong va Fujian provinsiyalarida “maxsus siyosat va
moslashuvchan choralar” tizimining joriy etilishi birlamchi qadam edi.
Dastlab,1980-yil avgustda Guangdong provinsiyasidagi Shenzhen, Zhuhai va
Shantou hamda shu yilning oktabrida esa Fujian provinsiyasidagi Xiamen hududlari
4 ta maxsus iqtisodiy zonalarga aylantirildi. Ushbu MIZning maqsadi deyarli bir xil
bo‘lib, maxsus moliyaviy, investitsion va savdo imtiyozlari orqali hududda barqaror
iqtisodiy o‘sishga erishish edi. Ular, asosan, joriy innovatsion siyosatni amalda
sinovdan o‘tkazish uchun tashkil etilgan bo‘lib, agar loyiha o‘zini oqlasa, bunday
MIZlarni mamlakat bo‘ylab keng tarqatish rejasi ko‘zda tutilgan.
Maxsus iqtisodiy zonalarlarda joriy etilgan imtiyozlar va qulay ishlab
chiqarish omillari yig‘indisi kutilmagan iqtisodiy o‘sishga sabab bo‘ldi. 1980-1984-
yilda yillik Xitoy YaIMi o‘rtacha 10 % o‘sdi. Bu ko‘rsatkich Shenzhenda 58 %,
Zhuhaida 32 %, Xiamenda 13 % va Shantouda esa 9 % bo‘ldi. 1986-yilgacha
Shenzhenda kapital, mehnat, yer, texnologiya, aloqa va transport kabi ishlab
chiqarish omillari kompleksi shakllanib bo‘lgan edi.
14
80-yillar oxiriga kelib Xitoy ko‘mir, televizor, shoyigazlama, sement ishlab
chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakat oziq-ovqat
mahsulotlari bilan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan bo‘ldi. Bular, o‘z navbatida, aholi
turmush darajasining o‘sishiga olib keldi. Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi
1986-yilda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish maqsadida mamlakatni 3 ta
iqtisodiy mintaqa (Sharqiy, Markaziy va G`arbiy)ga ajratildi. Xitoy iqtisodiy
mintaqalari juda katta hududlarni egallaganligi uchun ular o`z navbatida iqtisodiy
rayonlarga bo`linadi. Iqtisodiy rayonlar 2 va undan ortiq ma`muriy-hududiy birliklar
(provinsiya, avtonom rayon, markazgabo`ysunuvchi shahar, maxsus ma`muriy
hudud)dan tashkil topgan.
15
Yuqorida sanab o‘tilgan savdo va investitsiya muhitini rivojlantirish
maqsadidagi zonalar o‘zini oqlagach, Xitoy o‘z “Ochiq eshiklar” siyosatini yanada
kengaytirdi. 1984-yilda boshqa turdagi Maxsus Iqtisodiy Zonalar – iqtisodiy
texnologik taraqqiyot zonalari, boshqacha aytganda milliy sanoat parklari, tashkil
etila boshlandi. Maxsus Iqtisodiy Zonalarning iqtisodiy texnologik taraqqiyot
zonalaridan (ITTZ) farqi shundaki, Maxsus Iqtisodiy Zonalar kattaroq hududda,
ba’zan butun shahar yoki provinsiyada joylashishi mumkin. Birgina 1984-1988-
yillarda qirg‘oq bo‘yi shaharlarida 14 ITTZ tashkil etildi. 1989 va 2006-yillarda mos
ravishda Shanghai va Tianjin Binhai yangi zonalari ham tashkil etildi.
1992-yilga kelib Xitoyda 35 ta ITTZ muvaffaqiyatli faoliyat yuritar edi.
Keyinchalik, boshqa turdagi Maxsus Iqtisodiy Zonalar ham butun mamlakat bo‘ylab
tarqala boshladi va bunday zonalarni tashkil etish odatiy holga aylandi. 2008-yilda
Xitoyda 14 ta ochiq qirg‘oq shaharlar, 15 ta erkin savdo zonalari, 17 eksportni
rag‘batlantiruvchi zonalar, 52 ITTZ, 53 ta yuqori texnologiyali taraqqiyot zonalari
va 15 ta chegaradosh iqtisodiy hamkorlik zonalari ro‘yhatdan o‘tkazilgan edi.
Maxsus Iqtisodiy Zonalar to‘g‘risida haligacha yagona normativ hujjat yo‘q bo‘lib,
ularning tashkil etilishi, tugatilishi va faoliyati bilan bog‘liq munosabatlar 1982-
yilda qabul qilingan Xitoy Xalq Respublikasi Konstitutsiyasi bilan tartibga solinadi.
Uning 18-moddasi 2-bandiga ko‘ra, “Xitoy Xalq Respublikasi barcha xorijiy
korxonalar, tashkilotlar va xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi qo‘shma korxonalarga
investitsiya kiritishga ruxsat beradi hamda ularning huquq va manfaatlari qonun
bilan himoyalanadi”.
16
1998-yil 26-iyunda “Maxsus iqtisodiy zona va mintaqaviy shelflar
to‘g‘risida” XXR qonuni qabul qilingan. Yana Maxsus Iqtisodiy Zonalar to‘g‘risida
30 dan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar amal qiladi. Masalan, Umumxitoy Xalq
Vakillari Kengashi doimiy qo‘mitasi tomonidan Shenzhen (1992-yil iyul), Xiamen
(1994-yil mart), Zhuhai va Shantou (1996-yil mart) Maxsus Iqtisodiy Zonalarini
tashkil etish to‘g‘risida qaror yuqorida keltirib o‘tilgan Maxsus Iqtisodiy Zonalar
16
X.Qichqilov, M.Fayzullayeva. “Eng yangi tarix (1945-2010)” o`quv qo`llanma, “Yangi Nashr” .:
Toshkent – 2011-yil, 238-bet;
16
uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Hainan Maxsus Iqtisodiy Zonasi faoliyati
esa 1988-yil aprelda Xitoy Xalq Respublikasi Davlat Kengashi qarori bilan tartibga
solinadi.
90-yillarda mamlakatda po‘lat, rangli metallar eritish, sement, mineral o‘g‘it
ishlab chiqarish, ko‘p tarmoqli mashinasozlik rivojlandi. To‘qimachilik sanoati
mahsulotlari jahon bozorini egalladi. An’anaviy hunarmandchilik: ipakdan,
suyakdan badiiy buyumlar yasash, chinni mahsulotlar mashhur bo‘ldi. Dengiz
mahsulotlari, dorivor o‘simliklar, yog‘och mahsulotlarni ishlab chiqarish ko‘paydi.
Ishlab chiqarishda samaradorlik oshdi. 1992-yildan boshlab Xitoyda iqtisodiy
islohotning yangi bosqichi boshlandi. Bu bosqich – islohotni jadallashtirish va
chuqurlashtirish, iqtisodiy siyosatni mafkuradan xoli qilish va rejali boshqaruvdan
bozor iqtisodiyotiga izchillik bilan o‘tish bosqichi, deb nom oldi. Bu bosqich ayni
paytda iqtisodiyotda davlat mulki hissasining kamayib borishini ham o‘z ichiga
oladi. Amalda shunday bo‘lmoqda ham.
17
Xitoyda iqtisodiy islohotlar olib borilgan keyingi 25-yil davomida
olamshumul muvaffaqiyatlar qo‘lga kiritildi. 1998-yilda ichki ishlab chiqarishning
umumiy qiymati 1978-yildagidan 5,4 hissa ortiq bo‘ldi. Xitoyda ishlab chiqarish
qoldiqlarini qayta ishlash keng yo‘lga qo‘yildi. Xitoy har yili rivojlangan
davlatlardan ishlab chiqarish qoldiqlarini sotib olib, qayta ishlaydi va milliardlab
foyda oladi. Xitoy har yili AQSH dan 14 mlrd dollarga chiqindi sotib oladi. Hatto
1998-yilda Osiyoda pul masalasi inqirozi hamda tarixda kam uchraydigan kuchli suv
toshqiniga duch kelinganda ham Xitoyda ishlab chiqarishning umumiy qiymati
1997-yildagidan 7,8 foizga oshdi. Bu davrda qator sanoat va qishloq xo‘jalik
mahsulotlari ishlab chiqarish miqdori, masalan, guruch, paxta, go‘sht, yog‘-moy,
ko‘mir, po‘lat, sement, gazlama, televizor ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy dunyoda
birinchi o‘ringa chiqdi. Davlat tashqi pul muomalasi zaxirasi 45 milliard dollarga
yetdi. Xitoy oldingi iqtisodiy qoloq holatdan Amerika, Yaponiya, Germaniya,
Fransiya, Angliya va Italiyadan keyin dunyoda yettinchi o‘ringa chiqdi.
17
E.Z.Nuriddinov, X.Qichqilov. “Eng yangi tarix (1989-2008)” o`quv darslik .: Toshkent – 2010-yil, 341-
bet;
17
Xitoyning iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir ko‘rsatayotgan eng muhim
sabablardan biri davlatning to‘g‘ri iqtisodiy siyosati va bu iqtisodiy islohot
mobaynida tuzilgan iqtisodiy qonunlardir. Xitoy iqtisodiy islohot davomida bozor
xo‘jaligini yo‘lga qo‘ygan davlatlarning tajribalarini ijodiy o‘zlashtirib, o‘tgan yillar
davomida iqtisodiy munosabatlarni tartibga soladigan ko‘plab qonun, nizom, qoida
va qarorlarni qabul qildi va ularni yangidan vujudga kelgan iqtisodiy-ijtimoiy
munosabatlar xarakteriga moslashtirib, vaqti-vaqti bilan tuzatib bordi. Bu qonunlar
islohot natijalarini himoyalash va mustahkamlashni, bozor munosabatlariga oson
o‘tish va uning mo‘tadil rivojlanishini kafolatlagan.
|