O'zbekiston Respublikasi mehnat qonunchiligining asosiy yo'nalishlari, mehnatkashlarni himoya qilish, mavjud imtiyozlar



Yüklə 28,69 Kb.
səhifə17/20
tarix03.06.2023
ölçüsü28,69 Kb.
#124576
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
2 5384457352030200544

32-modda. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va sotganlik uchun javobgarlik
Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga javob bermaydigan, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan mahsulotni ishlab chiqarganlik va yetkazib berganlik iste’molchilarga yetkazilgan zararning o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishiga sabab bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida belgilangan mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga muvofiq bo‘lmagan ishlab chiqarish vositalarini, shaxsiy himoya vositalarini va jamoaviy himoya vositalarini, shu jumladan chet ellardan olingan shunday vositalarni sotish, tarqatish va reklama qilish taqiqlanadi hamda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
33-modda. Xodimning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun ish beruvchining moddiy javobgarligi
Ish beruvchi xodimning o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi tufayli uning hayoti va sog‘lig‘iga o‘zi yetkazgan zararning o‘rnini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq hajmda qoplashi shart.
Xodimning sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash jabrlanuvchining mehnatda mayib bo‘lishiga qadar bo‘lgan o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan jabrlanuvchi tomonidan kasbga oid mehnat qobiliyatini yo‘qotish darajasiga muvofiq bo‘lgan foizlardagi har oylik to‘lovdan, shuningdek xodimning bir yillik ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lovidan hamda xodimning sog‘lig‘i shikastlanishidan kelib chiqqan qo‘shimcha xarajatlarni (agar u davolanish, protez qo‘ydirish va tibbiy hamda ijtimoiy yordamning boshqa turlariga muhtoj deb topilgan bo‘lsa, ushbu tadbirlar bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek jabrlanuvchining qayta tayyorgarligi va tibbiy xulosaga muvofiq ishga joylashishi uchun xarajatlar va boshqa xarajatlar) kompensatsiya qilishdan iboratdir.
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi oqibatida xodim vafot etgan taqdirda, zararning o‘rni qoplanishi huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga boquvchining vafoti bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda har oylik to‘lovlar amalga oshiriladi, shuningdek vafot etgan xodimning o‘rtacha yillik ish haqining olti baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda bir yo‘la beriladigan nafaqa to‘lanadi va dafn etish xarajatlarining o‘rni qoplanadi.
Voyaga yetmagan xodimning sog‘lig‘iga zarar yetkazilgan taqdirda zararning o‘rnini qoplash uning avvalgi ish haqidan kelib chiqqan holda, ammo qonun hujjatlarida belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda hisoblab chiqariladi.

Yüklə 28,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin