O‘zbekiston respublikasi moliya vazirligining huquqlari 10



Yüklə 12,2 Kb.
tarix18.09.2022
ölçüsü12,2 Kb.
#63769
amaliy


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGINING HUQUQLARI 10. Moliya vazirligi quyidagi huquqlarga egadir: respublika vazirliklari va idoralaridan, boshqa boshqaruv organlaridan, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlardan respublika budjeti istiqbolini belgilash, valyuta rejasini tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish uchun materiallarni, buxgalteriya hisob-kitoblari va balanslarni, moliya-budjet, valyuta va soliq rejalashtirishi, budjetdan va valyuta jamg‘armasidan sarflanadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun boshqa materiallar va hisobotlarni, narx belgilashga oid materiallarni va monopoliyaga qarshi faoliyat olish; (10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 6-fevraldagi 63-sonli qarori tahririda) kredit muassasalaridan banklar haqidagi qonunchilikka, ularning Ustavlariga muvofiq muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning a’mollari va schyotlari haqidagi materiallarni olish; mablag‘larni qonunsiz ravishda sarf qilganliklari yoki ilgari berilgan mablag‘larni sarflaganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni va boshqa hisobotlarni taqdim etmaganligi uchun tegishli vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning rahbarlarini xabardor qilgan holda korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarni budjetdan va valyuta jamg‘armasidan mablag‘ bilan ta’minlashni cheklab qo‘yish, zarur hollarda umuman to‘xtatish hamda Vazirlik huquqi doirasida amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa jazolarni qo‘llash; budjetdan tashqari maxsus hisob raqamlarida rezervlar tashkil etish; (10-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 6-fevraldagi 30-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 6-son, 70-modda) budjetdan tashqari jamg‘armalarni tashkil qilish; respublika mintaqalari budjeti bo‘yicha vaqtinchalik kassa farqlarini qoplash uchun zarur hollarda ularni joriy yilda qaytarish sharti bilan respublika budjetidan ssuda berish; Oldingi tahrirga qarang. (10-bandning sakkizinchi to‘qqizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 26-dekabrdagi 572-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2003-y., 24-son, 242-modda) taftish va tekshirishlar davomida naqd pullarni, qimmatbaho qog‘ozlarni, buxgalteriya hisobi reyestrlarini, hisobotlar, smetalar va
Yüklə 12,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin