Xo'sh, Mustaqillikning o'zi nima? U nimalarga asoslanadi va uning mazmun-mohiyati nimalardan iborat?
Eng avvalo shuni aytish kerakki, Mustaqillik tenglik sari qo'yilgan birinchi qadam. Chunki, tenglik bo'lmagan joyda kimdir kimgadir tobe bo'ladi. Mutelik bor joyda hukmronlik, o'zgalar hisobiga yashash kabi illatlar paydo bo'ladi. Natijada biz so'nggi bir yarim asr mobaynida boshimizdan o'tkazgan mustamlakachilik dunyoga keladi. «Tenglik» so'zining qudrati shundaki, u odamlarning o'zaro munosabatlaridan tortib, davlatlararo munosabatlargacha hamma narsani me'yor-mezonga soladi, turli kamsitishlar yoki mantiqsiz ta'zim-tavozega chek qo'yadi.
Istiqlol - o'zaro hurmat, bir-birini tan olish, bir-birini e'zozlash orqali inson qadr-u qimmatini asrashdir. Demak, mustaqil har bir shaxs, har bir inson mohiyatidan kelib chiqadigan butun jamiyat va insoniyatni baholaydigan umuminsoniy qadriyat!
Dostları ilə paylaş: |