O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi
KIRISH
Mustaqillik yillari ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo'lgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo'lgan barcha hodisalarni o'zida mujassam etadi.
Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo'yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yo'lidagi asrlar osha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo'lga kiritish yo'llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtiso^liy, ijtimoiy va ma'naviy omillarini o'rganish va milliy g'oyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lozim.
2007-yil 30-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining Mustaqillikning 16 yilligiga bag'ishlangan qo'shma majlisida Prezident I. A.Ka-rimov «O`zbekistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo'li» mavzusida ma'ruza qildi. Unda O'zbekiston mustaqilligi tasodifiy hodisa emasligi, u o'ziga xos kurashlar, ziddiyatlar, iztiroblar bilan birga juda katta tarixiy yutuq ekanligini alohida ta'kidladi. Shu bilan birga ushbu davr fanda butun ko'lami va salmog'i bilan yetarli darajada o'rganilmaganligini alohida ta'kidladi va «mustaqillikka erishish davri haqida, eski tuzum inqirozga duchor bo'lib, sobiq ittifoq parokandalikka yuz tutgan bir paytda mamlakatimizda tobora keskin tus olgan siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy vaziyat, o'zligimizni anglash va toptalgan milliy g'ururimizni tiklashga qaratilgan intilish kuchayib borgani, Vatanimiz mustaqilligini qo'lga kiritish qanday sharoitda kechgani haqida yaxlit, yagona va xolis ko'z bilan qarab baho beradigan jiddiy tahlil-tadqiqot hozirgacha amalda yo'qligini afsus bilan aytishga to'g'ri keladi» - dedi.
Mustaqillik davrining xalq, millat va mamlakat taqdiridagi buyuk voqelik, noyob qadriyat ekanligi xususidagi fikrlarini davom ettirib Prezident I, Karimov «O`zbekiston mana shunday tahlikali va murakkab vaziyatda qanday maqsadlarni ko'zda tutib, qanday amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirganini, bu harakatlarning ilmiy-tarixiy, mantiqiy va qonuniy zamini va omillari, kerak bo'lsa, istiqlol o'zbek xalqiga tuhfa tariqasida berilmagani - bularning barchasi haqida har taraflama chuqur yoritib va isbotlab beradigan izlanish va tahlil bugungi kunda ham o'zining dolzarbligi va ahamiyatini yo'qotmaganini qayd etishimiz zarur», degan talablarni qat'iy qilib qo'ydi.
Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli ta'sir o'tkazadi, milliy g'oyaning shakllanishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog'li o'rganish, undan saboq chiqarish bilan bog'liq. Ulug' allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga da'vat etadi, ulkan yaratuvchilikni rag'batlantiradi. Zotan, uning ulug' murabbiylik, tarbiyachilik, yo'naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda.
Shu ma'noda mamlakatimiz rahbarining O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi Akademiyasi qoshida «O`zbekistonning yangi tarixi» Markazini tashkil qilish to'g'risida chiqargan Farmoyishi katta tarixiy va siyosiy ahamiyatga ega. Unga javoban 2000-yili «Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida», «O`zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida» va «Mustaqil O'zbekiston tarixi» kitoblari nashr etil-gan edi. 2003-yili esa Nukusda «Qoraqalpog'iston» nashriyotida «Qoraqalpog'istonning yangi tarixi» chop etildi. Oradan yillar o'tdi. O'zbekistonning mustaqil taraqqiyoti davrida ko'pdan ko'p tarixiy voqealar yuz berdi. Muallirlar keyingi yillar voqealari rivoji va mustaqillik davri yaxlit tarixiga ehtiyojning kattaligini nazarda tutib, kitobning to'ldirilgan, qayta ishlangan ikkinchi nashrini tayyorlashdi. Jumladan, unda quyidagilarga e'tibor berildi:
kitob yangitdan to'la tahrir qilindi;
birinchi bob, oltinchi paragrafga O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi yangi tahrirda qabul qilinganligiga doir alohida qism qo'shildi;
sakkizinchi bobga «O`zbekiston - Rossiya munosabatlari», «O`zbekistonning SHHTdagi faoliyati», «Toshkent - Sharq darvozasi» deb nomlangan uchta yangi paragraf qo'shildi;
barcha paragraflar 2008-yilgacha bo'lgan voqealar bilan to'ldirildi;
kirish va xulosa qismi yangi tahrirda berilmoqda.
Kitobda O'zbekistonning davlat mustaqilligiga erishishi, yangi jamiyatga o'tish davrida siyosiy islohotlarning amalga oshirilishi, O'z-bekistonda huquqiy demokratik davlat qurilishi, fuqarolik jamiyati-ning shakllantirilishi, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir tadbirlar, mamlakatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlash omillari, ma'naviy-ruhiy poklanish va milliy qadriyatlarning tiklanishi hamda O'zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olishi kabi masalalar mumkin qadar o'z ifodasini topgan.
Xullas, «Mustaqil O'zbekiston tarixi» kitobi ana shu tarixiy jarayonlarni to'laroq qamrab olish, uni jamlash, ma'lum bir tartibga solish, qolaversa, ana shu jarayonlarni iloji boricha ko'proq o'rganish orzu-istagida vujudga keldi. Darhaqiqat, mustaqillik davrida o'tgan kunlarimiz alohida o'rganishni, tadqiq etishni, ilmiy va nazariy xulosalar chiqarishni taqozo etmoqda. Buning o'ziga xos asoslari bor:
Dostları ilə paylaş: |