O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 20yilligiga bag'ishlanadi kirish



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə82/228
tarix15.04.2022
ölçüsü1,87 Mb.
#55515
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   228
Ўзбекистон тарихи- Мустақиллик даври---2014-1

Birinchidan, o'z g'oyasi, maqsad va vazifalariga ko'ra kom-munistik diktaturaga qarshi turgan «Erk» demokratik partiyasi ayni kommunistik partiya tarqatib yuborilgandan so'ng ham endigina shakllanayotgan yangi ijtimoiy-siyosiy tuzum sharoitlarida yuz bera-yotgan hodisalarga keskin qarshi turganligi mantiqsizlik edi.

Ular o'zlarining har bir chiqishlarida yangilanayotgan tuzum hukumati va mustaqillik tashabbuskorlarini eskicha ishlayotganga, islohotlar o'tkazishga qodir emaslikda ayblashardi. Xalqni oyoqqa turishga, qalqishga, keskin norozilik bildirishga da'vat etishardi. Jamiyat qon-qoniga singib ketgan qatag'onchilik, byurokratiya va to'rachilik illatlarini tezda barbod etish, ertaklardagi singari «bir yu-malab» yangi hayotga erishish mumkin emas edi. Bu tabiiy jarayon. Bir yuz o'ttiz yillik tobelik kayfiyatlarini, mutelik ruhiyatini sindirib, yangicha yashash tamoyillarini anglash uchun vaqt kerakligini tu-shunishmadi. Yoki aksincha, yaxshigina tushunishardi-yu norozilik kuchayishidan manfaatdor edilar.

Vaholanki, qariyb 130 yillik mustamlakachilikdan ozod bo'lgan mamlakat taqdiri o'zini chinakam vatanparvar deb bilgan har qan­day kishini qiziqtirishi, g'oyasi, e'tiqodi, kasb-u kori, ijtimoiy kelib chiqishi va millatidan qat'i nazar ana shu muqaddas zamin istiqboli yo'lida, yangi g'oya - mustaqil taraqqiyot g'oyasi atrofida jipsla-shish lozim edi.


Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   228




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin