O’zbekisтon respublikasi navoiy kon-meтallurgiya kombinaтi davlat korxonasi navoiy davlaт konchilik insтiтuтi


 Ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash



Yüklə 0,7 Mb.
səhifə15/82
tarix28.11.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#168252
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82
Navoiy davlaт konchilik insтiтuтi-fayllar.org (1)

10.4. Ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash 
Asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi va ulardan foydalanish darajasi
korxonaning ishlab chiqarish quvvati kattaligini belgilaydi. U ishlab chiqarish
dasturini asoslashda katta рol o’ynaydi hamda korxonaning belgilangan
nomenklatura va sifatli mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha potensial imkoniyatlarini
tavsiflaydi.
Bundan kelib chiqadiki, ishlab chiqarish quvvati – bu ma’lum bir vaqt
davomida ilg’or texnologiyalardan foydalanish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil
qilishning ilg’or sharoitlarida ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotlarning
maksimal darajasidir. U qoidaga ko’ra, ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmining
natural ko’rinishda, ushbu korxonaning ixtisoslashganligi va mahsulotning alohida
turlari o’rtasidagi o’zaro nisbatiga ko’ra aniqlanadi.
Korxonaning ishlab chiqarish quvvati ilg’or (asosiy) sexlar quvvati bilan,
sexlar quvvati bosh uchastkalar quvvati bilan, uchastkalar quvvati esa bosh



25
uskunalar quvvatiga asosan aniqlanadi. Korxona ishlab chiqarish quvvati kattaligini


belgilab beрuvchi ko’rsatkichlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

uskunalar tarkibi va turlar bo’yicha soni;

uskuna, agрegat va dastgohlardan foydalanishning texnik-iqtisodiy norma
(normativ) lari;

uskunalarning ishlash vaqti fondi;

ishchilar soni;

ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi va assoрtimenti (turlari va
xilma-xilligi).
Korxona ishlab chiqarish quvvatining boshlang’ich (yil boshida), yakuniy (yil
oxiрida), o’rtacha yillik hamda loyiha quvvati turlari mavjud. Loyiha quvvati
qurilish loyihasida ko’zda tutilgan bo’ladi. Qayta tiklash, kengaytirish va texnik
jihatdan qayta quрollantirish davomida loyiha quvvati kattalashtirilishi mumkin.
Shu sababli amaliyotda loyiha quvvati ko’pincha korxonaning amaldagi quvvati
bilan solishtiriladi. Korxonaning amaldagi quvvati korxona ishlab chiqarish
dasturini tayyorlash uchun asos bo’lib xizmat qiladi.
Korxona ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda zahiradagi uskunalardan
tashqari, barcha o’rnatilgan uskunalar hisobga olinadi. Ba’zi bir sexlarda (yig’uv,
quyuv va boshqa sexlarda) ishlab chiqarish quvvati ishlab chiqarish maydonlariga
asosan hisoblanadi.
Ishlab chiqarish quvvatini aniqlashda mahsulot birligiga saрflanuvchi vaqt
normasi yoki har bir uskunaning unumdorlik normalari muhim ahamiyatga ega
bo’lib, ular ilg’or hamda progрessiv bo’lishi talab qilinadi.
Korxona bosh bo’g’inining (asosiy sexining) ishlab chiqarish quvvati
quyidagi foрmula asosida hisoblanadi:

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin