z p0 h pa
(2.61)
z h
p0 pa
T
p0 pa
const
Shuni ta’kidlash kerakki, qaralayotgan nisbiy tinch xolatdagi suyuqlikning barcha nuktalarida N napor o‘zgarmas kiymatga ega bo‘lganligi sababli, suyuqlikning solishtirma potentsial energiyasi xam o‘zgarmas kattalikka
ega bo‘ladi. Ya’ni
СПЭ const;
T=const– taqqoslash tekisligidan yuqori sath balandligi.
Agar nisbiy tinch xolatdagi suyuqlik to‘ldirilgan idishning bir necha turli belgilardagi nuqtalariga ochiq pezometrlar ulansa, ular bir xil satxni ko‘rsatishadi, bu satx gidravlikada r–r xarflari bilan belgilanib, pezometrik tekislik (ko‘pgina holatlarda pzometrik chiziq) deb yuritiladi.
To‘liq potentsial napor deganda esa, atmosfera bosimining ta’siri mavjud bo‘lmagan muhitda suyuqlik ko‘tariladigan balandlik tushuniladi va HA harfi bilan belgilanadi.
Gidrostatik bosimni o‘lchash uchun ishlatiladigan asboblarni ikki guruhga
– suyuqlikli va mexanik asboblarga ajratish mumkin.
Suyuqlikli asboblar.
Pezometr (2.11-rasm). Pezometr diametri uncha katta bo‘lmagan
d 5 мм va suyuqlikning kapillyarlik hossasi inobatga olinib tayyorlanadigan shisha naychadir. Naychaning bir uchi ochiq bo‘lib, ikkinchisi esa bosimi o‘lchanadigan idish bilan tutashgan bo‘ladi.
Suyuqlikdagi bosim kattaligi shu
p
0
ustun balandligi bilan o‘lchanadi.
bunda, hp
Р0 Рa hp
– pezometrik balandlik, ya’ni
suyuqlikning o‘z og‘irligi hisobiga
ko‘tariladigan balandligi.
2.11-rasm.
Pezometrlar yordamida
0,4 0,5 at
gacha bo‘lgan bosimlar o‘lchanadi.
Suyuqlikli manometrlar (2.12- rasm). Pezometrlardan farqli o‘laroq,
suyuqlikli manometrda bosim o‘zga suyuqlik bilan o‘lchanadi, bu suyuqlik odatda bosimi o‘lchanayotgan idishdagi suyuqlikka qaraganda yuqori hajmiy og‘irlikka ega bo‘ladi. Odatda buning uchun simobdan foydalaniladi.
Batareyasimon manometr (2.13-rasm).
2.12-rasm. 2.13-rasm.
Differentsial manometr (2.14-rasm). Bu asbob ikkita idishdagi yoki bir idishning nuqtasidagi bosimni o‘lchash uchun ishlatiladi. O‘ta aniq o‘lchov
natijasini olish uchun yoki bosim juda kichik bo‘lganda mikromanometrlar ham ishlatiladi.
Shuni aytish kerakki, agarda bosimi o‘lchanayotgan idishda vakuum bo‘lsa, unda bosimni o‘lchash uchun vakuummetr ishlatiladi.
Odatda suyuqlikli asbob – bosimi yuqori bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi, aksariyat laboratoriyada ishlatiladi. Katta bosimlarni o‘lchashda mexanik manometrlar ishlatiladi.
Dostları ilə paylaş: |