О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə149/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

ELEKTRON HUKUMAT – davlat organlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat xizmatlari kо‗rsatishga oid faoliyatini, shuningdek idoralar о‗rtasida elektron hamkorlik qilishni ta‘minlashga yо‗anltirilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi.
Elektron hukumatning faoliyatini rivojlantirish uchun axborot kommunikatsiya tizimlaridan foydalanish eng muhum omil xisoblanadi. Bundan tashqari elektron hukumatni davlat oganlari kо‗rsatayotgan hizmatlarning, ochiqligi, shaffofligi, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish usuli deb tushunish ham mumkin.
Elektron xizmatlarning yana bir muhim jihati shundaki, ular davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta‘minlash barobarida nafaqat shu
tashkilotning, balki butun mamlakatning umumiy imijini mustahkamlashga xizmat qiladi.
2015-yil 9-dekabrda O‘zbekiston Respublikasining ―Elektron hukumat to‘g‘risida‖gi Qonuni (O‘RQ-395) qabul qilingan.
HAR BIR OILA – TADBIRKOR” DAVLAT DASTURI – О‗zbekistonda
har bir oilaning tadbirkorlik bilan shug‗ullanishi va barqaror daromad manbaiga ega bо‗lishi uchun sharoit yaratish maqsadida qabul qilingan davlat dasturi (2018- yil 7-iyun. PQ-3777).
Dasturning asosiy yо‗nalishlari etib quyidagilar belgilandi:
-Aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qо‗llab-quvvatlash, ularga imtiyozli kreditlar ajratish;
-Tadbirkorlik kо‗nikmalarini yaratish;
-Qо‗shimcha ish о‗rinlari yaratish;
-Kasanachilik va kichik hajmda ishlab chiqaruvchi mikrofirmalarni tashkil etish;
-Mini-klasterlar joriy qilish;
-Oilaviy tadbirkorlikka kо‗rsatiladigan xizmatlar kо‗lamini kengaytirish, bozor infratuzilmasi obyektlari, xizmat kо‗rsatish va servis shahobchalarini barpo etish;
-Oilaviy tadbirkorlik subyektlarini yer uchastkalari bilan ta‘minlash;
2018-yilda ―Har bir oila – tadbirkor‖, ―Yoshlar – kelajagimiz‖ davlat dasturlari doirasida joylarda 2 ming 600 dan ortiq biznes loyihalari amalga oshirildi. 2019-yilda esa ushbu davlat dasturi doirasida о‗z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9 trillion sо‗m kreditlar ajratildi.

OBOD QISHLOQ” DASTURI – qishloq aholi punktlarining me‘moriy
qiyofasini tubdan yangilash, yо‗l-transport, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi hamda ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish va shu asosda aholining turmush madaniyatini yuksaltirish va dunyoqarashini kengaytirish maqsadida qabul qilingan Davlat dasturi (2018-yil 29-mart. PF-5386).
Dasturda 2018-yilning 1-aprelidan boshlab respublikaning har bir tumani va shahrida, avvalambor olis va tabiiy-iqlim sharoiti og‗ir hududlarda 2018-yilda 2 tadan va kelgusi yillarda 3 tadan qishloq (mahalla)da aholining yashash
sharoitlarini tubdan yaxshilash, turmush tarzi va darajasida sezilarli ijobiy о‗zgarishlarni ta‘minlashga, mazkur qishloq (mahalla)larning qiyofasini zamonaviylashtirishga va unda istiqomat qiluvchilar uchun ish о‗rinlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilandi.
2018-yilda ―Obod qishloq‖ dasturi doirasida qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion, 2019-yilda esa 4 trillion sо‗m mablag‗ yо‗naltirildi. Natijada 2018-yilda 416 ta qishloq, 2019-yilda esa 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng kо‗lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi.
OBOD MAHALLA” DAVLAT DASTURI - mahallalar hududini obodonlashtirish, mavjud infratuzilmani kompleks rivojlantirish, shuningdek, yо‗l- transport infratuzilmasi, muhandislik kommunikatsiyalari va ijtimoiy soha obyektlarini barpo etish hamda shu asosda aholining turmush sharoitini yuksaltirish maqsadida qabul qilingan davlat Dasturi (2018-yil 27-iyun. PF-5467).
―Obod mahalla‖ dasturi ―Obod qishloq‖ dasturi bilan hamohang ravishda amalga oshirilib, 2018-2020-yillarda ushbu dasturlar doirasida 5 millionga yaqin aholi yashaydigan 1 ming 200 ta mahalla va qishloqlar qiyofasi tubdan о‗zgarib zamonaviy qiyofaga ega bо‗ldi.
PORTAL – lotincha ―eshik‖, ―darvoza‖ degan ma‘nolarni anglatadi. Ikkinchi bir ma‘nosi – yopiqlik emas, hamisha ochiqlik ma‘nosini, ya‘ni ochiq turuvchi eshiklar ma‘nosini ham anglatadi.
Ushbu atama Vatanimizda olib borilayotgan keng kо‗lamli islohotlarning hozirgi davrida aholining muammolari, ariza va shikoyatlari, taklif va murojaatlarini doimiy ravishda qabul qilib oluvchi hamda munosabat bildiruvchi muassasa ma‘nosini ham bildiradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin