О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta


O„zbekistonda beshinchi Prezidentlik saylovlari bo„lib



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə44/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

O„zbekistonda beshinchi Prezidentlik saylovlari bo„lib o„tdi.
XDPdan kо‗rsatilgan nomzod X.Ketmonov 3,73 foiz,
―Adolat‖ SDPdan N.Umarov 3,46 foiz, ―Milliy tiklanish‖ partiyasidan S.Otamurodov 2,35 foiz va O‗zLiDEPdan kо‗rsatilgan nomzod SH.Mirziyoyev 88,61 foiz ovoz oldi.
SH.Mirziyoyev 5-yil muddatga O‗zbekiston Respublikasining ikkinchi Prezidenti etib saylandi.

2016-yil 28-dekabr

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora- tadbirlar to„g„risida”gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4904) qabul qilindi. Unga ko‗ra 2017-yildan boshlab Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyat, shahar va tumanlarda O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari va O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi tashkil
etildi.

2017-yil 7-yanvar

Prezident SH.Mirziyoyev Prokuratura xodimlari va fahriylari bilan uchrashuv o‗tkazdi va ―Xalqimiz bizdan
qonun va adolat ustuvorligini amalda ta‘minlashni kutmoqda‖ mavzusida ma‘ruza qildi.

2017-yil 3-fevral

Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora- tadbirlari to„g„risida”gi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-4944) qabul qilindi. Farmonga kо‗ra mahalla fuqarolar yig‗ini Kengashi tarkibiga fuqarolar yig‗ini raisining о‗rinbosarlari, profilaktika inspektorlarini, ta‘lim muassasalari va qishloq vrachlik punktlari rahbarlarini kiritish va ularning о‗z faoliyati yuzasidan
yilning har choragida fuqarolar yig‗iniga hisobot taqdim




qilish amaliyoti joriy qilindi.

2017-yil 1-aprel

Tadbirkorlik subektlarini davlat rо‗yxatidan о‗tkazishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirildi. Bu rо‗yxatga
olish tartib-taomillarini 30 daqiqaga qisqartirish imkonini berdi.

2017-yil 21-fevral

―O‗zbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora- tadbirlari to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoni (PF-4966) qabul qilindi.

2017-yil 10-aprel

O‗zbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini ta‘minlash departamenti tashkil etildi (PQ-2872).
―O‗zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashini shakllantirish to‗g‗risida‖gi O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoni (PF-5006) qabul qilindi.

2017-yil 18-aprel

―Ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish, mamlakatni modernizatsiya qilish, inson huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini ta‘minlashda prokuratura organlarining rolini kuchaytirish to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining Farmoni (PF-5019) qabul qilindi.

2017-yil 7-iyun

―Mahalliy byudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlarining vakolatlarini kengaytirish chora- tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5075) qabul qilindi.
―Mahalliy davlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirish va mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi mas‘uliyatini oshirish to‗g‗risida‖
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori (PQ-3042) qabul qilindi.

2017-yil 12-iyun

―O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori (PQ-3051) qabul qilindi.

2017-yil 13-iyun

SH.Mirziyoyev Sud organlari xodimlari bilan uchrashuv о‗tkazib unda nutq so‗zladi (―Qonun va adolat ustuvorligini
ta‘minlash – barcha ezgu maqsadlarimizga erishishning eng muhim sharti‖).

2017-yil 12-iyul

О‗zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyev Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda О‗zbekitson Ekologik harakati vakillari bilan uchrashuv о‗tkazdi. Sohada nazoratni kuchaytirish maqsadida yuqori palata huzurida maxsus komissiyalar tashkil etildi. Komissiya a‘zolari har oyda joylarga chiqib, mavjud muammolarni tahlil qildi va ularni bartaraf etish bо‗yicha bir qator amaliy chora-
tadbirlarni amalga oshirdi. Senatorlar birinchi marta IIVning




mamlakatda jinoyatchilikka qarshi kurash va
huquqbuzarlikning oldini oli bо‗yicha qilinayotgan ishlar haqidagi hisobotni eshitdilar.

2017-yil 18-iyul

―Odil sudlov saroyi‖ kompleksini tashkil etish chora-
tadbirlari to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoyishi (F-4997) qabul qilindi.

2017-yil 8-avgust

О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta‟minlash tо„g„risida”gi Qarori (PQ-3182) qabul qilindi. Unga asosan, hududlarni kompleks rivojlantirish bо‗yicha yangi tizim – sektorlar faoliyati yо„lga qо„yildi. Ya‘ni Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari tegishlicha hokimlar, prokurorlar, ichki ishlar va davlat soliq
xizmati rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish bо‗yicha 4 ta sektorga bо‗lindi.

2017-yil 8-sentabr

Prezident qarori bilan О‗zbekiston Respublikasining Ma‟muriy islohotlar konsepsiyasi (PF-5185) qabul qilindi. Konsepsiya doirasida bir qator vazirlik va idoralar faoliyatining institusional va tashkiliy-huquqiy asoslari, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat organlarining vazifalari va funksiyalari hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari takomillashtirildi. Jumladan, Prezident devoni, hukumat apparati ijro etuvchi tuzilmasi qayta kо‗rib chiqildi. 18 ta vazirlik hamda idoraning funksiyalari takomillashtirildi, 24
ta davlat xо‗jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar qayta tashkil etildi.

2017-yil 11-sentabr

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari tо„g„risida”gi О‗zbekiston Respubilkasining Qonuni
(О‗RQ-445-son) qabul qilindi.

2017-yil 28-sentabr

―O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisidagi vakolatli vakili lavozimini joriy etish to‗g‗risida‖ O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarori (PQ-3294) qabul qilindi.

2017-yil 12-dekabr

Aholiga davlat xizmatlari kо„rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari tо„g„risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmon asosida О‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. 2018- 2020-yillarda bosqichma-bosqich joriy etiladigan “yagona darcha” tamoyili bо‗yicha faqat Davlat xizmatlari markazlari orqali kо‗rsatiladigan 58 ta davlat xizmatlari
tо‗yxati tasdiqlandi. Bu “Bu fuqarolar emas, hujjatlar harakatlanadi” degan tamoilni hayotga tadbiq etilishi edi.

2018-yil 22-yanvar

О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-5308-sonli




Qarori bilan tasdiqlangan Davlat dasturining 34-bandiga muvofiq “Mening fikrim” maxsus veb-portali tashkil etildi. Ushbu portal orqali fuqarolarning О‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar Kengashlariga elektron jamoaviy murojaat qilish tizimi joriy etildi.

2018-yil 1-fevral

O‗zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashkil etildi
(PQ-4143).

2018-yil 19-fevral

O‗zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashkil etildi
(PQ-3549).

2018-yil 1-aprel

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzurida Davlat xizmatlari agentligi tashkil etildi. Dastlab xizmat turlari 37
ta bo‘lgan bo‘lsa, 2021-yilga kelib ular soni 157 taga yetdi.

2018-yil 2-aprel

O‗zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etildi
(PQ-3646).

2018-yil 12-aprel

O‗zbekiston Respublikasining ―Jamoatchilik nazorati

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin