О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə27/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

4-MAVZU:

O„ZBEKISTON TANLAGAN MUSTAQIL RIVOJLANISH
YO„LI VA UNING AHAMIYATI.



Reja:

  1. O„zbekiston Respublikasi davlat ramzlarining qabul qilinishi.

  2. O„zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mustaqil davlatning asosiy qonuni.

  3. Mustaqil taraqqiyotning dastlabki davridagi muammolar, taraqqiyotning “O„zbek modeli” va uning o„ziga xos xususiyatlari.



Tayanch tushunchalar: Davlat bayrog„i, Davlat gerbi, Davlat madhiyasi, Konstitutsiya, Referendum, Taraqqiyotning “О„zbek modeli”, Reforma.

О‗zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e‘lon qilinishi о‗zbek davlatchiligi tarixida yangi bir davrni boshlab berdi. Darhaqiqat, mustaqillik bu – ajdodlarimiz tomonidan ming yillar davomida orzu qilingan, ayniqsa, milliy ma‘rifatparvarlarimiz bо‗lmish jadid nomoyondalarining ushalmay qolgan orzularining rо‗yobi edi. Galdagi muhim vazifa anashu mustaqil davlatning milliy davlat ramzlarini yaratish bо‗lgan edi.


Ma‘lumki, xalqimizning milliy mustaqillik uchun intilishi va amaliy harakatlari davlat mustaqilligi e‘lon qilinishadan ancha ilgari boshlangan edi. Xususan, 1990-yil iyun oyida bо‗lib о‗tgan Oliy Kengashning ikkinchi sessiyasida Respublika Prezidenti I.A.Karimov raisligida О‗zbekistonnning milliy davlat ramzlarini yaratish bо‗yicha maxsus komissiya tuzilgan edi. Mazkur komissiya о‗zining ikki yarim yillik faoliyati davomida kо‗lami jihatidan juda katta tarixiy missiyani amalga oshirdi.
1991-yil 18-noyabrda dastlabki milliy davlat ramzlarimizdan biri – “О„zbekiston Respublikasining Davlat bayrog„i tо„g„risida”gi qonun qabul qilindi. Tarixiy-milliy qadriyat va an‘analarimizni о‗zida aks ettirgan О‗zbekiston Davlat bayrog‗i ranglarining о‗ziga xos jilosi va uyg‗unligi bilan ajralib turadi. Chunki, milliy bayrog‗imizda uzoq tarixiy о‗tmishimiz, milliy davlatchiligimiz va qadriyatlarimiz timsollarini о‗zida mujassamlashtirgan. Komil ishonch bilan aytish mumkinki, bugungi kunda О‗zbekiston davlat bayrog‗i har bir О‗zbekiston fuqarosida milliy g‗urur va Vatanparvarlik tuyg‗ularini uyg‗otadigan, millatimizni birlashtiradigan ramzlardan biriga aylandi.
1992-yil 2-iyun sanasida navbatdagi davlat ramzi – О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasdiqlandi. Uzoq zardushtiylik e‘tiqodlari bilan bog‗lik baxt va ezgulik timsoli Xumo qushi, о‗zbek xalqi risq-rо‗zi hisoblangan bug‗doy va paxta, tog‗lar osha suvga tо‗yinib ikki daryo oralig‗i tarixiy hududini shakllantirgan Amudaryo va Sirdaryo, serquyosh о‗lkamiz timsoli bо‗lgan quyoshning charog‗on nurlari xalqimizning buyuk kelajagining ramziy ifodasidir.
1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamiz esa yangi mustaqil О‗zbekistonning keyingi taraqqiyot yо‗lini huquqiy jihatdan belgilab bergan
komus deyish mumkin. Konstitutsiyamiz milliy davlatchilik va jahon konstitutsiyaviy rivojlanish tajribasining eng xalqchil umuminsoniy g‗oyalarini о‗zida mujassamlashtirgan komusimizdir. 6 ta bо‗lim, 26 ta bob va 128 ta moddadan iborat asosiy qomusimizda inson va fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari va burchlari, ma‘muriy-hududiy va davlat tuzilishi, davlat hokimiyatining tashkil etilishi tamoyillari belgilab berilgan.
1992-yil 10-dekabrda qabul qilingan О‗zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi esa millatimizni birlashtiruvchi о‗ziga xos ma‘naviy-ruhiy kuchdir. Chunki davlat madhiyasi bu xalqimizning tarixiy о‗tmish xotiralari, ezgu orzu- umidlarining milliy ohanglarda aks ettirilishidir.
Darhaqiqat, milliy istiqlol yillarida jahon arenalarida о‗zbek sportchilarining g‗alabalari va shaxsupaga O‗zbekiston bayrog‗ini baland kо‗targan qahramonlarimizning milliy madhiyamiz ohanglari ostida taqdirlanishi har bir vatandoshimiz qalbida milliy g‗urur va hech kimdan kam emaslik tuyg‗ularini junbushga keltiradi va sha ma‘noda milliy davlat ramzlarimiz millatimizni birlashtiriuvchi katta bir ma‘naviy-ruhiy kuch ekanligi shubhasizdir.
Istiqlolning dastlabki yillarida milliy taraqqiyot yо‗limizning belgilab olinishi va hayotga joriy etilishi borasida ham mashaqqatli yо‗lni bosib о‗tishga tо‗g‗ri keldi. Fikrlar va g‗oyalar qarama-qarshiligi jadal kechgan 1992-1993-yillarda barchani birday qanoatlantiradigan va eng tо‗g‗ri yо‗lni tanlash О‗zbekiston Prezidenti Islom Karimovning davlat va millat rahnamosi sifatidagi tarixiy xizmatlari bilan bog‗liq bо‗ldi. Islom Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning ―Beshta tamoili‖ jamiyat va davlat qurilishi, ijtimoiy-ma‘naviy islohotlar dasturi sifatida tarixan qisqa yillar ichida о‗zining ijobiy samaralarini kо‗rsatdiki, bu jahon jamoatchiligi tomonidan taraqqiyotning ―О‗zbek modeli‖ sifatida e‘tirof etilishiga asos bо‗ldi.
Islom Karimov respublikaning birinchi rahbarligiga saylanganidanoq Markaz bilan о‗ziga xos, ya‘ni teng munosabatga kirishdi. Ochiqroq aytganda, uning qat‘iyatliligi, u yoki bu tomonga og‗masdan о‗z mustaqil fikriga egaligi va о‗z yо‗liga sobitligi ―ulug‗ og‗a‖larga yoqmadi. ―Millat manfaatiga kо‗proq yon bosgani, respublika ichki hayotidagi vaziyatga chuqurroq kirib borgani sayin KPSS Markaziy Komiteti Siyosiy Byurosida ham, SSSR Oliy Kengashi va Ittifoq idoralarida ham unga nisbatan munosabat keskinlasha boshladi. Ayniqsa, yurtimizni abgor qilib, Markazga ―qochib‖ borgan bir guruh ―sobiqlar‖ bunday
―qulay‖ fursatdan foydalanib qolish uchun turli-tuman hiylayu nayranglarni ishga solishdi. Qator markaziy nashrlarda О‗zbekiston va uning rahbariyatiga nisbatan ig‗vogarliklar uyushtirildi. Bunday og‗ir, ziddiyatli bir sharoitda ishlash respublika rahbaridan alohida asab, nihoyatda vazminlik, pо‗latdek mustahkam iroda talab etardi‖ 1.
Alohida ta‘kidlash joizki, mustaqillik yо‗li – haqiqat va ezgulik yо‗li, inson haq-huquqlari tengligi yо‗li, ma‘naviy barkamollik va yuksak madaniyat yо‗li, bir sо‗z bilan aytganda, boy insoniy fazilatlar majmui. Shuning uchun ham 1989-1991 yillarda Islom Karimov о‗z tanlagan yо‗lining tо‗g‗riligiga qat‘iy ishondi va


1 Jо‗rayev N. Agar ogoh sen... - T.: Yozuvchi, 1997. 34-b.
millionlab yurtdoshlarimizni bunga ishontira oldi. Mustaqillikning ikkinchi yilida
―Buyuk maqsad yо‗lidan og‗ishmaylik‖ degan mavzuda О‗zR Oliy Kengashining 12-sessiyasida (1993-yil 6-may) quyidagi purma‘no fikrlarini muhrladi: “...Bizni tanlagan yо„limizdan hech kim, hech qachon qaytara olmaydi. Zotan, Vatanga bо„lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga qodirdir. Endi ortga yо„l yо„q. О„zbekiston istiqbolini sobitqadamlik bilan barpo etmog„imiz zarur. Bu yо„lda ikkilanmoq, manfaatparastlikning mayda-chuyda tashvishlariga о„ralashmoq – Vatanga, xalqqa, kelajak avlodga xiyonat bо„ladi! Istiqboldagi О„zbekiston Vatan ozodligi nasib etmagan bobolarimizga ulug„vor haykal bо„lajak! О„zbekistonnnig shuhratiga shuhrat qо„shuvchi farzandlarimizga muqaddas beshik bо„lajak”1.
Har bir jamiyat о‗zining yuksak taraqqiyotiga erishishi uchun mustaqil bо‗lishi hamda milliy davlatchilikning haqiqiy demokratik jarayonlarini vujudga keltirishi zarur. Bu jarayonlar mamlakatimizda istiqlol yillari amalga oshirilib, umume‘tirof etilgan demokratik normalar va milliy manfaatlarimizga mos keluvchi demokratik huquqiy milliy davlat barpo etildi.
Milliy davlatchiligimizning demokratik prinsiplari О‗zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan ishlab chiqildi va amalga oshirildi. I.Karimovning ta‘kidlashicha, ―Istiqlol biz uchun taraqqiyotning butunlay yangi, keng ufqlarini ochdi. О‗z kelajagimizni о‗z qо‗limiz bilan yaratadigan bо‗ldik. Hayotimiz va umumiy xonadonimizni milliy manfaat va qadriyatlarimizni umume‘tirof etilgan demokratik mezonlarga monand qilib qurishdek noyob tarixiy imkoniyatga ega bо‗ldik‖, degan purma‘no fikrlari milliy davlatchilikning rivojlanish muammolarini belgilaydi.
Shuni alohida e‘tirof etish lozimki, insoniyat tarixiga nazar solsak, demokratik jarayonlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etgan, milliy davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma‘naviy-ma‘rifiy-siyosiy-huquqiy taraqqiyoti asosiy omil bо‗lib xizmat qilgan. Har bir xalq demokratiyani о‗z mentaliteti, о‗z kо‗nikmalari, qadriyatlariga munosib tarzda u yoki bu darajada hayotga joriy qiladi. Umuminsoniy mohiyat va mazmunga ega bо‗lgan tamoyillar har bir davlatning taraqqiyot darajasi, boshqaruv tizimi, siyosiy muhiti, xalq ommasi ijtimoiy ongining faolligi bilan bog‗liq holda joriy qilinadi. Xuddi shu va boshqa ijtimoiy rivojlanish sur‘atlarini belgilovchi omillar ta‘sirida davlatning demokratik jarayonlarini joriy qilish sur‘atlari jadallashadi yoki sustlashadi. Demak, demokratiyani yuqoridan majburan joriy etish mumkin emas.
Demokratiya - xalq ijodi, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi natijasida qо‗lga kiritiladigan boshqaruv tizimi. Demokratiya doimo xalq ommasining pok va halol harakati, о‗z huquqlari, ehtiyojlarini qondirish uchun olib borgan mashaqqatli kurashlari, faol mehnati natijasida qо‗lga kiritilgan. Islom Karimov har doim, milliy davlatlarda demokratik tamoyillarni hayotga joriy qilish turli yо‗llar vositasida amalga oshirilishi, lekin uning asosiy talabi va omili doimo shaxsning huquq va erkinliklari, shu jumladan, erkin fikrlash hamda mulohazalarini bemalol erkin bayon qilish huquqini ta‘minlash bо‗lib, har qanday davlatning demokratik


1 Karimov I.A. О‗zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. -T.: О‗zbekiston. 1993. 182-b.
jarayonlarini amalga oshirishda ma‘lum muddat talab qiluvchi holatdir, deb ta‘kidlaydi. Avvalambor, demokratiyaning huquqiy asoslari barpo qilinishi shart. Ushbu jarayonlarni sun‘iy ravishda jilovlab turish yoki sur‘atlarini jadallashtirish ijobiy natijalarga olib kelmaydi.
Hozirgi paytda huquqiy demokratiya yо‗lini tanlab jadal sur‘atlarda rivojlanayotgan milliy davlatimiz uchun insoniyat tarixining turli davrlarida demokratik davlatlarning shakllanishi va amaliyotini tahlil qilishi, qiyosiy о‗rganishi muhim ahamiyatga ega. Ya‘ni, dunyo davlatlari demokratiyaga ma‘naviy-ma‘rifiylashgan jamiyatga xos tamoyillar bilan munosabatda bо‗lishlari va baholash madaniyatini egallab olishlari, hatto ba‘zi manfaatlardan voz kechishi ham mumkin. Masalan, hayot kechirish G‗arb turmush tarziga mos bо‗lsa va uni targ‗ib etsa, ya‘ni demokratik qarashlar bizning mentalitetimizga tо‗g‗ri kelmasa, qarash bir tomonlama yondashuv hisoblanib, о‗zini qadrlagan, hurmat qilgan xalq uchun xavfli hamda tahdidli bir holatdir. Turli xalqlar, turli madaniyatlar, manfaatlarning yonma-yon yashashi, yashay olishi faqat haqiqiy milliy demokratik sharoitdagina amalga oshadi. Buni biz istiqbolli milliy davlatimiz miqyosida kо‗rib turibmiz!
Bugungi dunyo davlatlari demokratik jarayonlarni kafolatlovchi omillarga ega. О‗zbekiston ham undan chetda emas. Shu о‗rinda haqiqiy demokratiyaning soxta demokratiyadan farqini anglash bilan bog‗liq fuqarolik madaniyatiga ega bо‗lish; demokratiya niqobi ostidagi ―demokratik о‗yinlar‖ning, qarashlarning, chiqishlarning orqasidan ergashmaslik; taqlid qilish yoki qilmaslikning qaysi milliy manfaatga tо‗g‗ri kelishi yoki kelmasligini solishtirib kо‗rishga yetadigan uyg‗oq ong va tafakkurga ega bо‗lish; aholining asosiy qismi demokratiyaga tayyor bо‗lishi, unga befarq bо‗lmasligi, demokratik ong va madaniy saviyada dunyo va milliy taraqqiyot talablaridan orqada qolmasligi kerak.
Tо‗g‗ri va haqiqiy bunyodkorlik g‗oyasini faqat milliy davlatning demokratik qarashlari orqali amalga oshirish mumkin! Hozirgi davrda jahon davlatlari erishayotgan yutuqlardan orqada qolmaslik, yangi texnologiyalarni egallab, uni ishlab chiqarishga joriy etish uchun izlanish, yangi-yangi ixtirolar qilishga qodir bо‗lish, mustaqillikni mustahkamlash va uni rivojlantirish milliy davlatimizning muhim yо‗nalishlarini tashkil etadi. О‗zligini anglagan xalq mustaqillikka, о‗z taqdiriga, farzandlarining kelajagiga istiqbol kо‗zi bilan qaraydi! Jahonda о‗ziga xos о‗ringa va nufuzga ega bо‗layotgan О‗zbekiston davlati ana shunday milliy demokratik yо‗ldan bormoqda,- deb ta‘kidlagan edi Islom Karimov.
Yigirmanchi asr jahon sivilizatsiyasida bir-biriga qarama-qarshi bо‗lgan katta iz qoldirdi. Jahon urushlari, fan-texnika taraqqiyoti, turmush tarzida muayyan darajada farovonlik va hokazolarni aytish mumkin. Lekin mamnuniyat bilan qayd qilish kerak, XX asrning sо‗nggi о‗n yilligi О‗zbekiston milliy davlatchiligi uchun ulkan tarixiy-inqilobiy о‗zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu о‗n yillik mamlakatimizda mustaqillikni ham iqtisodiy, ham siyosiy-ijtimoiy, ham huquqiy- ma‘naviy, ham xalqaro munosabatlarda tikladi, takomillashtirdi.
Mustaqillikning birinchi о‗n yilida о‗zbek о‗zligini tanidi, jahondagi nufuzli millatlardan biriga aylandi. Muhimi - istiqlol mafkurasi shakllandi, millatimiz,
xalqimiz о‗z g‗oyasi va iymon-e‘tiqodiga qaytdi. Ajdodlarimizning boy merosi tiklandi va tiklanmoqda. Biz ularning vorislari sifatida dunyo ma‘naviy-ilmiy jamoatchiligi oldida qarzdormiz. Chunonchi, Muhammad al-Xorazmiy, Muhammad az-Zamaxshariy, al-Hakim, at-Termiziy, Xо‗ja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Xо‗ja Axror Valiy va boshqa о‗nlab alloma-avliyolarning teran ilmiy xulosalari va amallarini uchinchi ming yillikda va hamisha jahon ahliga yetkazib, osoyishta va farovon, tinch-totuv yashashimizga katta va munosib hissa qо‗shmog‗imiz kerak.
Albatta, har qanday milliy davlat iqtisodiyotining asosini energetika va tabiiy boylik zahiralari tashkil etadi. Shuning uchun ham jahondagi rivojlangan va rivojlanayotgan davlatlar tо‗qnashayotgan hozirgi energetika yetishmovchiligi sharoitida О‗zbekistonning muhim ustunligi mamlakat iqtisodiyotining ushbu yо‗nalishda dunyodagi juda kam sonli davlatlar singari I.Karimovning qat‘iy say- harakatlari bilan tо‗la mustaqillikka erishganligidadir. Ba‘zi davlatlar esa uzoqni kо‗zlamay, faqat joriy yilga mо‗ljallangan byudjetni hisoblab chiqib, eng kam jahon sarmoyasi bahosiga о‗tishmoqda. Bu esa inqirozni bartaraf qilishga salbiy ta‘sir kо‗rsatishi mumkin.
О‗zbekiston о‗zining qо‗shimcha tarzda gaz, neft, kо‗mir va uran zahiralariga ega bо‗lib, ularni sof holda eksport qilish bо‗yicha jahonning о‗nta davlati safiga kiradi. Mamlakatning umumiy energetika zahiralari yana kamida 100 yil davomida iqtisodiyot ehtiyojlarini qondirish uchun yetadi. Buning о‗ziyoq milliy davlatimizning boy imkoniyatlarga ega ekanligidan dalolat beradi.
Umuman olganda, davlat va milliy davlatchilik muammosi, uning hozirgi globallashuv davridagi rivojlanish davom etmoqda. Prezident Islom Karimov asos solgan milliy davlatchiligimiz bundan keyin ham uzoqni kо‗zlagan dastur asosida ravnaq topaveradi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin