О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə28/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

Mavzuning asosiy tushunchalari:
DAVLAT GERBI – davlatning rasmiy emblemasi bо‗lgan farqlovchi belgisi. Bayroq, pul belgilari, muhrlar va ba‘zi bir rasmiy hujjatlarda aks ettiriladi. Davlat gerbining mazmuni konstitutsiya yoki maxsus qonun bilan belgilanadi. О‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga binoan, Davlat gerbi Oliy Kengashning 1992-yil 2-iyul kuni bо‗lgan X sessiyasida ―О‗zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tо‗g‗risida‖gi qonunni qabul qilish bilan tasdiqlangan.
DAVLAT MADHIYASI, GIMN – (yunoncha hymnos –xudolar va qahramonlar madhiga bag‗ishlangan qо‗shiq) – tantanavor qо‗shiq, madhiY. Davlatning ramzlaridan biri. Yunonistonda dastlab, afsonaviy xalq qahramonlari, xudolar sha‘niga maqtovlar (hamdlar) tarzida vujudga kelgan. Keyinchalik shaxslar, hukmdorlar, davlatlar, voqea va hodisalarga bag‗ishlangan gimnlar paydo bо‗lgan.
DAVLAT MUSTAQILLIGI RAMZLARI – davlatning timsollari, uning suverenitetini, milliy va iqtisodiy kо‗rsatkichlarini, siyosiy-ijtimoiy tuzumini,
asosiy mafkura va hayot qoidalarini kо‗rsatuvchi belgilar, eng muhim xujjatlar, g‗oyalar va tushunchalar.
Davlat ramzi – bu mustaqil davlat belgisidir. U davlat bayrog‗i, davlat gerbi, davlat gimni, mamlakat milliy valyutasi va mamlakat konstitutsiyasida о‗z ifodasini topadi.
KONSTITUTSIYA – davlatning xalq irodasini ifodalovchi, davlat tuzilishi va boshqaruv shakli asoslarini mustahkamlovchi, hokimiyat idoralari faoliyatining tashkil etilish tartibi va prinsiplarini belgilovchi asosiy qonun.
О‗zbekiston Respublikasining amaldagi Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda, Oliy Kengashning XII chaqiriq 11-sessiyasida qabul qilingan.
MILLIY VALYUTA – mamlakatimiz hududida barcha tovar va xizmatlar uchun narxlarni ifodalash vazifasini о‗tovchi va qonuniy himoyalangan yagona tо‗lov vositasi.
1994-yil 1-iyuldan boshlab, О‗zbekiston hududida yagona tо‗lov vositasi sifatida ―sо‗m‖ muomalaga kiritildi.
REFORMA (fransuzcha reforme – qayta qurmoq, tubdan о‗zgartirish) – ijtimoiy-siyosiy hayotni yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan tub islohot – qayta qurishlar.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin