О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə64/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

7-MAVZU:

IJTIMOIY SOHADA DAVLAT SIYOSATINING
TAKOMILLASHIB BORISHI VA AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISH TADBIRLARI.



Reja:

    1. Faol ijtimoiy siyosat aholini kuchli himoya qilish omili.

    2. Sog„liqni saqlash tizimidagi islohotlar.

    3. O„zbekistonda ekologik siyosat.

    4. O„zbekistonda diniy bag„rikenglik va millatlararo totuvlikning ta‟minlanishi.



Tayanch tushunchalar: Oʻtish davri, Ijtimoiy islohotlar, Kuchli ijtimoiy himoya, Ekoharakat, Millatlararo totuvlik, “Sogʻlom avlod uchun”, Yillarning nomlanishi, Kambag„allikka qarshi kurash, “Yoshlar davtari”, “Ayollar daftari”, Diniy ekstremizm, Diniy bag„rikenglik.

О‗tgan asrning 80-yillari oxiriga kelib, O‗zbekistonning davlat byudjeti defitsiti hamda inflyatsiya darajasining ortib borishi, xalq iste‘moli tovarlarining yetishmasligi, ishlab chiqarish va mehnat samaradorligining pasayib ketishi kabi bir qator salbiy tendensiyalar mamlakatda xalq ijtimoiy ahvolining nochor axvolga tushib qolishiga olib kelgan edi. Statistik ma‘lumotlarga ko‗ra, 1989-1990-yillarda mamlakat aholisining 45 foizi daromadlari yashash minimumidan past darajada bo‗lgan. Uy-joy, sog‗liqni saqlash muassasalari, maktablar, bolalar bog‗chalari, madaniyat obyektlari yetishmas edi.


Mana shunday og‗ir ijtimoiy inqiroz sharoitida О‗zbekiston Respublikasi o‗z mustaqilligini qo‗lga kiritdi. Endi O‗zbekistonning yangilanish va taraqqiyot yo‗liga asos qilib olingan yetakchi tamoyillardan biri kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish qilib belgilandi.
Tub o‗zgarishlarning boshlang‗ich bosqichi 1991-1995-yillarda asosiy e‘tibor oziq-ovqat maxsulotlari va nooziq-ovqat mollari iste‘mol qilish keskin kamayishi, ommaviy ishsizlik paydo bo‗lishining oldini olish, aholi turmush darajasining keskin tushib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik, ijtimoiy sohalar, sog‗liqni saqlash, ta‘lim, fan va madaniyat tarmoqlari doimiy ishlashini ta‘minlashga qaratildi.
Islohotlarning bu bosqichida O‗zbekiston ijtimoiy himoya siyosatining asosiy vazifasi imkon qadar yalpi ishsizlikka yo‗l qo‗ymaslik hamda narxlarning erkinlashtirilishi natijasida aholi daromadlaridagi ―yo‗qotishlari‖ni kamaytirish bo‗ldi.
Bu davr ichida О‗zbekiston Respublikasi aholisining ijtimoiy ta‘minoti hamda himoyasining huquqiy asoslari yaratildi. ―О‗zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‗g‗risida‖ (20.11.1991), ―Aholini ish bilan ta‘minlash tо‗g‗risida‖ (13.01.1992), ―Mehnatni muhofaza qilish to‗g‗risida‖ (06.05.1993), ―Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‗g‗risida‖ (07.05.1993),
―Fuqarolarning davlat pensiya ta‘minoti to‗g‗risida‖ (03.09.1993) kabi bir qator ij- timoiy muhim ahamiyatga ega qonunlar qabul qilindi.
Aholining ijtimoiy himoyasi va moddiy-maishiy turmush tarzini yaxshilash borasida I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan taraqqiyotning beshta tamoilidan biri “О„tish davrida aholini kuchli ijtimoiy himoya qilish” deb belgilangan edi. Yillarning nomlanishi (―Qariyalarni qadrlash yili‖ (2001), ―Obod mahalla yili‖ (2002), ―Mehr-muruvvat yili‖ (2004), ―Ijtimoiy himoya yili‖ (2007), ―Yoshlar yili‖ (2008), ―Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili‖ (2009), ―Obod turmush yili‖ (2013), ―Keksalarni e‘zozlash yili‖ (2015) va qabul qilingan Davlat dasturlarida ham ushbu masalaga davlat ahamiyatiga molik masala sifatida e‘tibor berilganligini kо‗rishimiz mumkin.
1991-2000-yillarda qishloq aholisining tabiiy gaz bilan ta‘minlanishi darajasi
17 foizdan 78 foizgacha, ichimlik suvi bilan ta‘minlanishi esa 52 foizdan 77 foizgacha o‗sdi. Aholi uchun 70 million m2 turar joy binolari qurilib, foydalanishga topshirildi.
О‗tgan davr mobaynida ma‘lum yutuqlarga erishilgan bо‗lsada, 2016-yildan ishga tushgan Bosh vazir virtual qabulxonasi va 2017-yildan faoliyat yurita boshlagan Prezident Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar aholini ish bilan ta‘minlash, ijtimoiy himoya, sog‗liqni saqlash, pensiya ta‘minoti, kam ta‘minlangan oilalar bilan ishlash, uy-joy va kommunal xizmatlar borasida yechimini kutayotgan muammolar yig‗ilib qolganligini kо‗rsatdi.
Ma‘lumki, 2017-yildan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari xodimlari uchun “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan g‗oya ular faoliyatining bosh mezoniga aylandi. Davlat xodimlari, avvalo, birinchi rahbarlar faqat kabinetda o‗tirmasdan, joylarga borib, aholini bezovta qilayotgan eng dolzarb muammolarning amaliy yechimi bilan shug‗ullana boshladi.
Xalqimizning talab va istaklarini inobatga olib, 2017-yildan boshlab mamlakatimizda imtiyozli ipoteka kreditlari asosida arzon uy-joylar qurish loyihasi amalga oshirila boshlandi. 2017-yildan yurtimizda keyingi 25 yil davomida birinchi marta aholi uchun arzon, barcha qulayliklarga ega bo‗lgan ko‗pqavatli uy-joylar qurishni boshlandi. 2017-yilning o‗zida 800 ming kvadrat metrdan ziyod ana shunday uy-joylar qurib foydalanishga topshirildi. Birgina Toshkent shahrining o‗zida 2019-yilda 420 ming kvadrat metr ko‗pqavatli uy-joy fondi foydalanishga topshirildi. Bu o‗tgan yilga nisbatan qariyb 3 barobar ko‗pdir.
Obod qishloq” (2018-yil 29-mart (PF-5386) va “Obod mahalla” (2018-yil 27-iyun (PF-5467) Davlat dasturlari xalqimiz tomonidan katta mamnuniyat bilan kutib olindi. 2018-yilda 416 ta qishloq yangicha qiyofaga ega bo‗ldi. 2019-yilda ushbu dasturlar doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko‗lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Qishloq joylarda 17 ming 100 ta, shaharlarda 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016-yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‗p arzon va shinam uylar qurildi.
Prezidentimiz ta‘kidlab o‗tganlaridek har qanday mamlakatda bo‗lgani kabi bizda ham kam ta‘minlangan aholi qatlamlari mavjud. Turli hisob-kitoblarga ko‗ra, 2019-2020-yillarda ular taxminan 12-15 % ni tashkil etadi. Bu aholimizning 4-5 millionlik vakillari haqida bormoqda.
2020-yildan ijtimoiy hayot va vaqtli matbuotda kambag‗allik tushunchasi muomalaga kiritilib, ushbu muammoning mavjudligi hukumatimiz tomonidan tan olindi. Kambag‗allikni kamaytirish borasida manzilli chora-tadbirlar ishlab chiqila boshlandi. Jumladan aholida tadbirkorlik ruhini uyg‗otish, insonning ichki kuch- quvvati va salohiyatini to‗liq ro‗yobga chiqarish, yangi ish o‗rinlari yaratish bo‗yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish boshlandi.
2018-yildan pensiya va nafaqalarni tayinlash va to‗lash tartibini qayta ko‗rib chiqish, pensiya tizimini tubdan isloh qilish boshlandi. 2019-yil 1-yanvardan boshlab, ishlaydigan barcha pensionerlarga pensiyalar to‗liq miqdorda to‗lana boshlandi.
Ayni vaqtda nogironligi bo‗lgan bolalar va ularning oila a‘zolarini, boquvchisini yo‗qotganlarni o‗n olti yoshgacha ijtimoiy muhofaza qilish masalasi doimo e‘tibor markazida turdi. Umrini nogiron farzandiga qarash, uni parvarish qilishga bag‗ishlagan onalar uchun alohida ijtimoiy nafaqa turi joriy etildi.
2018-yilda og‗ir turmush sharoitida yashab, ish bilan ta‘minlanmagan xotin- qizlar 13 ming nafardan ziyodni tashkil etgan. 2019-yilda turmush sharoiti og‗ir bo‗lgan 1 ming 600 nafar xotin-qizlarni imtiyozli kreditlar asosida arzon uy-joylar bilan ta‘minlandi.
Uzoq vaqt fuqarolikka ega bo‗lmay kelgan insonlar bugungi kunda o‗zlarini to‗laqonli O‗zbekiston fuqarolari deb his etmoqda. O‗tgan yigirma besh yilda 482 nafar shaxsga fuqarolik berilgan bo‗lsa, 2020-yilda 50 mingdan ziyod kishi shu huquqqa ega bo‗ldi. Bu esa BMTning fuqaroligi bo‗lmagan insonlar sonini kamaytirishga qaratilgan chaqirig‗iga munosib javobdir.
2018-2019-yillarda Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‗chmas mulk sotib olish bilan bog‗liq cheklovlar bekor qilingani tufayli 40 mingdan ortiq fuqaro poytaxt mintaqasida sotib olgan uy-joylarini o‗z nomiga rasmiylashtirish imkoniga ega bo‗ldi.
Xulosa qilib aytganda, tanlangan kuchli ijtimoiy siyosat tufayli islohotlar arafasida eng noqulay boshlang‗ich shart-sharotlarga, ijtimoiy ziddiyatlarga ega bo‗lgan О‗zbekiston ijtimoiy mojarolarni chetlab o‗tishga muvaffaq bo‗ldi. Oldindan ko‗rilgan oqilona ijtimoiy chora-tadbirlar mamlakatimizda ijtimoiy- siyosiy barqarorlikni ta‘minladi.
O‗zbekiston mustaqillikni qo‗lga kiritishi bilan mamlakat sog‗liqni saqlash infratuzilmasini rivojlangan davlatlar darajasiga ko‗tarish, aholi sog‗lig‗ini himoya qilish tizimidagi kamchilik va nuqsonlarni bartaraf etish vazifasi yuzaga keldi. Chunki, aholi salomatligi mamlakatning barqaror iqtisodiy taraqqiyoti va sog‗lom ishchi kuchi manbaidir. Qisqacha aytganda sog‗lom millat davlatga iqtisodiy foyda, nosog‗lom millat mamlakatga iqtisodiy zarar (byudjetdan ortiqcha xarajat) demakdir.
1996-yilning 29-avgustidan ―Fuqarolar sog‗lig‗ini saqlash to‗g‗risida‖gi Qonun kuchga kirdi, unda davlat siyosatining sog‗liqni saqlash tizimiga yangicha yondashuvi ifodalandi.
Bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida tibbiyot muassasalarini xususiylashtirish tadbirlari amalga oshirildi. 2001-yilda Sog‗liqni saqlash vazirligi
tomonidan faoliyat yuritish uchun litsenziya (ruxsatnoma) olgan nodavlat muassasalar va firmalar soni 1700 taga, shaxsiy tibbiy xizmat ko‗rsatuvchi subektlar soni 4000 taga yetdi.
Yillarning nomlanib maxsus Davlat dasturlari ishlab chiqilishida ham ushbu sohaga alohida e‘tibor qaratildi (―Sog‗lom avlod yili‖ (2000), ―Ona va bola yili‖ (2001), ―Sihat-salomatlik yili‖ (2005), ―Homiylar va shifokorlar yili‖ (2007),
―Sog‗lom bola yili‖ (2014), ―Sog‗lom ona va bola yili‖ (2016).
Sohada amalga oshirilgan islohotlar natijasida O‗zbekistonda mustaqillik yillarida umr ko‗rish davomiyligi 1990-yildagi 67,2 yoshdan 2012-yilda 72,9 yoshga o‗sdi. Ushbu ko‗rsatkich erkaklarda 70,7 yosh, ayollarda 75,2 yoshni tashkil etib, MDH davlatlarining ko‗rsatkichlariga qaraganda ancha yuqoridir.
Davlat ijtimoiy-iqtisodiy holatining muhim indikatorlaridan biri, bu ona va bola salomatligi ko‗rsatkichidir. O‗zbekistonda ona va bola sog‗lig‗i muhofazasi bo‗yicha xalqaro standartlarni hayotga tadbiq etishga alohida e‘tibor qaratilmoqda. Ona va bolaning reproduktiv salomatligi bo‗yicha olib borilayotgan ishlar XSXT hamda BMTning UNISEF va UNFPA agentliklari tomonidan yuqori baholangan. Xalqaro ―Save children‖ (Buyuk Britaniya) tashkilotining ma‘lumotlariga qaraganda, ayollar uchun yaratilgan shart-sharoitlar borasida O‗zbekiston jahondagi 125 ta davlat o‗rtasida 19-o‗rinni, onalikni himoya qilish bo‗yicha esa 27-o‗rinni egallaydi.
Davlatimizda amalga oshirilayotgan profilaktik va epidemiyalarga qarshi faoliyat natijasida ko‗p kasalliklarning ko‗rsatkichlari pasaydi, ayrimlari butunlay barham topdi.
―Sog‗lom ona sog‗lom bola‖ davlat dasturida bu yo‗nalishga alohida e‘tibor qaratilgan. Ushbu dastur XSST, YUNISEF hamda ―O‗zbekistonda ona va bola sog‗lig‗ini himoya qilish milliy modeli: ―Sog‗lom ona sog‗lom bola‖ xalqaro Toshkent simpoziumining obro‗li ishtirokchilari tomonidan yuqori baholangan. 2010-yilda mamlakatimizda mutlaq sog‗lom bolalar soni ko‗rsatkichi 62,6 foizga yetdi.
So‗nggi yillarda O‗zbekistonda tibbiyot va sog‗liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan ishlar О‗zbekiston Respublikasining Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2019-yil 9-noyabrdagi Sog‗liqni saqlash xodimlari kuniga bag‗ishlangan bayram tabrigida batafsil ko‗rsatib o‗tildi. Unda keltirilishicha, bugungi kungacha sohani isloh qilish bo‗yicha respublikamizda 170 dan ziyod huquqiy hujjatlar qabul qilingan. 2019-2025-yillarda Sog‗liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi va tegishli dasturi qabul qilindi. Jismoniy shaxslar eng ko‗p murojaat qiladigan shoshilinch tez yordam yo‗nalishida markazlashgan yaxlit tizim yaratildi. Tez yordam brigadalari soni 818 tadan 1666 taga yetkazildi. 1500 dan ortiq ―Tez tibbiy yordam‖ mashinalari xarid qilindi. Joylarda allergologiya, onkologiya, nefrologiya va qator yo‗nalishlarda ixtisoslashgan markazlar soni 16 taga yetkazildi. Xududlarda 310 ta ixtisoslashgan bo‗limlar, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy- amaliy tibbiyot markazlarining 14 ta filiali ochildi. Tarmoqda xususiy sektor ulushi oshirilib, bu yo‗nalishdagi shifoxnalar soni 5300 tadan oshdi. Rivojlangan xorijiy davlatlar bilan hamkorlikda 100 dan ortiq zamonaviy xususiy klinikalar ish
boshladi. Ayni paytda mamlakatimizda 7 ta oliy tibbiy ta‘lim dargohi, ularning 4 ta filiali, shuningdek, xorijiy nufuzli tibbiy-ilmiy maussasalar hamkorligida 22 ta xalqaro fakultetlar ochildi.
Sohaga davlat byudjetidan 2017-yilda 7,1 trln, 2019-yilda esa 12,1 trln. so‗m mablag‗ ajratildi. Bu o‗tgan yillarga qaraganda 1,6 barobar ko‗p demakdir. So‗nggi yillarda 1300 dan ortiq davolash muassasalarida qurilish-ta‘mirlash ishlari olib borilib, 2019-yilda 100 mln. dollarlik zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. Sobiq Ittifoq davrida tabiat ustidan hukmronlik qilishdek uzoq davom etgan nomaqbul siyosat natijasida ko‗plab, Hamdo‗stlik mamlakatlari singari, O‗zbekistonda ham og„ir ekologik vaziyat yuzaga keldi. Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq mamlakatimizda tabiat obyektlari muhofazasini kuchaytirish orqali
ekologik muammolarning oldini olish va bartaraf qilishga alohida e‘tibor berildi.
Respublikada bugungi kunda tabiiy muhitni muhofaza qilish va ekologik muammolarni hal etish maqsadida olib borilayotgan siyosatning huquqiy asoslari to‗la shakllantirilgan. Konstitutsiyamizning 50-moddasida ―Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‗lishga majburdirlar‖, deb ko‗rsatilgan. Shuningdek, asosiy qonunning 55-moddasida ―Yer, yer osti boyliklari, suv, o‗simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir‖, deb ko‗rsatilgan.
Mustaqillik yillarida О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi talablari asosida qabul qilingan 40 ga yaqin qonun va mingga yaqin qonunosti hujjatlari atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ekologik muammolarni hal qilish kabi muhim vazifalarni bajarishga xizmat qilmoqda.
О‗zbekiston Respublikasida ekologik muammolarni bartaraf qilish maqsadida olib borilgan ishlarning eng asosiylaridan biri 2008-yil 2-avgustda mamlakatimiz ekolog olimlari, shu yo‗nalishda ish olib borayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari va faol jamoatchilik ishtirokida tuzilgan O„zbekiston Ekologik harakatining tashkil etilishi bo‗ldi.
2017-yil 21-aprelda О„zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo„mitasi (PQ-2915) tashkil etildi. 2019-yil 8-yanvarda O„zbekiston ekologik partiyasi tashkil topdi va 2019-yil 22-dekabrda bо‗lib о‗tgan parlament saylovlarida ilk bor mustaqil siyosiy partiya sifatida ishtirok etdi.
Hozirgi vaqtda Orol fojiasi tufayli 5,5 million gektardan ortiq maydonda Orolqum sahrosi paydo bo‗ldi. Har yili 100 million tonna qum va tuz havoga ko‗tarilmoqda. Bu esa Orol halokati global muammo ekanini yana bir bor isbotlamoqda.
O‗zbekiston tashabbusi bilan 2018-yilda BMTning Orolbo‗yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‗yicha ko‗p tomonlama sheriklik asosida ―Trast fondi‖ning tuzilishi, o‗zbek diplomatiyasining katta yutug‗i bo‗ldi.
Hozirda Orol dengizining suvsiz qolgan hududida yashil o‗rmonlar barpo etishga alohida e‘tibor berilmoqda. Agar mustaqillik yillarida O‗zbekiston bo‗yicha 1 million 220 ming gektarga yaqin o‗rmonzor yaratilgan bo‗lsa, shundan 400 ming gektardan ortig‗i aynan Orolbo‗yi hududida barpo etilgan.
Bu masalada qabul qilinayotgan maxsus dasturga ko‗ra, Orol dengizining suvsiz hududida 2019-yilda yana 500 ming gektar o‗rmonzor barpo etildi.
Orolni qutqarish muammosi doim mamlakatimiz Prezidentlarining diqqat markazida bo‗lib keldi. Jumladan 2020-yil 23-sentabr kuni Prezidentimiz SH.Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75 yillik videokonferensiyasida nutq so‗zlab, dunyo jamoatchiligi diqqat-e‘tiborini yana bir bor ushbu muammoga qaratdi.
Prezidentimiz o‗z ma‘ruzasida Orolbo‗yi mintaqasini ekologik innovatsiya va texnologiyalar hududi, deb e‘lon qilish haqida BMT Bosh Assambleyasining maxsus rezolyusiyasini qabul qilishni taklif etdi. Shuningdek, ushbu muhim hujjat tasdiqlangan sanani esa Xalqaro ekologik tizimlarni himoya qilish va tiklash kuni sifatida nishonlash maqsadga muvofiq ekanligi ta‘kidlab o‗tdi.
Respublikamizda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta‘minlashda millatlararo omillarning ahamiyati katta.
Qadimdan mamlakatimizda turli madaniyat va sivilizatsiyalar vakillari – turli xalqlar, etnik guruhlar aralashib, do‗stlik va hamjihatlikda yashab kelgan. Chor Rossiyasi, so‗ngra esa sobiq Ittifoqning migratsiya siyosati aholining polietnik tarkibi yanada xilma-xil bo‗lishiga olib keldi.
1989-yilda Madaniyat vazirligi qoshida Respublika millatlararo madaniyat markazi tuzildi. Mustaqillik yillarida yaratilgan imkoniyatlar tufayli bu jarayon tez rivoj topdi. Milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish maqsadida 1992-yil yanvarda Respublika baynalmilal madaniy markazi tashkil qilindi.Mamlakatimizda 1992-yili o‗n ikkita milliy-madaniy markaz faoliyat olib borgan bo‗lsa, 2002-yilga kelib, viloyatlar bilan hisoblaganda, ularning soni 138 tani tashkil etdi.
1992-yil 7-martda Prezident Farmoni bilan O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Din ishlari bo„yicha qo„mita tashkil etildi. Bu bilan mamlakatimiz ahlining diniy e‘tiqodi erkinligiga kafolat berildi. Diniy-axloqiy mavzuda ko‗plab kitoblar chop etildi, bu xayrli ish davom etmoqda. Respublikamiz rahbariyati kishilar ma‘naviy kamolotida islom dinining katta ahamiyat kasb etayotganini inobatga olib, diniy tashkilotlarning erkin faoliyat ko‗rsatishi uchun shart-sharoit yaratib berdi.
Millatlararo totuvlikni ta‘minlovchi huquqiy zaminlar yaralildi. О‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ―О‗zbekiston xalqini millatidan qat‘iy nazar, О‗zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi‖, ―О‗zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bо‗lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e‘tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat‘iy nazar, qonun otdida tengdirlar‖, deb belgilab qoyilgan.
2017-yil 19-mayda ―Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‗stlik aloqalarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ (PF- 5046), 2019-yil 15-noyabrda esa ―Millatlararo munosabatlar sohasida О‗zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‗g‗risida‖gi О‗zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-5876) qabul qilindi.
Barcha millat va elat vakillari О‗zbekistonni o‗zining umumiy uyi, Vatani deb bilib, uning ravnaqi yo‗lida sidqidildan xizmat qilmoqda. Bu О‗zbekistonda yuritilayotgan oqilona milliy siyosatning mevasidir.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin