О„zbekiston respublikasi о„iy va о„rta



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə66/163
tarix27.03.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#90242
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163
Matyaqubov. O\'quv qo\'llanma 2021.Kengashga berilgani (3)

IJTIMOIY HUQUQLAR – insonga davlat va jamiyatdan muayyan moddiy yordam olishga imkon beruvchi va shaxsning ijtimouy ehtiyojlarini qondirishga yordam deruvchi huquqlar (ijtimoiy ta‘minot, ijtimoiy yordam olish, uy-joy olish, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, bilim olish, ilmiy-texnikaviy faoliyat erkinligi). Inson va fuqarolarning ijtimoiy huquqlari О‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 39-42 moddalarida belgilab berilgan.
IJTIMOIY SOHA – uzviy bog‗liq va kishilarning turmush tarzi va darajasi, ularning farovonligi, ehtiyojlarini belgilovchi tarmoqlar, korxonalar, tashkilotlar
majmui, maxsulot ishlab chiqarmaydigan sohalar. Ijtimoiy sohaga avvalo xizmat kо‗rsatish, ta‘lim, madaniyat, sog‗liqni saqlash, ijtimoiy ta‘minot, jismoniy tarbiya, umumovqatlanish, kommunal xizmat, yо‗lovchi transporti, aloqa sohalari kiradi.
KAMBAG„ALLIK – hayotiy, tirikchilikka zarur narsalarning yetishmaslik xolati. Har qanday mamlakatda bо‗lgani kabi О‗zbekistonda ham kam ta‘minlangan aholi qatlamlari mavjudligi 2020-yil yanvardagi Prezident Murojaatnomasida ilk bor e‘tirof etilib, shu yil 26-martda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‗allikni qisqartirish vazirligi tashkil etildi.
Kambag‗allikni aholiga pul tarqatib emas, balki aholida tadbirkorlik ruhini uyg‗otish, insonning ichki kuch-quvvati va salohiyatini tо‗liq rо‗yobga chiqarish, yangi ish о‗rinlari yaratish bо‗yicha kompleks iqtisodiy va ijtimoiy siyosatni amalga oshirish orqali bartaraf etish mumkin.
KONFESSIYA – lot. cōnfessio - dinlar va uning shaxobchalari, tarmoqlari, mazhab, oqim va yo‗nalishlarini ifodalovchi umumiy tushuncha. Bugungi kunda О‗zbekistonda 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritmoqda.
TEMIR DAFTAR” – karantin sharoitida ishsiz, daromadsiz qolgan ehtiyojmand, yordamga muxtoj oilalarning mahallada, tegishli sektorlar tomonidan shakllantiriladigan shaffof royhati. Unga ishga yoki yordamga muhtoj oilalarning barchasi kiritildi.
―Temir daftar‖ni yuritishda ehtiyojmand oilalarning 7 toifasi kiritiladi. Bular kam ta‘minlangan, nogironligi bo‗lgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, yakka- yolg‗iz keksalar, doimiy ishsiz fuqarolar, karantin tufayli ishsiz qolgan fuqarolar, og‗ir epidemiologik hududlardan qaytarib kelingan fuqarolarning oilalari.
―Temir daftar‖ ro‗yxati tayyor bo‗lgach, tuman hokimligiga taqdim etiladi. Shundan so‗ng sektor rahbari, tuman xalq deputatlari kengashi vakili va mahalla oqsoqoli birgalikda joylarga chiqib, oilalar holatini o‗rganib chiqadi. Umumiy xulosa asosida shakllantirilgan ro‗yxat tuman xalq deputatlari kengashi muhokamasiga qo‗yiladi. Kengash tasdig‗idan o‗tgan oilalar ―Temir daftar‖ga kiritiladi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin