Fan bo‘yicha talabalar bilimiga, ko'nikma va malakasiga
qo‘yiladigan talablar. “Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya” o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:
metodika va metodologiya tushunchalarini;
o‘qitish jarayonining va tadqiqot usullarining nazariy asoslarini;
tasviriy san'at va muhandislik grafikasi bo’yicha to’garak ishlari va olimpiadalar tashkil qilish va o’tkazishni;
o’qitish sifati va kadrlarning kasbiy tayyorgarligiga ta’sir etuvchi faktorlarni;
pedagogik muloqot asoslarini; ilmiy tadqiqot ishining asosiy tushunchalari va metodlarini bilishi, malaka hosil qilishi va amalda qo’llay olishi malakalariga ega bo’lishi;
tasviriy san'at va muhandislik gralikasi bo'yicha o'quv ishlarini tashkil qilish, ma'ruza mutnlnrini tuzish, mutaxassislik xonalarini jihozlash va texnik vositalarni qo'llash, sinf doskasida ishlash;
iqtidorli va iste'dodli o‘quvchilarni tanlash va ular bilan pedagogik ishlarni tashkil qilish, tasviriy vosilalar, grafik topshiriqlar, tarqatma kartochkalar, modellar, ko'rgazmali plakatlar kabi o'qilish vosilalari (o'quv-metodik matearillar)ni ishlab chiqish, yangi pedagogik texnologiyalar, ularni tasviriy san'at va muhandislik grafikasi fanlarini o'qitishda qo‘llay olish ko'nikmlariga ega bo'lishi kerak;
zamonaviy fan yutuqlarini amaliyotga tadbiq eta olish, muammoni echishga ijodiy yondashish, mutaxassislikning ilmiy muammolarini echishda qarorlar qabul qila olish qamda undan kasbiy faoliyatida foydalana bilish, ilmiy tadqiqot natijalaridan foydalanish bo'yicha amaliy tavsiyalar va hisobotlar tuzish, tasviriy san'at va muhandislik grafikasi fanlari bo'yicha o'qitish vositalari, o‘qitishning interaktiv metodlari va pedagogik texnologiyalari, tizimli va muloqotli yondashuv kabi etakchi tamoyillar asosida o‘quv ishlarini tashkil qilish va o‘tkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi lozim.