O`zbekiston respublikasi oliy, fan va innovatsion ta`lim vazirligi qo’qon dаvlаt pеdаgоgikа instituti


Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uslubiy



Yüklə 185,83 Kb.
səhifə3/10
tarix25.12.2023
ölçüsü185,83 Kb.
#196663
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Dast.akademik.rang.va kom.5-kurs (1)

Fanning boshqa fanlar bilan bog‘liqligi va uslubiy
jihatdan uzviy ketma-ketligi
“Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya” fani mohiyat va mazmun jihatdan o‘quv rejadagi barcha tasviriy va amaliy san'atga oid nazariy hamda amaliy jihatdan o‘rganiladigan san'at sohalariga taalluqlidir. U matematik va tabiiy ilmiy fanlar blokiga kiruvchi plastik anatomiya; umumkasbiy fanlar blokidagi tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish nazariyasi va metodikasi, qalamtasvir, rangtasvir, tasviriy san'at tarixi, tasviriy san'at texnologiyasi va nusha ko‘chirish, haykaltaroshlik, amaliy san’at, badiiy bezak san'ati; ixtisoslik fanlari blokidagi akademik qalamtasvir asoslari va kompozitsiya, tasviriy san'at o‘qitishning zamonaviy texnologiyalari kabi barcha fanlarga aloqador, hamda ular bilan uzviy bog‘liq.
Fanning ta'limdagi o‘rni
“Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya” fani tasviriy san'atga ixtisoslashgan barcha ta’lim bosqichlarida asos hisoblanib, ta'limning qaysi bosqichida bo'lishidan qat’iy nazar o‘quvchi rangtasvir bo‘yicha nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. O‘rta umumta'lim maktablari va o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun tasviriy san’at bo‘yicha yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlashda rangtasvir faning o‘rni katta ahamiyatga ega.


Fanni o’qitishda zamonaviy axborot
va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning akademik rangtasvir asoslari va kompozitsiya fani bo'yicha bilimlarini yanada chuqurroq o‘zlashtirishlarida o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarini tadbiq qilish muhimdir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv uslubiy qo'llanmalar va ma’ruza matnlari, elektron adabiyotlar va tasvirlar, elektron materiallar, tasviriy san’at atributlaridan to’la foydalaniladi. Mashhur o‘zbek va xorijiy tasviriy san'at san’at usta rassomlarining jahon miqyosida tan olingan san’at asarlari namunalari, hamda metodik jihatdan mukammal reproduktiv ishlari; zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalangan holda mashg'ulotlar tashkil etish; postanovkalarni tashkil etishda foydalanish. Buyuk san’at ustalari va ularning ijod etish jarayonlarini aks ettirishga bag‘ishlangan kino lentalari, chop etilgan namuna va elektron versiyalaridan keng foydalaniladi.

Dastgohli akademik rangtasvir va kompozitsiya” fanini o‘rganishda quyidagi vositalardan foydalanish mumkin:


Rangtasvirga oid bo’lgan qadimgi rassomlarning ijodiy ishlaridan namunalar, ular asarlaridan reproduktsiyalar, hozirgi zamon rangtasvir san’atiga oid namunalar, rangli reproduktsiyalar, kompyuterda kompakt disklardan, talabalar ishlagan o‘quv mashq ishlari namunalaridan tayyorlangan ko‘rgazmali qurollardan samarali foydalanish. Kitoblarda chop etilgan taniqli rassomlaming ijodiy ish namunalari, internet tizimidan, elektron versiyalar hamda yangi pedagogik texnologiyalar qo’llaniladi.

Yüklə 185,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin