Google Earth dasturi haqida umumiy ma'lumot. Arc GIS va Google Earth dasturlarining o'zaro bog'liqligi. Yodgorliklarning xaritadagi uzunligi va kengligi kesishmasi asosida uning Google Earth dasturida joylashish nuqtasini aniqlash. Yodgorliklarning xaritalardagi uzunligi. Yodgorliklarning Google Earth dasturida joylashish nuqtasi aniqlash. Google Earth dasturida yodgorliklar xaritasini Arc GIS dasturi uchun rastr ma'lumot sifatida saqlash. Google Earth dasturida yodgorliklar xaritasi bilan ishlash. Arc GIS dasturi uchun rastr ma`lumot sifatida saqlash usullari. Rastr ma'lumotni Vektor ma'lumotga aylantirish. Rastr ma`lumot haqida tushuncha. Vektor ma`lumot haqida tushuncha. Google Earth dasturida olingan yodgorliklar xaritasini koordinatalar tizimi bilan bog'lash.
Yodgorlik xaritasidagi elementlar ustida ishlash. Google Earth dasturida yodgorliklar haqidagi ma`lumotlarni tahrirlash.
III.Seminarmashg`ulotlaribo`yichako`rsatmavatavsiyalar Seminar mashg`ulotlari uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
Arxeologiyada GIS faniga kirish.
Arxeologiyada GIS fanining maqsad va vazifalari.
Gis yoki Gat atamasiga ta`rif.
Gis tadqiqotlarda qo`llanilishi tarixi.
GIS tizimi yordamida arxeologik yodgorliklar xaritasini yaratish usullari.
GIS tizimida arxeologik ma`lumotlar bankini yaratish.
Arxeologiyada GIS fanining tadqiqot ob`ekti.
Arxeologiyada zamonaviy axborot tizimlari.
Arxeologik tadqiqotlarda Gis tizimini qo`llashdan asosiy maqsad.
Vatanimiz va Xorijiy mamlakatlar hududida o`tkazilgan arxeologik tadqiqotlarda Gis tizimining qo`llanilishi.
Arxeologiya, antropologiya va etnologiyada geografik axborot tizimlari fani bo`yicha seminar mashg`ulotlarida ma`ruzada bayon qilingan nazariy bilimlarni mustahkamlash, fan bo`yicha olingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, talabalarning ilmiy-tadqiqot olib borish va bilish qobiliyatlarini o`stirish, nazariy o`qitish jarayonida egallangan bilimlarning amaliyotga tatbiq etilishiga alohida e`tibor qaratiladi.
Seminar mashg`ulotlari davomida o`qituvchi va talaba o`rtasida ikki tomonlama yaqin aloqa o`rnatiladi: jonli suhbat olib boriladi, o`zaro fikr almashish va turlicha qarashlarni ifoda etish jarayonida fanning xususiy masalalarini chuqur o`rganish maqsadini amalga oshiradi. Bunda zamonaviy pedagogik texnologiyaning interfaol usullari qo`l keladi.
Seminar mashg`ulotlar multimedia qurulmalari bilan jihozlangan auditoriyada bir akademik guruhga bir o`qituvchi tomonidan o`tkazilishi lozim. Mashg`ulotlar faol va interaktiv usullar yordamida o`tilishi, mos ravishda munosib pedagogik va axborot texnologiyalar qo`llanilishi maqsadga muvofiq.