IV.Mustaqilta`limvamustaqilishlar Mustaqilta`limuchuntavsiyaetiladiganmavzular: GIS tarixi va uning arxeologiya sohasida qo`llanilishi
Arxeologiyada GIS faniga kirish
Gis yoki Gat tushunchasiga ta`rif
Xaritalar yaratilishi tarixi
GIS sohasida qo`llanilayotgan dasturlar
Xaritalar turlari va ular haqida ma`lumot
Arxeologiyada topografik xaritalardan foydalanish
Koordinatalar tizimi haqida ma`lumot
GIS yoki Geoaxborot tizimining arxeologik tadqiqotlarda qo'llanishi
Arxeologiyada GIS fanining maqsad va vazifalari.
Gis yoki Gat atamasiga ta`rif.
Gis tadqiqotlarda qo`llanilishi tarixi.
GIS tizimi yordamida arxeologik yodgorliklar xaritasini yaratish usullari.
GIS tizimida arxeologik ma`lumotlar bankini yaratish.
Arxeologiyada GIS fanining tadqiqot ob`ekti.
Arxeologiyada zamonaviy axborot tizimlari.
Arxeologik tadqiqotlarda Gis tizimini qo`llashdan asosiy maqsad.
Vatanimiz va Xorijiy mamlakatlar hududida o`tkazilgan arxeologik tadqiqotlarda Gis tizimining qo`llanilishi.
Xarita atamasi va yaratilishi tarixi
Xaritalar turlari.
Raqamli va elektron xaritalar.
Ma'lumotlar jadvalida ustunlar va qatorlarda yodgorliklar haqida kiritiladigan ma'lumotlar
GIS dasturi yordamida arxeologik yodgorliklar xaritasini tuzish
Ma'lumotlar jadvali haqida tushuncha
Arxeologik yodgorliklarni xaritalarda belgilash usullari
Google Earth dasturi haqida umumiy ma'lumot
Layout View haqida ma`lumot
Xaritani yaratish va diagrammalar o'rnatish usullari
Yodgorlik xaritasidagi elementlar ustida ishlash
Google Earth dasturida yodgorliklar haqidagi ma`lumotlarni tahrirlash
Mustaqil ta`limning turli xil shakllari mavjud bo`lib, bunda asosiy e`tibor talabaning berilgan mavzular (amaliy masalalar, topshiriqlar va keys- stadilar)ni mustaqil ravishda, ya`ni auditoriyadan tashqarida bajarishi, o`qib o`rganishi va shu yo`nalish bo`yicha bilim va ko`nikmalarini chuqurlashtirishiga qaratiladi. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:
-darslik yoki o`quv qo`llanmalar bo`yicha fanlar boblari va mavzularini o`rganish;
-tarqatma materiallar bo`yicha ma`ruzalar qismini o`zlashtirish;
-mustaqil ishlar, keys-stadilar bilan ishlash;
-maxsus yoki ilmiy adabiyotlar (monografiyalar, maqolalar) bo`yicha fanlar bo`limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
-fanga oid ma`lumotlarni o`rganish, ularni tahlil qilish;
-talabaning o`quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog`liq bo`lgan fanlar bo`limlari yoki mavzularni chuqur o`rganish;
-faol va muammoli o`qitish uslubidan foydalaniladigan o`quv
mashg`ulotlari;
-masofaviy (distantsion) ta`lim.
«Arxeologiya, antropologiya va etnologiyada geografik axborot tizimlari» fanidan talabalarning mustaqil ishlarini referat, seminar, ma`ruza tayyorlash, kompyuterda Google Earth dasturida ishlash va boshqa shakllarda tashkil etilishi tavsiya etiladi. Mustaqil ish mavzularini belgilashda ma`ruza va seminar mashg`ulotlari mavzularini to`ldirishga harakat qilinishi lozim.