O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innavatsiya


Tashqi savdo aylanmasi va balansi



Yüklə 82,95 Kb.
səhifə4/9
tarix14.10.2023
ölçüsü82,95 Kb.
#155037
1   2   3   4   5   6   7   8   9
213 Iqtisod Shixnazarov Abbosjon Kurs ishi. xalqaro mehnat taqsimoti milliy iqtisodiyot u.n imkoniyat va tahdidlar

Tashqi savdo aylanmasi va balansi
1-jadval


2021-yil

2022-yil

O'sish sur'ati % da

Jamiga nisbat % da

Tashqi savdo aylanmasi

7 525,80

13 155,80

174,8

X

Eksport

2 418,60

5 772,70

2,4 m.

100

Tovarlar

1 896,1

2 186.8

115,3

37,9

Xizmatlar

469,5

567,7

120,9

9,8

Oltin

-

2 970.9

-

51,5

Import

5 107,20

7 383.1

144,6

100

tavarlar

4 745,30

6 853.4

144,4

92,8

Xizmatlar

361,90

529,7

146,4

7,2

Saldo

-2 688,60

-1 610,40

x

X

tavarlar

-2 849,20

-4 648,40

x

X

Oltinsiz

-2 849,20

-4 666,60

x

X

Xizmatlar

107.6

38

x

X

Eksport (oltinsiz hajm)

2 365,60

2 754,50

116,4

X

O`zbekiston eksportida elektr energiya va yonilg`i, kimyo mahsulotlari, rangli metallar, mashina va uskunalar, engil avtomobillar, oziq-ovqat mahsulotlari ham salmoqli o`rin egallaydi. Eksport salohiyati mavjud bo`lgan tarmoqlarga yirik sarmoyalarning kiritilishi tufayli eksportbop mashinalar, neft mahsulotlari va paxtadan tayyorlanayotgan mahsulotlar ishlab chiqarish ko`lamlari yildan-yilga ko`payib bormoqda.


O`zbekistonning tashqi savdo aloqalari MDH mamlakatlari bilan bir qatorda AQSh, Janubiy Koreya, Olmoniya, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Turkiya, Malayziya, Shveytsariya, Belgiya va boshqa o`nlab mamlakatlar bilan ham yo`lga qo`yildi.
O`zbekistonning tashqi savdo aloqalarida Rossiya muhim o`rin egallab kelmoqda. Ikki davlat o`rtasida imzolangan “1998-2007 yillarda iqtisodiy hamkorlikni yanada chuqurlashtirish haqida”gi Shartnoma ikki tomonlama rivojlanishga xizmat qilmoqda. O`zbekistonning AQSh, Janubiy Koreya, Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya, Yaponiya kabi mamlakatlar bilan savdo aylanmasi kengayib bormoqda. O`zbekistonning Sharq va G`arbni bog`lovchi mintaqada joylashganligi tashqi savdo aloqalarining izchil ravishda olib borilishiga sharoit yaratadi. 1996 yil 21 iyunda Florentsiyada Evropa Ittifoqi bilan O`zbekiston Respublikasi o`rtasida sheriklik va hamkorlik to`g`risida bitim imzolandi. 1999 yilga kelib mazkur shartnoma Yevropa Ittifoqiga kirgan barcha mamlakatlar tomonidan ratifikatsiya qilingach, kuchga kirdi hamda O`zbekiston tovarlari uchun Yevropa bozorlariga yo`l ochildi.
O`zbekiston xalqaro transport kommunikatsiyalarini qurish loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda faol ishtirok etib kelmoqda. Bu loyihalarni amalga oshirish natijasida O`zbekistonning Evropaga, Hindiston, Yaponiya va Tinch okeani mintaqalariga chiqishiga va jahon hamjamiyati bilan tashqi aloqalarni mustahkamlashiga katta imkoniyatlar tug`iladi.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy hamkorlik sohasida obro’-e`tibori yildan-yilga ortib borayotganini alohida ta`kidlab o`tish lozim. Hozircha mamlakatimiz Jahon savdo tashkilotida kuzatuvchi maqomiga ega. Bu tashkilot jahon savdo tizimini tartibga solishda markaziy o`rinni egallaydi. Jahon savdosining 95 foizidan ortig`i unga a`zo mamlakatlarga to`g`ri keladi. Hozirgi paytda O`zbekistonning mazkur tashkilotga qabul qilinishi masalasi o`rganilmoqda. Unga a`zo bo`lish O`zbekistonga dunyoning 130 dan ortiq mamlakatlari bilan mustahkam savdo aloqalari o`rnatishiga va o`zining tovarlari bilan jahon bozorlariga hech qanday to`siqlarsiz chiqishiga imkon yaratadi.
Xalqaro mehnat taqsimoti shakllari va turlari.
Xalqaro ixtisoslashuv va xalqaro ishlab chiqarish kooperatsiyasi xalqaro mehnat taqsimotning mazmun mohiyatini, shakllarini amalga oshirishni belgilovchi mezonlardir.
Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirish davlatlar o‘rtasida mehnattaqsimotining shakli bo‘lib, u bir turdagi tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlarni mamlakat ichki iste’molidan ortib ishlab chiqarishni markazlashgan asosda o‘sib borishi tushuniladi. Qaysikim, alohida davlatlar konkret tovarlar va xizmatlar(an’anaga ko‘ra, ishlab chiqarish quvvati, kadrlar malakasi, tabiiy resurslar, milliy daromad darajasi, ichki bozor hajmini kengaytirish, mavjud va yangi iqtisodiy aloqalar bilan) ishlab chiqarishga ixtisoslashadi. Ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashtirishning asosiy turlariga buyumlar (tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish), detallar (alohida qismlar va komponentlar ishlab chiqarish) vatexnologik (ayrim texnologik jarayonlar v a operatsiyalarni amalga oshirish) jarayonlari kiradi. Ishlab chiqarishning xalqaro ixtisoslashuvi ikki yo‘nalish bo‘yicha rivojlanib boradi:
-ishlab chiqarishda (tarmoqlararo,ichki tarmoqlar ixtisoslashuvi) alohida korxonalarning ixtisoslashuvi;
-xududiy (alohida mamlakatlar ixtisoslashuvi, guruh mamlakatlar,
mehnat taqsimoti uchun ma’lum mahsulotlar va ularning qismlarini ishlab chiqaruvchi hududlari).Ishlab chiqarishning hududiy xalqaro ixtisoslashuvida esa alohida mamlakatlar va hududlarda ma’lum mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularning bir qismini jahon bozoriga chiqarilishini yo‘lga qo‘yilishi tushuniladi.
Xalqaro mehnat taqsimoti mazkur mamlakat korxonalari kuchi nafaqat o‘z iste’molchilari ehtiyojini qondirish uchun ma’lum mahsulotlar ishlab chiqarish, balki o‘zi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga almashtirish uchun ham mahsulot ishlab chiqarishga qaratilishi kerak deb taxmin qiladi.
Xalqaro almashinish jarayonlarida xalqaro mehnat taqsimotini amalga oshirish qulay shartlarda har qanday mamlakatga afzallik beradi:
-eksport qilinayotgan tovarlar va xizmatlarning xalqaro va ichki narxi o‘rtasidagi farqni olish;
-nisbatan arzon importdan foydalanishda milliy ishlab chiqarishdan voz kechib, ichki harajatlarni tejash.
Xalqaro mehnat taqsimoti uch asosiy tiplar bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin va bular ishlab chiqarish kuchlari tegishli rivojlanish bosqichlarini aks ettiradi: umumiy, xususiy va yakka tartibda.
Umumiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti, ya’ni ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha (qazib olish, qayta ishlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi) ko‘proq xo‘jalikni ekstensiv rivojlanish davriga xos va eng avvalo tabiiy, ishlab chiqarishning tabiiy geografik sharoitlari bilan bog‘liq.
Xususiy tipdagi xalqaro mehnat taqsimoti ma’lum sohalar, ularning tarmoqlari va ishlab chiqarish turlarida xalqaro ixtisoslashuvni taqozo etadi. Bunda almashuvning internatsionallashuvi paydo bo‘ladi va kengayadi, savdo o‘sishi tezlashadi.
Yakka tartibdagi xalqaro mehnat taqsimoti alohida operatsiyalar (detallar, uzellar, agregatlar) va texnologik stadiyalarga ixtisoslashuvni taqozo qiladi. Bu sharoitda bozor hajmi o‘sadi. Jahon savdosi o‘zish sur’atida rivojlanadi (ishlab chiqarishga taqqoslanganda). Shuning uchun ham xalqaro savdoda komplektlovchi kooperatsiya tartibida, shu jumladan, trans milliy korporatsiya doirasida (TMK)1/2 dan ko‘proq mahsulot tovar almashinuvi qayta ishlash sanoatiga to‘g‘ri keladi.

Yüklə 82,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin