O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innavatsiyalar vazirligi


Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda ES qurish uchun investitsiya kiritadi



Yüklə 65,83 Kb.
səhifə4/4
tarix25.12.2023
ölçüsü65,83 Kb.
#193733
1   2   3   4
global iqtisodiyot fanidan mustaqil ish

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda ES qurish uchun investitsiya kiritadi

Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki va Islom taraqqiyot banki Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasi qurish uchun davlat kafolatisiz 325 mln yevro investitsiya kiritadi.


Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish uchun 225 million yevro ajratishini e’lon qildi.
Energetika vazirligining xabar berishicha, loyihaga Islom taraqqiyot banki ham 100 million yevro miqdorida mablag‘ ajratadi.
Loyiha Surxondaryo viloyatining Angor tumanida, “Uchqizil” suv omborining shimoli-sharqida joylashgan hududda amalga oshiriladi. Loyiha 2022-yilning aprelida ishlab chiqilgan va shu yil 17-maygacha so‘nggi baholash ishlari olib borilgan.
РеклUndan asosiy maqsad esa O‘zbekiston energetika sektorini karbonsizlashtirish strategiyasiga muvofiq, yuqori samarador elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish ekani aytilgan.
Investitsiyalar O‘zbekiston iqtisodiyotiga davlatning hech bir kafolatisiz yo‘naltirilishi mo‘ljallangan.
2015-yilda tashkil etilgan va bosh qarorgohi Pekinda joylashgan OIIB 57 ta ishtirokchi davlatni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, tashkilotning ustav kapitali 100 mlrd dollarni tashkil etadi.
OSIYO TARAQQIYOT BANKI MABLAG‘LARINI JALB QILISH ORQALI “ZAMONAVIY IQTISODIYOT UCHUN KO‘NIKMALARNI RIVOJLANTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Malakalarni baholash tizimini tubdan takomillashtirish va mehnat bozorini malakali kadrlar bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 31-dekabrdagi PQ-4939-son qarori ijrosini ta’minlash hamda mehnat bozori va professional ta’lim tizimi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlash, aholi bandligini ta’minlash va professional ta’lim tizimlarini boshqarishni takomillashtirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
a) “Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasini (keyingi o‘rinlarda — Loyiha) moliyalashtirish uchun 2020-yil 11-dekabrda Osiyo taraqqiyot banki Direktorlar kengashining imtiyozli resurslari hisobidan 5 yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan 25 yilda qaytarish sharti bilan 93 mln AQSh dollari miqdorida qarz ajratilishi ma’qullaganligi va O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 2021-yil 30-sentabr kuni qarz bitimi imzolanganligi;
b) loyihaning umumiy qiymati 162 mln AQSh dollarini, jumladan:
93 mln AQSh dollari — Osiyo taraqqiyot banki qarzini;
69 mln AQSh dollari — loyihani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasining ulushini tashkil etishi, bunda:
20,490 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — loyiha bilan qamrab olingan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 14 ta kasb-hunarga o‘qitish markazlari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 6 ta professional ta’lim muassasalarida qurilish/montaj ishlarini, jumladan, binolar va asbob-uskunalarni saqlab turish va ularga texnik xizmat ko‘rsatishni moliyalashtirishga;
15,603 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — soliq (qo‘shilgan qiymat solig‘i va aksiz solig‘idan tashqari) va bojxona imtiyozlarini berish hamda qo‘shilgan qiymat solig‘ini qoplashga;
4,250 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — o‘rnatilgan asbob-uskunalar va jihozlarga texnik xizmat ko‘rsatish qiymati, konsalting xizmatlari va mehnat resurslari bilan bog‘liq xarajatlarga;
18,000 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — loyiha doirasida belgilangan kasblar yo‘nalishlari bo‘yicha jalb etilgan o‘qituvchilar mehnatiga haq to‘lash xarajatlariga;
5,328 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — investitsiyalash davrida moliyaviy xarajatlarni to‘lashga;
5,328 mln AQSh dollari ekvivalenti miqdoridagi mablag‘ — kutilmagan xarajatlarni to‘lashga yo‘naltirilishi;
v) loyihani amalga oshirish muddati 5 yilni tashkil etishi (2022 — 2026-yillar) ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi qarz mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi hamda loyihaning amalga oshirilishi, shuningdek, loyiha doirasidagi tadbirlarni umumiy muvofiqlashtirish bo‘yicha mas’ul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘z tizimidagi muassasalarda loyihani amalga oshirish bo‘yicha mas’ul organ hisoblanadi;
Loyihaga kiritilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirish, jumladan, energiya samaradorligini oshirish maqsadida isitish tizimini yangilash, shuningdek, loyiha doirasidagi binolar va asbob-uskunalardan foydalanish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti hisobidan amalga oshiriladi;
Osiyo taraqqiyot bankining qarzini so‘ndirish, ular bo‘yicha foizlar va majburiyat bo‘yicha boshqa to‘lovlarni to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Quyidagilar:
“Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 1-ilovaga muvofiq;
“Zamonaviy iqtisodiyot uchun ko‘nikmalarni rivojlantirish” investitsiya loyihasi bo‘yicha Osiyo taraqqiyot bankining asosiy qarzini qaytarish, foizlarni to‘lashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi bilan Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 2021-yil 30-sentabr kuni imzolangan qarz bitimi bo‘yicha belgilangan tartibda yuridik xulosa berilishini ta’minlasin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Moliya vazirligi:
bir oy muddatda loyihani amalga oshirish davrida faoliyat yuritish uchun saqlab turish xarajatlarini Osiyo taraqqiyot banki va budjet mablag‘laridan (Budjet kodeksiga muvofiq) belgilangan tartibda to‘lashni nazar tutgan holda, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida umumiy shtat birligi 11 nafardan iborat bo‘lgan Loyihani amalga oshirish guruhini hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida umumiy shtat birligi 11 nafardan iborat bo‘lgan Loyihani amalga oshirish guruhini tashkil etsin;
loyiha doirasidagi asbob-uskunalarni sotib olgunga qadar loyiha bilan qamrab olingan obyektlarning tegishli maydonlarini (xonalarini) asbob-uskunalar o‘rnatish va montaj qilish uchun tayyorlashni ta’minlasin;
loyiha bo‘yicha o‘zlashtirilgan mablag‘lar hamda erishilgan natijalar yuzasidan ma’lumotlar majburiy tarzda o‘zlarining rasmiy veb-sahifalarida muntazam e’lon qilib borilishini ta’minlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi:
Loyiha O‘zbekiston Respublikasining kelgusi yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturiga kiritilishini;
2022-2023-yillarda loyihani amalga oshirishni moliyalashtirish uchun zarur miqdordagi markazlashgan kapital qo‘yilmalarning jami 23,397 mln AQSh dollari, jumladan, 2022-yilda Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga 3,587 mln AQSh dollari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga 1,092 mln AQSh dollari ekvivalentiga teng miqdorda mablag‘larini ajratilishini nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022-yildan boshlab va kelgusi yillarda O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda Davlat budjeti parametrlariga Osiyo taraqqiyot bankining ushbu loyiha bo‘yicha asosiy qarzini so‘ndirish va foizlarini to‘lashni nazarda tutsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vaziri N.B. Xusanov va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta va maxsus ta’lim vaziri A.X. Toshkulov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Yüklə 65,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin