O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti


§2.1. Tanadagi biofaol nuqtalardan foydalanib, Foll usuli bo’yicha kasalliklarni tashxislash



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə14/35
tarix02.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#123489
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35
Monografiya 28.04.2023г.

§2.1. Tanadagi biofaol nuqtalardan foydalanib, Foll usuli bo’yicha kasalliklarni tashxislash.
Inson organizmi murakkab tizim bo’lib, unda biofaol nuqtalar (BFN) to’plami mavjud. BFNning fiziologik xususiyati shundaki, orqa miyaning tegishli qismlari orqali har bir biofaol nuqta ma’lum bir organning bir qismi yoki funktsiyasi bilan o’ziga xos tarzda bog’langan bo’ladi. Agar organ kasallangan bo’lsa, u holda ushbu organga ma’sul biofaol nuqtalar biofizik parametrlarining normal qiymatlari o’zgaradi va unga mos keladigan nuqta og’riqli bo’ladi. Odatda organ bilan bog’langan nuqtalar to’plami "meridian" yoki "kanal" deb nomlanadi. Biofaol nuqtalardan foydalanib, kasallikni tashxislash quyidagilarni aniqlash imkonini beradi:
organlar, meridianlarning holati;
kasallik holatini bashorat qilish;
ultratovush, EKG va shunga o’xshash tibbiy qurilmalar bilan bog’liq klinik tekshirish usullari aniqlay olmagan o’zgarishlarni erta bosqichda aniqlash.
Qadimgi Xitoy tabobotida odam tanasida 1000 dan ortiq BFN mavjudligi va ular 14 ta ( shundan, 12 tasi jo’ftlashgan, ya’ni simmetrik va 2 tasi simmetrik bo’lmagan, jo’ftlashgmagan) meridian (kanal)larga uzviy bog’langan bo’lib (2.1-rasm), o’z biofizik parametrlari normal holatini saqlab turishi, meridianlarora energiya oqimini bir me’yorda taqsimlanishi inson tanasida sog’lom muhitni shakllantiradi deb ta’rif berilgan [33]. Ushbu meridianlar inson tanasidagi barcha ichki a’zolar bilan uzviy bog’langanligi o’z isbotini topgan.
Biofaol nuqtalardan foydalanib, tashxis qo’yishda shifokorlar BFNda elektr tokining o’tkazuvchanligini (qarshiligini) o’lchaydi. Ushbu o’lchovlar meridianlarning holati va ularga mos keladigan ichki organlar haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi.


a) Taloq (oshqozon osti bezi)
meridianidagi nuqtalar




b) o'pka meridianidagi nuqtala




Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin