O'zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi jizzax politexnika instituti


§4.1. Qondagi glyukoza darajasini aniqlashning noinvaziv usullaridan foydalanishning ilmiy asoslari



Yüklə 1,41 Mb.
səhifə28/35
tarix02.06.2023
ölçüsü1,41 Mb.
#123489
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35
Monografiya 28.04.2023г.

§4.1. Qondagi glyukoza darajasini aniqlashning noinvaziv usullaridan foydalanishning ilmiy asoslari.
Hozirgi kunda dunyoda qandli diabet (QD) bilan kasallangan bemorlar sonining yildan yilga oshishi kuzatilmoqda. Qandli diabet kasalligi bilan og’rigan bemorlar qondagi glyukoza darajasini bir me’yorda ushlab turishi uchun o’zlari uchun dieta, insulin va qand miqorini tushirishning boshqa vositalaridan foydalanish kabi kundalik normalarini belgilashi va ularga qat’iy amal qilishi lozim bo’ladi. Buning uchun esa uy sharoitida yoki tibbiyot muassasalarida bemorlar qondagi glyukoza miqdorini muntazam tekshirib borishi zarur bo’ladi. Ayni vaqtda klinik-diagnostik laboratoriyalarda glyukoza miqdorini o’lchash keng qo’llanilmoqda. Standart invaziv glyukometrlardan foydalanilganda bemor og’riqli hislarni boshidan kechiradi. Bundan tashqari har bir yangi o’lchashda bemor o’ziga qandaydir kasallik yoki qon bilan birga tanaga kiradigan infektsiya (gepatit S, SPID) ni yuqtirishi mumkin. Shuningdek, bemor barmog’ining har kungi sanchilishi bemor uchun turli noxushliklar tug’diradi. Shu sababli qandli diabet kasalligini tasxislash kundan kunga qiyinlashmoqda. Bunday vaziyatda glyukoza miqdorini o’lchashning noinvaziv usullaridan foydalanish yaxshi samara beradi.
QDda glyukoza miqdorini o’lchashning bir qancha noinvaziv xorijiy qurilmalari mavjud. Noinvaziv glyukometrlar glyukoza darajasini o’lchashda bevosita qon bilan aloqa qilishni talab qilmaydi. Buning uchun turli xil texnologiyalar, masalan, optik, to’lqinli nurlanish, tanadan chiqadigan ter, nafas olish va ko’z yoshlarini tahlil qilish qo’llaniladi [68-76].
Hozirgi vaqtda noinvaziv glyukometrlar ishlab chiqish va ularni amaliyotga qo’llash jadal sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Masalan, Isroilning «Cnoga» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilayotgan noinvaziv glyukometrda maxsus kamera teri rangini o’zgartirib, glyukoza darajasini aniqlaydi. Testlash uchun bemor barmog’ini 40 sekund kameraga qo’yishi etarli bo’ladi. Buyuk Britaniyada MediWise kompaniyasining Glucowise (Glyukovayz) deb nomlanadigan noinvaziv glyukometrida qon tarkibidagi glyukoza miqdorini o’lchash elektromagnit to’lqinlarni taqsimlash texnologiyasiga asoslangan. Rossiya bozoriga 2025-2027 yillarda noinvaziv glyukometrni olib chiqish rejalashtirilgan. Xorijiy noinvaziv glyukometrlar narxi yuqori bo’lganligi sababli respublikamizda ommalashmagan. Shu bois, qon tarkibidagi glyukoza darajasini noinvaziv o’lchash imkonini beruvchi, narxi xorijiy analoglaridan ancha past bo’lgan qurilmani ishlab chiqish ayni vaqtdagi dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Inson tanasidagi 12 ta meridian juftlashgan va 2 tasi juftlanmagan meridianlar hisoblanadi. Juftlashgan meridianlar tananing chap va o’ng tomonlari bo’ylab harakatlanadi. Har bir juftlashgan meridian inson organizmining bitta ichki organi yoki tizimi bilan bog’langan bo’ladi. Juftlanmagan meridianlar tananing orqa va old yuzasi bo’ylab harakatlanadi va juftlashgan meridianlar o’rtasida bog’lovchi vazifasini bajaradi. Meridianlar inson «organ»idan uning tana sirtiga tomon energiyani harakatlanish yo’li hisoblanadi. Dastlab shifokorlar faqat 12 ta juftlashgan meridianlar haqida bilishgan, juft bo’lmagan meridianlar keyinroq aniqlangan.
BFN o’z biofizik parametrlari normal holatini saqlab turishi, meridianlarora energiya oqimini bir me’yorda taqsimlanishi inson tanasida sog’lom muhitni shakllantiradi deb ta’rif berilgan. Ushbu meridianlar inson tanasidagi barcha ichki a’zolar bilan uzviy bog’langanligi zamonaviy tibbiyotda o’z isbotini topgan. Meridianlar energiyani tanadagi harakatlanish yo’llari hisoblanadi. Sharq tabobati shifokorlari energiya meridianlar orqali erkin harakatlanib, bir tekis taqsimlangandagina inson sog’lom bo’lishadi deb hisoblashadi.
Inson kasallikka chalinsa, uning alomatlari aniqlangunga qadar, barcha patologik belgilar, birinchi navbatda nerv tolalari orqali ushbu meridianlar, so’ngra mavjud BFNga etib borishi isbotlangan [34]. Kasallik meridianlar muvozanati buzilishiga olib keladi va ayrim meridianlarda bemor BFN paydo bo’lib, ulardagi biofizik parametr miqdorlarida ham keskin o’zgarishlar sodir bo’lishi isbotlangan [34, 77].
Inson elektronlarni ishlab chiqaradigan murakkab elektr tizimi bo’lib, elektronlarni bir joydan boshqa joyga o’tkazadigan tok o’tkazuvchisi va elektronlarni yutadigan elektr energiyasi iste’molchisi ham hisoblanadi. Inson tanasida ishlab chiqariladigan barcha biotoklar inson terisida to’planadi va BFN tufayli yutiladi.
Hozirgi vaqtda inson tanasi qismlarining elektr qarshiligini o’lchash orqali tana organlarini tashhis qilishning noinvaziv usullari keng qo’llanilmoqda. Bugungi kunda inson organizmida glyukoza miqdorining qonda normal va anomal holatdaligini muayyan va vaqt birligida o’lchab beruvchi invaziv va noinvaziv glyukometr qurilmalari mavjud. Ularning asosiy kamchiligi kuzatish intervallarini ko’paytirib, glyukoza miqdorining normal va anomal holatga o’tish intervalini aniqlash mukammal emasligi, operativ tashxis qo’yish, o’lchangan ma’lumotlarni tartiblab, strukturalashtirib, ma’lumotlar bazasini shakllantirish va ularni avtomatlashtirilgan kompyuterli boshqarish imkoniyati yo’qligidadir. Demak, kuzatish natijalarini tezkor tahlil qilib, qondagi glyukoza miqdorining normadan og’ishganligini tezkor aniqlovchi tashxislovchi tizimining matematik modelini yaratish maqsadga muvofiq.


Yüklə 1,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin