III-bob bo’yicha xulosa
Ushbu bob bo’yicha olib borigan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida quyidagi ilmiy natijalar olindi:
Qondagi glyukoza darajasini aniqlashda meridianlar va ularga joylashgan biofaol nuqtalarning ta’siri dispersion analiz usuli yordamida tadqiq qilingan. Buning natijasida kamida 95% ehtimollik bilan, QDda qondagi glyukoza miqdori BFN va ular joylashgan meridianlarning turiga bog'liqligini tasdiqlash mumkin. Bu shuni ko'rsatadiki, har bir meridian aslida tananing ba'zi ichki organlari bilan bog'langan.
Dissertasiya ishining 2-bobida aniqlangan QDni tashxislashda qo’llanib kelinayotgan informativ biofaol nuqtalar guruhlarining barchasi uchun umumiy bo’lgan Tay-yuan, Xe-gu, Chun-yan, Tay-bay, Shen-men, Van-gu, Tszin-gu, Tay-si, Da-lin, Yan-chi, Tsyu-syuy, Tay-chun 12 ta informativ biofaol nuqtalardagi elektr qarshiligi ko’rsatkichlaridan foydalanilgan.
Ekspertlar usuluning ball bilan baholash hamda juftlab taqqoslash usullari asosida QDda qon tarkibidagi glyukoza miqdorini aniqlashning noinvaziv usuli uchun yuqori ahamiyatga ega bo’lgan Tay-by, Da-lin, Sing-gu, Tay-si, Shen-men
informativ biofaol nuqtalari guruhi shakllantirilgan.
Ball bilan baholash hamda juftlab taqqoslash usullari asosida bir xil informativ biofaol nuqtalari guruhi shakllantirilgan.
Ushbu bobda olingan natijalar asosida keyingi bobda QDda qon tarkibidagi glyukoza miqdorini aniqlash masalasini modellashtirishda foydalaniladi.
IV-BOB. QON TARKIBIDAGI GLYUKOZA DARAJASINI NOINVAZIV ANIQLASH UCHUN BIOO'LCHOV QURILMASINI ISHLAB CHIQISH.
Glikemiya darajasidagi barcha o’zgarishlarni to'liq aniqlash va o'z vaqtida tuzatish uchun qandli diabet (QD) bilan og’rigan bemorlarni o'zini o'zi nazorat qilishi juda muhimdir. Hozirgi vaqtda o'z-o'zini nazorat qilish uchun qo'llaniladigan usullar ulardan foydalanishni cheklovchi bir qator muhim kamchiliklarga ega. O'z-o'zini nazorat qilishning mavjud usullarining eng muhim muammolari yetarli darajada aniqlikni ta’minlamasligi, invazivlik, narxi yuqoriligidan iborat. Bu omillar glikemiyani baholash uchun invaziv bo'lmagan, iqtisodiy jihatdan samarali va yuqori aniqlikdagi usullarni yaratish zarurligini belgilaydi. Optik tahlil usullaridan ultratovush va bioimpedans usullarigacha bo'lgan glyukoza darajasini invaziv bo'lmagan holda aniqlash uchun juda ko'p turli xil yondashuvlar taklif qilingan. Invaziv bo'lmagan glyukozani aniqlash sohasidagi birinchi ishlanmalar taxminan 30 yil oldin paydo bo'lganiga qaramay, hozirgi kunga qadar usullarning aksariyati rivojlanishning dastlabki bosqichlarida va klinik amaliyotda qo'llanilish darajasida emas.
Ushbu bobda biofaol nuqtalarning elektr qarshiligi ko'rsatkichlari va qon glyukoza kontsentratsiyasi o'rtasidagi bog'liqlikni modellashtirish asosida glikemiyani noinvaziv diagnostika qilishning yangi usuli ishlab chiqildi. Olingan qonuniyatlar biofaol nuqtalarning elektr qarshiligi ko’rsatkichlariga muvofiq noinvaziv glyukometrni yaratish uchun foydalanilgan.
Dostları ilə paylaş: |