Bayram tadbirlarini tashkil etish.
Bayramlar – xalq hayoti va turmushiga singib ketgan, avloddan-avlodga meros bo’lib kelayotgan, muayyan sana, ma'lum vaqt ichida muntazam uyushtirilib turiladigan madaniy-ommaviy tadbirlardir. Bayramlar ijtimoiy, madaniy va ma'naviy sohalardagi yutuqlarni namoyish etuvchi, erishilgan yutuqlar asosida yoshlarni tarbiyalovchi muhim vositadir.
Bayram turlari:
Bayramlarni tashkil etish tartibi:
ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uyushtirish;
ko’ngilochar, estetik zavq-shavq olishga bag’ishlangan tomoshali o’yinkulgi tadbirlarini tashkil etish;
bayramni ommaviy axborot vositalari orqali yoritish;
sahnani mavzuga mos qilib, did bilan bezatish;
Davlat ramzlarini to’g’ri joylashtirish;
ma'naviy-ma'rifiy, tarbiyaviy yo’nalishdagi lavhalar, shiorlar bilan yoritish;
katta zalni bayramona bezatish, o’rindiqlarni hozirlash;
bayramga mahalla oqsoqollari, xayriya jamg’armalari, homiy tashkilotlar va matbuot vakillari, yozuvchilar, san'atkorlarni taklif etish;
bayramni o’tkazish uchun zarur bo’lgan texnik va musiqiy asbobuskunalar, boshlovchi, badiiy jamoa bilan ta'minlash.
Bayram tadbirlarini o’tkazish usullari:
qisqa ma’ruza (10-20 daqiqa);
tabriklar, tilaklar, istaklar bildirish;
she’rxonlik va mushoiralarni o’tkazish;
badiiy jamoalarning chiqishlari; - turli xil tanlovlar uyushtirish.
Bayram tadbirlarining namunaviy mavzulari:
«Vatan ximoyachilari kuni»;
«Xalqaro xotin-qizlar kuni»;
«Navro’z - yangilanish kuni”;
«Xotira va qadrlash - burchimiz»;
«Mustaqillik - buyuk ne'mat»;
«Ustoz otangdan ulug»;
«Agar hayot bo’ston bo’lsa, bog’bon muallim»;
«Konstitutsiya - baxtimiz qomusi»;
«Xosil bayrami»;
«Gul sayli»;
«Qovun sayli» va hokazo.
Dostları ilə paylaş: |