O‘zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiya vazirligi toshkent moliya instituti


Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə4/7
tarix26.09.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#149000
1   2   3   4   5   6   7
Kamoliddin Kurs ishi

Davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari.

Davlat byudjeti — davlatning muayyan vaqt (odatda bir yil) uchun moʻljallangan pul daromadlari va xarajatlari majmui. Davlat byudjeti davlat ixtiyoridagi pul fondlarining taqsimlanishini bildirib, u davlat moliyasining bosh boʻgʻini hisoblanadi. Davlat byudjeti tarkiban umumdavlat (yoki markaziy) byudjeti (mamlakat miqyosidagi umumiy daromadlar va xarajatlar yigʻindisi) va mahalliy (munitsipal) byudjet (hududiy tuzilmalar — oʻlka, viloyat, tuman va h.k. doirasidagi pul daromadlari va xarajatlari)ga boʻlinadi. Ikki turdagi byudjetlar nisbati mamlakatning ichki sharoitiga bogʻliq boʻladi. Davlat jamiyatga ijtimoiy xizmatlar (milliy xavfsizlikni ta‘minlash, jamoat tartibini saqlash, atrof-muhitni himoya qilish, nochorlarga yordam berish, aholiga bepul ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish va b.) koʻrsatadi va bularning barchasi xarajat talab qiladi. Byudjet daromadlari soliqlar, soliqdan tashqari yigʻimlar, davlat zayomlaridan tushgan pul, davlat mulkini sotishdan yoki ijaraga berishdan kelgan mablagʻlardan shakllanadi. Byudjet daromadining aholi jon boshiga hisoblangan miqdori mamlakatning byudjet salohiyati (potensiali) deb yuritiladi va bu byudjet daromadining umumiy hajmiga hamda aholining soniga bogʻliq. Byudjet xarajatlari uning daromadidan ortib ketsa, byudjet taqchilligi, ya‘ni kamomadi yuzaga keladi. Kamomad miqdori mamlakat yalpi milliy mahsulotning 3—3,5 % ga teng boʻlishi me‘yoriy hisoblanadi. Byudjet kamomadining gʻoyat oshib ketishi va uni daromad bilan ta‘minlash mumkin boʻlmaganda byudjet xarajatlari qisqartiriladi. Markaziy, mahalliy davlat byudjetilari va davlat byudjetidan tashqari fondlar (davlatning muayyan maqsadli fondlari, maxsus maqsadli soliqlar, zayomlar, byudjetdan subsidiyalar hisobiga yaratiladigan maxsus fondlar) yigʻindisi davlatning yig‘ma byudjetini tashkil etadi. Davlat byudjeti, odatda, joriy yilda kelgusi yil uchun tuziladi. Iqtisodiy beqarorlik sharoitida u chorak yoki yarim yilga tuzilishi ham mumkin. Davlat byudjetini hukumat tuzadi va yuqori qonun chiqaruvchi organ (parlament) tomonidan tasdiqlanadi. Davlat byudjeti muayyan mamlakatdagi ijtimoiy iqtisodiy munosabatlarni ham ifodalaydi. Jamiyatning iqtisodiy tuzumi, davlatning tabiati va faoliyatiga qarab davlat byudjeti mohiyati, uning daromadlari va xarajatlari xususiyati hamda tarkibi turlicha boʻladi. Sanoati rivojlangan mamlakatlarda davlatning iqtisodiyot, ishlab chiqaruvchi, milliy daromadni taqsimlash va qayta taqsimlashga faol aralashuvi davlat byudjeti mavqeining oshishiga sabab boʻladi, milliy daromad davlat ixtiyorida yigʻiladi va uning byudjet orqali qayta taqsimlanadigan qismi koʻpayadi. Hozirgi rivojlangan mamlakatlarda davlat byudjetining asosiy qismi soliqlar (fuqarolarning shaxsiy daromadlaridan undiriladigan shaxsiy daromad soligʻi, ish haqi fondiga soliq va korxonalar, korporatsiyalar foydasidan undiriladigan foyda soligʻi va b.) hisobiga shakllanadi (mas, 1987-yilda AQShda soliq tushumlari davlat byudjetining 98 % ini, Buyuk Britaniyada 96,7 % ini, Fransiyada 91,5 % ini tashkil qildi). AQSH federal byudjetidan qilinadigan xarajatlar orasida “daromadlar darajasini ta‘minlash“ (qariyalar, mehnatga layoqatsizlar, ishsizlar, nogironlar, tibbiy yordamga muhtojlar, boquvchisini yoʻqotgan oilalar va h.k.ga yordam koʻrsatish) sarflari 40 %, milliy mudofaa xarajatlari (28—30 %) eng muhim oʻrinda turadi.
Hozirgi davrda oz sonli sotsialistik mamlakatlarda davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi davlat sektori (ijtimoiy mulk)dan tushadigan mablagʻlardan, kooperativlar, xususiy korxonalardan, aholidan olinadigan turli soliqlardan hosil boʻladi va asosan xalq xoʻjaligini rivojlantirish hamda ijtimoiy-maishiy tadbirlarga sarflanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining davlat byudjeti respublika davlat byudjeti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlarini birlashtiradi. Oʻzbekistonning birinchi davlat byudjeti 1924—25-yillarda tuzilgan boʻlib, uning hajmi 3,64 mln. soʻmni tashkil etgan edi.
Oʻzbekistonda yangi boshlanayotgan yil uchun davlat byudjeti yil yakuni (dek. oyining oxiri)da OʻzR Oliy Majlisi sessiyasida tasdiqlanadi va qabul qilingan davlat byudjeti qonun kuchiga ega boʻladi hamda amaliyotga joriy etiladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgandan soʻng davlat byudjetining shakllanish xususiyatlari boshqariladigan bozor iqtisodiyotiga oʻtish davridagi oʻzgarishlar bilan bogliq holda bordi. Oʻzbekistan Respublikasi davlat byudjeti daromadlarining mutlaq koʻpchilik qismi soliqlar hisobiga olinmoqda.1995-yilda Oʻzbekistonda byudjet kamomadi 3 %, 1996-yilda 3,5 %, 1997-yilda 2,2 %, 2000-yilda yalpi ichki mahsulotning 1 % (32,8 mlrd. soʻm)ga teng boʻldi. Amalda boʻlgan qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan byudjetdan tashqari jamgʻarmalar (ijtimoiy sugʻurta jamgʻarmasi, ish bilan ta‘minlashga koʻmaklashish jamgʻarmasi, Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi jamgʻarmasi, yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi jamgʻarmasi, mineral xom ashyo bazasini ishlab chiqarish fondi, oʻzini oʻzi boshqarish mahalliy organlarining maxsus fondlari)ning maqsadli yoʻnalishlarini saqlab qolgan holda, 1995-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasining birlashgan byudjetiga kiritildi.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat byudjetida jami daromadlar va xarajatlar oʻzgarishlarida ishlab chiqarishning rivojlanishi, xoʻjaliklar va aholi daromadlarining oʻsishi asosiy ahamiyatga ega. Oʻzbekistonda davlat byudjetini shakllantirish tartibi Oʻzbekistan Respublikasining 2001-yil 1-yanvardan kuchga kirgan “Davlat byudjeti tizimi toʻgʻrisida” qonuni (2000-yil 14-dekabr)ga muvofiq olib boriladi.
Prezidentimiz tomonidan 2013- yil xalqimizning real daromadlari 16%ga ortdi, oʻrtacha oylik, ish haqi, pensiya va stipendiyalar 20.8% ha koʻpaydi.
2013- yildan 2000- yilgacha nisbatan aholining iste‘mol xarajatlari 9,5 barobarga ortganining oʻzi koʻp narsadan dalolat beradi. 2013 - yil yakunlari va 2014- yilga belgilangan ustuvor yoʻnalishlari bagʻishlangan ma‘ruzada alohida aholi daromadlari va iste‘mol xarajatlariga alohida toʻxtalib oʻtdi.
Insonlar oʻz daromadlarini davlat ishlarida ishlab, tadbirkorlik faoliyati bilan va o‘zingning shaxsiy ishlari bilan yillik daromadi va o‘zining yillik daromadlar koʻrsatkichini ko‘rsata oladi. Daromad yaxshi boʻlishi foizining miqdorini yuqori boʻlishi daromadning samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin