O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiya vazirligi turon zarmed universiteti



Yüklə 84,73 Kb.
səhifə2/3
tarix03.10.2023
ölçüsü84,73 Kb.
#151863
1   2   3
“Bir makon-bir yo\'l dasturi. Buyuk ipak yo\'lida turizm va uning kelajakdagi o\'rni

Xususan bu loyiha:
Umumiy manfaatlarga asoslangan hamjamiyat - «Bir makon, bir yo‘l»ning birgalikda qurilishi har bir davlatning o’z ichki imkoniyatlari ustunligidan yaxshiroq foydalanish imkonini beradi va davlatlarning iqtisodiy jihatdan biri birini to‘ldirish holatini rivojlantirishning yangi harakatga keltiruvchi kuchiga aylantiradi.
Umumiy mas’ullikdagi hamjamiyat - Garchi «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini Xitoy ilgari surgan bo‘lsa ham, taklif etilgan yo‘nalishlar atrofidagi va qiziqish bildirayotgan mamlakatlarning ishtiroki uni amalga oshirishda o‘ta muhim. Milliy manfaatlar va ustuvorliklarning bir-biriga zid kelishi, shuningdek, kutilmagan vaziyatlar jiddiy to‘sqinlik qilishi turgan gap. SHu bois, keng asosda maslahatlashuvlar zarur bo‘ladi. Faqatgina birgalikdagi jon kuydirish va umumiy mas’uliyat har qanday tahdidni zararsizlantirishi mumkin.
Umumiy kelajakka ega hamjamiyat
«Bir makon, bir yo‘l» tashabbusi doirasida umumiy kelajakka ega bo‘lgan hamjamiyat faqatgina umumiy manfaatlar va umumiy mas’uliyatlar asosida barpo etilishi mumkin. SHunday qilib, manfaatlar mos kelishi va o‘zaro iqtisodiy evaz taraqqiyotning yangi harakatga keltiruvchi kuchiga aylanadigan savdo va investitsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun doimiy ravishda tirishish kerak. Bir vaqtning o‘zida, barcha davlatlar xalqaro muammolarni hal qilish va barcha tomonlarning manfaatlarini hisobga olgan holda hamkorlik asosini shakllantirishi uchun kuchlarini birlashtirmog‘i lozim bo‘ladi.
Yashil taraqqiyotning Ipak yo‘li
Yashil taraqqiyotning Ipak yo‘li tashabbusi tegishli davlatlarning ekologik sig‘imini hisobga olgan holda, iqtisodiy o‘sish va atrof-muhit muhofazasi o‘rtasida puxta muvozanat talab etadi. Ekologik himoya, cho‘llarning kengayishini profilaktika qilish va unga qarshi kurashish, shuningdek, ekologik toza energiya sohasida «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini amal oshirishni strategik rejalashtirishda ham muhim ahamiyat berish kerak.
Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikning Ipak yo‘li
Sog‘liqni saqlash sohasida hamkorlikning Ipak yo‘lini qurish «Bir makon, bir yo‘l» bo‘ylab joylashgan mamlakatlardagi jamoatchilik salomatligini yaxshilashga qaratilgan. Asosiy choralar sog‘liqni saqlash sohasida siyosiy masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlarning faollashuvi va fikr almashinuvi, sog‘liqni saqlash sohasida mexanizmlar yaratish, xalqaro standartlar va me’yorlarni joriy etish, kasalliklar ustidan nazorat va profilaktika sohasida hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, tarkibni o‘qitish va salohiyatni mustahkamlash kabi jihatlarni qamrab olish kerak.
Aql-idrok Ipak yo‘li
Aql-idrok Ipak yo‘li «Bir makon, bir yo‘l» bo‘ylab joylashgan davlatlarda ixtisoslashgan kadrlar yetishmovchiligi kuzatilganda iqtidorlilarni rivojlantirishni mustahkamlash va tajriba almashishni nazarda tutadi. Tashabbusni amalga oshirishda har qanday yangi yuksalish, albatta, yangi muammolarga boy bo‘ladi. Bu muammolarni hal qilish aql-idrok bilan ish ko‘rish va tajriba bilan yondashishni taqozo etadi. SHu sababli mamlakatlar o’zaro fan yutuqlarini almashishlari va mavjud kadrlarni malakasini oshirishda keng hamkorlik qilishlari lozim.
Tinchlik Ipak yo‘li
Tinchlik Ipak yo‘li «Bir makon – bir yo‘l» tashabbusi ravnaq topishi uchun zarur bo‘ladigan nisbatan barqaror vaziyat hamda mintaqaviy tinchlik va barqarorlikka olib keluvchi savdo-sotiq tarmog‘ini yaratish uchun birgalikda harakat qilish kerak.


Yüklə 84,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin