Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar
Akkreditivga ariza mablag‘larni to‘lovchi tomonidan shartnomada ko‘rsatilgan summani oluvchining akkreditiv bo‘yicha hisob-kitoblar uchun ochilgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazishida qo‘llaniladigan to‘lov hujjati. Akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob qilinganida to‘lovchining topshirig‘i bilan va uning ko‘rsatmalariga muvofiq akkreditiv ochgan bank (bank-emitent), mablag‘larni oluvchi yoki u ko‘rsatgan shaxs hujjatlarni taqdim etgan va akkreditivda nazarda tutilgan boshqa shartlarni bajargan taqdirda to‘lovni amalga oshirish majburiyatini oladi.Akkreditiv bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblarda chet el banklari ishtirok etganda, ushbu operatsiyalar Xalqaro savdo palatasining standartlari asosida amalga oshiriladi. Akkreditivning amal qilish muddati va u bo‘yicha hisob-kitob qilish tartibi mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasidagi shartnomada belgilab qo‘yiladi.
Bunda shartnoma quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
mablag‘larni to‘lovchining banki nomi;
akkreditivning turi va uni bajarish usuli;
akkreditiv ochilganligi haqida mablag‘larni oluvchini xabardor qilish usuli;
akkreditiv bo‘yicha mablag‘lar olish uchun mablag‘larni oluvchi tomonidan taqdim etiladigan hujjatlarning to‘liq ro‘yxati va aniq tavsifi;
tovarlar jo‘natilganidan (xizmatlar ko‘rsatilganidan, ishlar bajarilganidan) keyin hujjatlarni taqdim etish muddatlari, ularni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar.
Mazkur bandda nazarda tutilgan talablarga rioya qilinmaganda akkreditiv bo‘yicha shartnoma tuzilmaydi va akkreditiv ochilmaydi.
Akkreditiv qoplangan (deponentlangan) va qoplanmagan bo‘lishi mumkin.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditiv ochilgan taqdirda mablag‘larni to‘lovchining banki uni ochish vaqtida mijozning mablag‘larini yoki unga berilgan kreditni to‘lovchining banki majburiyatlari amal qilib turadigan butun muddatga mablag‘larni oluvchining banki ixtiyoriga o‘tkazadi.
Qoplanmagan akkreditiv ochilgan taqdirda mablag‘larni to‘lovchining banki mablag‘larni oluvchining bankiga akkreditivning butun summasini to‘lovchining bankiga mablag‘larni oluvchining bankida yuritilayotgan hisobvarag‘idan o‘chirish huquqini beradi.
Akkreditivlar banklar tomonidan 1-son kartotekada va “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” 22602 balans hisobvarag‘ida hisobga olinadi. Mablag‘larni oluvchi uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi bankda akkreditivlar bo‘yicha alohida depozit hisobvaraqlari ochiladi. Qoplangan va qoplanmagan akkreditivlar o‘zgartirish kiritish tartibiga ko‘ra chaqirib olinadigan va chaqirib olinmaydigan turlarga bo‘linadi. Akkreditivda uning chaqirib olinmasligi nazarda tutilmagan bo‘lsa, bunday akkreditiv chaqirib olinadigan akkreditiv hisoblanadi.Chaqirib olinadigan akkreditiv mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan mablag‘larni oluvchi bilan oldindan kelishilmasdan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin. Akkreditivning chaqirib olinishi to‘lovchining banki uchun hech qanday majburiyatni vujudga keltirmaydi.Chaqirib olinadigan akkreditiv shartlarini o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha mablag‘larni to‘lovchining topshiriqlari mablag‘larni to‘lovchining banki orqali beriladi va mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan mablag‘larni oluvchining bankiga, oluvchining banki tomonidan esa mablag‘larni oluvchiga xabar beriladi. Mablag‘larni oluvchining banki akkreditivni o‘zgartirish yoki bekor qilish bo‘yicha xabarnoma olmagan taqdirda, chaqirib olinadigan akkreditiv bo‘yicha barcha operatsiyalarni amalga oshirishga majbur. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv mablag‘larni oluvchining roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Mablag‘larni oluvchining banki chaqirib olinmaydigan akkreditivni mablag‘larni to‘lovchining banki bilan tuzilgan shartnoma asosida tasdiqlashi mumkin. Bunda chaqirib olinmaydigan akkreditiv tasdiqlangan akkreditiv hisoblanadi.Tasdiqlangan akkreditivlarda mablag‘larni oluvchining banki to‘lovni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlar oladi. Tasdiqlangan akkreditiv mablag‘larni oluvchining banki roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Akkreditivlar bo‘yicha hisob-kitoblar, agar qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, naqd pulsiz tartibda amalga oshiriladi.
Akkreditivni boshqa shaxslar nomiga qayta rasmiylashtirish taqiqlanadi.
Mablag‘larni to‘lovchi akkreditiv ochish uchun unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka shartnomani ilova qilgan holda ikki nusxada akkreditivga ariza bilan murojaat qiladi. Bunda arizaning (to‘lov hujjatining):
birinchi nusxasi to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi nusxasi mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirmaga ilova qilinadi.
Akkreditiv summasi bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar balansdan tashqari hisobvarag‘iga kirim qilinadi.
Qoplangan akkreditivda nazarda tutilgan summa mablag‘larni oluvchining bankida ochilgan hisobvaraqqa mablag‘larni to‘lovchining arizasiga (to‘lov hujjati bilan) asosan o‘tkaziladi. Bunda mablag‘larni oluvchining banki akkreditivda nazarda tutilgan summa mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga kelib tushganligi haqida uni xabardor qiladi. Mablag‘larni oluvchining bankiga to‘lov tizimi orqali kelib tushgan akkreditivga arizalar bank tomonidan ikki nusxada chop etilib, uning bir nusxasi bankning buxgalteriya kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi, ikkinchi nusxasi — 1-son kartotekada hisobga olinadi. Akkreditivning muddati tugaguniga qadar mablag‘larni oluvchi va to‘lovchi o‘rtasida tuzilgan shartnomada belgilangan va mablag‘larni oluvchi tomonidan akkreditiv shartlari bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlar ikki nusxada taqdim qilingan taqdirda, tegishli summa uning hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi. Bunda bank tomonidan mablag‘larni oluvchining akkreditiv shartlariga rioya qilganligi hamda ularning bajarilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirganligi tekshirilishi shart. Mablag‘larni to‘lovchi va oluvchi o‘rtasida tuzilgan akkreditiv bo‘yicha shartnomada belgilangan shartlarning bittasi bajarilmagan taqdirda ham akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar amalga oshirilmaydi. Mablag‘larni oluvchining hisobvarag‘iga mablag‘larni o‘tkazishda bank tomonidan to‘rt nusxada memorial order rasmiylashtirilib, uning “To‘lov maqsadi” grafasida to‘lov qaysi shartnoma asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa, shu shartnomaning tartib raqami va sanasi ko‘rsatiladi. Bunda memorial orderning:
birinchi nusxasi tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi bilan birga bankning buxgalteriya kunlik hujjatlari yig‘majildiga tikib qo‘yiladi;
ikkinchi va uchinchi nusxalari ularga tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchining bankiga yuboriladi;
to‘rtinchi nusxasi shaxsiy hisobvarag‘idan ko‘chirma bilan birga mablag‘larni oluvchiga beriladi hamda akkreditiv bo‘yicha to‘langan summa 1-son kartotekadan hisobdan chiqariladi.
Mablag‘larni to‘lovchining banki tomonidan akkreditivning ijro etilganligi to‘g‘risidagi hujjat mablag‘larni oluvchining bankidan olinganidan so‘ng, akkreditiv summasi 1-son kartotekadan hisobdan chiqariladi va mablag‘larni oluvchining banki tomonidan taqdim qilingan memorial orderning bir nusxasi tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga beriladi.
Akkreditiv mablag‘larni oluvchining bankida:
akkreditiv muddati tugagan bo‘lsa;
mablag‘larni oluvchining akkreditiv amal qilish muddati tugagunga qadar undan foydalanishdan voz kechishi haqidagi arizasiga ko‘ra, agar bunday voz kechish mumkinligi akkreditiv shartlarida nazarda tutilgan bo‘lsa;
mablag‘larni to‘lovchining akkreditivni butunlay yoki qisman chaqirib olish haqidagi talabiga muvofiq, agar bunday chaqirib olishga akkreditiv shartlari bo‘yicha yo‘l qo‘yilsa, yopiladi.
Akkreditiv yopilganligi haqida mablag‘larni oluvchining banki mablag‘larni to‘lovchining bankini xabardor qilishi kerak.
Akkreditiv mablag‘larni to‘lovchiga xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan xabarnoma olingan kunda “Mijozlarning akkreditivlar bo‘yicha depozitlari” 22602 balans hisobvarag‘i tegishli summadan kam bo‘lmagan summaga kamaytiriladi yoki yopiladi.
Qoplangan (deponentlangan) akkreditivning foydalanilmagan summasi akkreditiv yopilishi bilan bir vaqtda mablag‘larni to‘lovchining bankiga qaytarib berilishi kerak. Mablag‘larni to‘lovchining banki qaytarib berilgan summalarni mablag‘larni to‘lovchining mablag‘lari deponentlangan hisobvarag‘iga kiritib qo‘yishi shart.
Akkreditivdan to‘liq foydalanilmaganligi sababli, mablag‘lar to‘lovchining bankiga qaytarilgan taqdirda, bank tomonidan ochilgan 1-son kartoteka qaytarilgan summaga teng miqdorda kamaytiriladi.
Akkreditiv bo‘yicha qisman to‘lovlar amalga oshirilgan taqdirda, mablag‘larni to‘lovchining banki va mablag‘larni oluvchining banki amalga oshirilgan qisman to‘lovlarni 1-son kartotekadan hisobdan chiqarib boradi.
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
O ‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi nizomga
6-ILOVA
Mamlakatimizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini yanada rivojlantirish hamda ushbu tizimni takomillashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 19-apreldagi PQ-1325-sonli «Bank plastik kartalaridan foydalangan holda hisob-kitob tizimini rivojlantirishni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori ijrosi yuzasidan Markaziy bank, O‘zbekiston banklari Assotsiatsiyasi va Yagona umumrespublika protsessing markazi (YaUPM) tomonidan «Uzkart» banklararo to‘lov tizimi ishtirokchilari bo‘lgan tijorat banklari bilan birgalikda «on-line» rejimida ishlaydigan «Smart-Vista» EMV texnologik platformasi to‘liq joriy etildi. Shu bilan bir qatorda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011–2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida»gi 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarori ijrosini ta’minlash borasida YaUPM tomonidan server va kommunikatsiya jihozlari, tizimli dasturiy ta’minotlar xarid qilinib, o‘rnatildi va ishga tushirildi, server va terminallar uchun amaliy dasturlar yaratildi. Natijada tijorat banklarining bo‘limlari va filiallaridan Bosh bank ma’lumotlarni qayta ishlash markaziga yetkaziladigan ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha oraliq bo‘g‘inlarni chiqarib tashlash hisobiga to‘lovlarning o‘tkazilishini tezlashtirishga erishildi.
Shu bilan birga, «On-Line» rejimida ishlovchi «Uzkart-EMV» milliy banklararo plastik kartochkalar to‘lov tizimini joriy etishni jadallashtirish maqsadida tijorat banklarida tegishli dasturiy-apparat majmualari ishga tushirildi hamda EMV texnologiyasiga moslashgan terminallar joriy qilindi. Bu ishlar natijasida, 2016-yil 1-yanvar holatiga respublika bo‘yicha barcha tijorat banklari tomonidan onlayn rejimida ishlaydigan 8 426 280ta bank plastik kartalari muomalaga chiqarilishiga erishildi. Bu sohadagi ishlarni yanada rivojlantirish maqsadida quyidagilar amalga oshirish mo‘ljallangan:
· muomaladagi onlayn bank plastik kartalari, to‘lov terminallari, infokiosklar sonini oshirgan holda respublika moliya infrastrukturasini kengaytirish;
· Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha, dasturiy ta’minot, bankomat va plastik kartochkalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan boshqa uskunalar import bo‘yicha olib kirilganida tijorat banklari boj to‘lovlarini to‘lashdan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) 2020-yil 1-yanvarga qadar ozod qilish;
· plastik karta tizimi uchun import shartnomalari bo‘yicha xarid qilingan texnik va dasturiy vositalardan samarali foydalanishni nazorat qilish va zarur choralarni ko‘rish.
Banklarda to’lovlarni electron qabul qilish dasturlari
«Smart-Vista»EMV tizimida «on-line» rejimida ishlashga mo‘ljallangan terminallarning sifatli ishlashini ta’minlash maqsadida YaUPMning server tizimi va aloqa kanallari sifatli va uzluksiz ishlashini monitoring qilish.
Respublika bank tizimida yuqorida qayd etilganlarning joriy qilinishi tizim a’zolari hisoblangan banklar, shuningdek, tizim foydalanuvchilari bo‘lgan, mablag‘larni to‘lovchilar va mablag‘larni oluvchilar uchun quyidagi afzalliklarni yuzaga keltiradi:
· zamonaviy bank axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini to‘laqonli shakllanishiga imkon yaratadi;
· to‘lovlarni amalga oshirishning uzluksizligini va shaffofligini ta’minlaydi;
· tijorat banklari o‘rtasidagi vakillik hisobvaraqlari doirasidagi hisob-kitoblarni optimallashtirilishi va jadallashtirilishiga imkon yaratadi;
· mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchilar o‘rtasidagi hisob-kitoblarning real vaqt rejimida amalga oshirilishi orqali to‘lovlarning aniqlik va ishonchlilik darajasi oshirilishini ta’minlaydi;
· tijorat banklari uchun tizim xarajatlarining kamayishiga olib keladi hamda vakillik hisobvaraqlaridagi bo‘sh pul mablag‘laridan oqilona va samarali foydalanishlariga imkon yaratadi;
· har bir bosqichda ma’lumotlarning ishonchliligini nazorat va monitoring qilinishini ta’minlaydi;
· bank xizmatlarining likvidligi oshirilishiga erishiladi;
· jismoniy shaxslar uchun masofadan turib, o‘z hisobvaraqlarini boshqarish tizimlari orqali bir hisobvaraqdan ikkinchi hisobvaraqqa real vaqt rejimida pul mablag‘larini ko‘chirish imkoniyatini beradi;
· real vaqt rejimida jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalarini amalga oshirish imkoniyati;
· jismoniy shaxslar bank plastik kartalari va boshqa depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘larni kredit hisobvaraqlari foizi hamda kredit summasini so‘ndirilishiga uzatish imkoniyati;
· internet tarmog‘i orqali elektron tijorat doirasida amalga oshirilgan operatsiyalar bo‘yicha hisob-kitoblarni bank plastik kartalari yordamida bajarish imkonini beruvchi dasturiy ta’minotni joriy etish imkoniyati;
· elektron tijorat doirasida tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovlarni boshqa depozit hisobvaraqlari orqali real vaqt rejimida amalga oshirish imkoniyati tashkil etildi.
Eng muhimi, hozirgi kunda respublikamizda dolzarb masala hisoblangan kommunal xizmat ko‘rsatuvchilar (elektr energiyasi, tabiiy gaz, maxsustrans xizmati, issiqlik manbai, suvsoz xizmati va boshqalar) ning kommunikatsiya tarmoqlari infratuzilmasi shakllantirilib, ushbu xizmatlar bo‘yicha aholi tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar real vaqt rejimida mablag‘lar oluvchining hisobvaraqlariga o‘tkazilishi bilan birga, elektron jurnallarda har bir mablag‘ to‘lovchilarning kommunal xizmatlar uchun to‘langan mablag‘larining summasi, muddati (yil, oy, kun, soat, daqiqa, soniya ko‘rinishida) va to‘liq rekvizitlari bo‘yicha qayd etib boriladi. Mablag‘larni to‘lovchilar internet tarmog‘i yoki mobil telefonlariga SMS-xabarnoma kelishi orqali o‘z shaxsiy kabinetlaridan har bir kommunal xizmatlar bo‘yicha to‘lovlar tarixini real vaqt rejimida nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Bu esa to‘lovlarning ishonchliligini hamda shaffofligini ta’minlaydi.
Bundan tashqari, Markaziy bank tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi, «Elektron to‘lovlar to‘g‘risida»gi, «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Garov reyestri to‘g‘risida»gi va «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi PQ-1730-sonli «Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘-risida»gi, 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-sonli «O‘zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi va 2015-yil 6-maydagi PQ-2344-sonli «Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va resurs bazasini shakllantirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorlari ijrosini mamlakat bank tizimida samarali ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini 2016–2018 yillar davomida joriy etish va rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqildi.
Mazkur Konsepsiyada zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda
2016–2018 yillar davomida banklar tomonidan mijozlarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turini kengaytirish, takomillashtirish va joriy etish istiqbollari belgilab olingan bo‘lib quyidagi masalalarni:
· bank axborot tizimlarida zamonaviy texnik yechim va texnologiyalarni keng qo‘llagan holda bank faoliyatini avtomatlashtirish darajasini yuqori saviyaga ko‘tarish;
· O‘zbekiston Respublikasi «Elektron hukumat» tizimi tarkibiga kiritilgan chakana to‘lovlarni real vaqt rejimida amalga oshirish Kliring tizimining xizmat doirasini kengaytirish;
· davlat buyurtmasi ro‘yxatiga kiritilgan (2015–2016 yillar uchun) «Tashqi savdo operatsiyalarining Yagona elektron axborot tizimini (TSO YAEAT) takomillashtirish» loyihasini elektron tijoratdagi bitimlarni hisobga olgan holda ishga tushirish;
· bank axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalarining uzluksiz faoliyatini ta’minlash;
· bank axborot resurslarini doimiy ravishda zaruriyat bo‘yicha yangilab borish va ulardan keng foydalanishni ta’minlash;
· bank tizimida boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini zamonaviy texnologiyalar asosida avtomatlashtirish orqali bank xizmatlari turlarini amaliyotga keng tatbiq qilish va kengaytirish, aholi va tadbirkorlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish;
· aholi va tadbirkorlik subyektlari tomonidan axborotlarni erkin va moneliksiz olishni ta’minlash, shuningdek, interaktiv xizmat turlarini kengaytirish, xizmatlarni «bir darcha» orqali ko‘rsatishni joriy qilish;
· xavfsizlik va axborotlar muhofazasining tashkiliy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash;
· bank plastik kartalari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirish tizimidan foydalanish bo‘yicha orttirilgan tajribaga asosan onlayn plastik karta xizmatlarini takomillashtirishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
· Markaziy bank va tijorat banklarining Internet tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlari faoliyatini doimiy monitoring qilish va sifatini oshirish. Jumladan, ma’lumotlarni muntazam yangilab borish, veb-saytlar orqali ko‘rsatila-digan interaktiv xizmatlar turlarini kengaytirish;
· respublikada elektron tijoratni rivojlantirish konsepsiyasi va davlat dasturlarini amalga oshirish va joriy etishda faol qatnashish;
· Garov reyestri tizimini xalqaro talablar darajasiga mos kelishini ta’minlash;
· Kredit axboroti milliy instituti axborot tizimlarini takomillashtirish;
· Bank sohasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha mutaxassislar malakasini muntazam ravishda oshirish, kadrlar tayyorlashni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish.
Banklarda axborot tizmini rivojlantirish bo’yicha prezident qarorlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bank tizimida xizmatlar ko’rsatishning bozor mexanizmlari joriy etilmoqda, ularning turlari kengaymoqda, tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy ochiqlik oshib bormoqda.
Aholi uchun valyuta ayirboshlash amaliyotlarini amalga oshirishni engillashtiruvchi yangi bank xizmatlari joriy etildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chet el valyutasini sotib olish uchun imkoniyatlar yaratildi.
Shu bilan birga, bank xizmatlari iste’molchilarining huquq va qonuniy manfaatlariga, ayniqsa, hududlarda rioya etish hamda moliyaviy ochiqlikni kengaytirish, shuningdek, xizmat ko’rsatish madaniyati va bank tizimiga bo’lgan ishonchni yanada oshirishda bir qator muammo va kamchiliklar kuzatilmoqda. Xususan:
1. O’zbekiston banklari assotsiatsiyasiga bank xizmatlari ommabopligini oshirish va bank faoliyatini takomillashtirishdagi rolini kuchaytirishga qaratilgan, shu jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va uni amalga oshirish tavsiya etilsin:
O’zbekiston banklari assotsiatsiyasi faoliyati samaradorligini yanada oshirish Kontseptsiyasini tasdiqlash;
bank tizimi xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, ilg’or xalqaro tajribadan kelib chiqib xorijiy banklar bilan tajriba almashishni yo’lga qo’yish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda aholining moliyaviy savodxonligini oshirish yuzasidan tadbirlarni amalga oshirish;
bank xizmatlari ommabopligining dolzarb muammolari, xalqaro tajribani o’rganish va uni respublika bank xizmatlari bozorida qo’llash yuzasidan takliflar ishlab chiqish, banklar va ularning mijozlari uchun axborot-tahliliy va konsalting xizmatlarini tashkil etish yuzasidan mavzuga oid izlanishlar olib borish;
masofaviy bank xizmatlari ko’rsatishni rivojlantirish bo’yicha zamonaviy va ilg’or bank xizmatlarini amaliyotda ro’yobga chiqarish tashabbuslarini ilgari surish, yangi axborot texnologiyalarini joriy etish;
bank xizmatlarining yangi turlari va mahsulotlarini aniqlash hamda ularni keyinchalik respublika banklarida tatbiq etish maqsadida ilg’or chet el banklarining faoliyatini o’rganish.
2. O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 yanvarga qadar muddatda:
jamg’arib boriladigan pensiya tizimidagi fuqarolar uchun hisoblangan mablag’lar;
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga fuqarolarning hisoblangan sug’urta badallari;
soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha hisoblangan qarzdorliklari;
identifikatsiyalash uchun jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’ektlari;
jismoniy shaxslarning mulki va boshqa olgan daromadlari;
yuridik shaxslarning moliyaviy holati to’g’risidagi axborotlarni olish imkonini beruvchi davlat organlari va kredit byuro o’rtasida ma’lumotlarni qayta ishlash va elektron almashish Yagona idoralararo axborot tizimini yaratish.
Xulosa
Xulosa o‘rnida qayd etish joizki, naqd pulsiz hisob-kitoblarning takomillashuvi va rivojlanishi natijasida banklarda hisob-kitoblarni tashkil etish samaradorligining yanada oshishiga, operatsion xarajatlarning kamayishiga hamda pul mablag‘lari aylanishining tezlashishiga erishiladi. Umuman olganda, ishlab chiqilgan Nizom respublikamizda naqd pulsiz hisob-kitoblar tartibini belgilovchi huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Mamlakatimizda pul aylanishining asosiy qismi naqd pulsiz hisob – kitoblarga to’ђri keladi.
Naqd pulsiz hisob – kitoblar deganda korxona va tashkilotlar tomonidan tovar ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish va tovarsiz operasiyalar bo’yicha bir – biriga bo’lgan talab va majburiyatlarini naqd pul ishlatmasdan pul mablaђlarini schyotdan – schyotga o’tkazish orqali amalga oshirilishi tushuniladi.
Mamlakat iqtisodi rivojlanib borgan sari pul oborotida naqd pulsiz hisob – kitoblarning ulushi ortib boradi.
Shu asosda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 1998 yil 27 – iyunda №60 son bilan tasdiklangan «O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob – kitoblar to’ђrisida» Nizom qabul qilingan va unga 2002 yilni 12 yanvarida ayrim o’zgartirishlar kiritilgan.
Ushbu Nizom O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksi, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Banklar va bank faoliyati to’ђrisidagi, O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’ђrisidagi Šonunlari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining O’zbekiston xududida naqd pulsiz hisob – kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy xujjatlariga muvofiq ishlab chiqilgan va Respublika makonida hisob – kitoblarni o’zluksiz bajarilishini ta’minlashga muljallangan.
Dostları ilə paylaş: |