O‘zbekiston respublikasi oliy tal’IM, fan va innovatsiyalar


Qo’qon xonligi tarixnavisligini o’rgangan olimlarning tadqiqotlari



Yüklə 214,63 Kb.
səhifə5/8
tarix07.01.2024
ölçüsü214,63 Kb.
#208782
1   2   3   4   5   6   7   8
QO‘QON XONLIGI TARIXINI YORITILISH TASNIFI

Qo’qon xonligi tarixnavisligini o’rgangan olimlarning tadqiqotlari


XX asrning 50-yillaridan boshlab Rossiya imperiyasining О’rta Osiyoni
«bosib olishi» iborasi о’rniga sun’iy ravishda «qо’shib olishi» iborasi ishlatila boshlandi. Mazkur jarayon 1955 va 1959 yillarda О’rta Osiyoning 1917 yilgacha bо’lgan tarixiga bag’ishlangan birlashgan ilmiy anjumanlardan sо’ng yanada avjoldi. Ularda rasmiy ravishda О’rta Osiyoning chor Rossiyasi «qо’shib olinishi», mahalliy xalqlarning imperiya tarkibiga «ixtiyoriy» ravishda «qо’shilganligi»ning
«progressive natijalari» ta’kidlab о’tildi. Aynan shu vaqtdan boshlab amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda hamda maqola va asarlarda masalaga xolis, ilmiylikva tarixiylik nuqtai nazaridan obyektiv yondashuvga tо’la amal qilish kamaydi. Bu holni XX asrning 50-80 yillarida tadqiqot olib borgan aksariyat tarixchilarning asarlarida kuzatish mumkin.
Jumladan, bu davrda K.Usenbayev, S.Sagatov, S.T.Tileuqulov, L.D.Dergachyova, R.Beknazarov, A.X.Xasanov, X.SH.Inoyatova, N.Xalfin, R.Nabiyev, H.Z.Ziyoyev, O.Bо’riyevva A.О’rinboyev1hamda boshqalarning ilmiy tadqiqotlarida Rossiya imperiyasi tomonidan о’zbek xonliklarining bosib olinishi voqealari ancha batafsil, manbalar hamda arxiv hujjatlari asosida yoritib berilgan bо’lsada, kommunistik mafkura tazyiqi va senzurasi ta’sirida masalaning asl mohiyatini ochib berishda tо’sqinlikka uchradilar va ayni vaqtda chor Rossiyasining О’rta Osiyoni bosib olinishining «progressive axamiyati» ga ham alohida urg’u berishga majbur bо’ldilar.
Tarix shunoslik masalalarining bu bosqichidagi tarixiy tadqiqotlar orasida X.Z.Ziyayev, X.SH.Inoyatov, R.N.Nabiyev, A.Popov, N.A.Xalfin kabi tadqiqotchilarning asarlari alohida о’rin tutadi2. О’rganilayotgan mavzu yuzasidan ularning amalga oshirgan eng katta xizmatlari mavzuga aloqador ma’lumotlarni tо’plash va sistemalashtirish, yangi manbalarni ilmiy muomalaga kiritish Qо’qon xonligining XIX asr ikkinchi yarmidagi ijtimoiy – siyosiy hayoti hamda xonlikda sodir bо’lgan tarixiy jarayonlar va chor Rossiyasining harbiy bosqinichiligi



1Қўқонхонлигитарихшунослигинингайриммасалалари.2007.B.22.
2Toshtemirova.A.S,Ahmadjanov.D.B–Markaziyosiyoxonliklartarixshunosligi.T.“Zebo-print”.2022.B.168.
Masalalarini chuqur ilmiy tahlil qilish bilan belgilanadi. Bularning barchasi о’rganilayotgan muammo yuzasidan tarixiy bilimlar saviyasining ortishiga xizmat qildi. Biroq, mavjud totalitar tuzumning partiyaviy – siyosiy mafkurasi ta’siri va ta’qiqlari tufayli mazkur olimlar ham о’z ishlarida tarixiy voqelikni asl holida kо’rsatib berishda tо’sqinlikka uchradilar. Sovet davri tarixshunosligi haqida fikr bildirar ekan, Birinchi Prezident I.A.Karimov shunday degan edi: -“Sovet davrida yozilgan tarixni men tarix sanamayman. О’zgalar yozib bergan tarixni о’qitishga mutlaqo qarshiman”. R.N.Nabiyevning «Изистории Кокандского ханства (Феодалноехозяйство Худоёрхана)» nomli monografiyasi xonlik iqtisodiy va ijtimoiy, jumladan siyosiy tarixining eng muhim jihatlarini yoritib beradigan va bu davrda mahalliy tarixchilarning asarlari asosida yozilgan diqqatga sazovor asar bо’lishiga qaramasdan, markazning О’zbekiston tarixiga bо’lgan cheklash siyosati ta’sirida undan foydalanish ta’qiqlab qо’yildi1. Asar sovet davri tarixiy tadqiqotlari doirasida amalga oshirilgan bо’lib, unga ham shu davr tarixiy tadqiqotlar uchun ayrim umumiy metodologik xususiyatlar xos bо’lsada, biroq muallif tomonidan xonlik tarixiga oid bо’lgan kо’plab mahalliy tarixchilar asarlari, arxiv hujjatlari asosida mukammal tadqiqotni amalga oshiriladi. Biroq bunday mukammallik podsho Rossiyasi mafkuraviy qarashlaridan saqlanib qolgan hamda sovet davridagi mavjud partiyaviy–siyosiy tamoyillariga asoslangan «chorizmning О’rta Osiyoga sivilizatsiya olib kelganligi» ga zid bо’lganligi uchun monografiya qatag’onga uchradi. Biroq bu bilan yuqorida nomlari keltirilgan mualliflar asarlarining ilmiy qiymati pasaymaydi va ularni tarixni о’rganishda yaroqsiz deb hisoblash mutlaqo notо’g’ri bо’ladi. Aksincha, ularda keltirilgan qimmatli ma’lumotlar va tarixiy tahlillarni chuqur о’rganib, ayrim hollarda tanqidiy yondashib ilmiy xulosalar chiqarilishi bugungi kun tarixshunosligida muxim axamiyat kasb etadi.
Sovet davri, shuningdek chor Rossiyasi mustamlakasi davri tarixshunosligini ilmiy jihatdan sinchiklab о’rganish, xaqqoniylik va xolislik, obyektivlik va tarixiylik





1Toshtemirova.A.S,Ahmadjanov.D.B– Markaziyosiyoxonliklartarixshunosligi.T.“Zebo-print”.2022.B.85.
Tamoyillariga amal qilgan holda ilmiy asoslangan nazariy xulosalar chiqarish tarixchilar oldidagi о’ta muhim vazifadir. Sovet davri tarixshunosligining uchinchi qismi XX asrning 80-yillari ikkinchi yarmi bilan belgilanadi. 80-yillarning oxirlariga kelib masalaga obyektiv, tarixiylik nuqtai-nazaridan yondashish kuchayib bordi.
Tarixchi olimlardan biri Z.H.Ziyoyevning tashabbusi bilan 1990 yil о’tkazilgan «Turkistonning Rossiya tomonidan bosib olinishi» mavzusidagi ilmiy anjuman masalaga tubdan yangicha yondashuvga asos yaratdi. Buni о’sha yillardayoq olim tomonidan e’lon qilingan bir qancha maqolalarda ham kuzatish mumkin.
H.N.Bobobekov ham о’zining bir qator ilmiy maqolalarida chor Rossiyasining О’rta Osiyoni bosib olishi masalasiga doir dolzarb masalalarni kо’tarib chiqadi. «Qaytaqurish» siyosati davom etib turgan 1989 yildayoq u о’zining «Rossiya О’rta Osiyoni bosib olganmi?» hamda «О’rta Osiyo Rossiyaga qо’shib olinganmi?» nomli ikki maqolasida arxiv hujjatlari va ayrim mahalliy tarixchilar asarlari asosida О’rta Osiyo xonliklarining chor Rossiyasi tomonidan harbiy zо’ravonlik va bosqinchilik yurishlari orqali bosib olganligini isbotlab berdi. H.N.Bobobekov о’zining bu ilmiy qarashlarini «Народныедвиженияв
Кокандском ханствеиихсоциально-экономически епредпосылки» nomli monografiyasida ham davom ettirdi1. Ushbu olimlarning bu yillarda yaratgan ilmiy xulosalari haqli ravishda shu vaqtgacha О’zbekiston tarixiga nisbatan hukm surgan mafkuraviy tazyiqni rо’yi-rost ochib tashladi va tarixni obyektiv va xolislik nuqtai nazaridan о’rganishga bо’lgan munosabatning yuzaga kelishiga turtki bо’ldi. Qо’qon xonligi tarixi tarixshunosligining uchinchi asosiy davrini О’zbekiston mustaqilligining qо’lga kiritilishi va mustaqillik yillarida yaratilgan ilmiy asarlarni va tadqiqotlar tashkil etadi. Mustaqillik yillarida H.Z.Ziyoyev, H.N.Bobobekov, SH.H.Vohidov, G’.Ahmadjonov, N.A.Abduraximova va boshqalar tomonidan Qо’qon xonligi va Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi tarixiga bag’ishlangan bir



1БабабековХ.Н.НародныедвижениявКокандскомханствеиихсоциально–экономическиеиполитическиепредпосилки(XVIII–XIX вв). Дисс… д-ра ист.наук.-Т.-1991.302с

Qancha ilmiy tadqiqot ishlari amalga oshirildi va asarlar yaratildi.


H.Z.Ziyoyevning «Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash» asari keyingi yillarda nashr etilgan ishlar orasida о’zining mukammalligi bilan alohida о’rin tutadi. Asarda Qо’qon xonligi tarixining ayrim jihatlarini yoritish bilan birga Rossiya imperiyasining О’rta Osiyo xonliklariga harbiy yurishlari, mustamlakachilikning о’rnatilishi va uning mohiyati, milliy istiqlol uchun kurashgan vatanparvarlar faoliyatiga ham keng о’rin ajratadi. H.N.Bobobekov о’z ilmiy tadqiqot ishlarida XIX asr ikkinchi yarmida Qо’qon xonligida yuz bergan milliy ozodlik harakatlari va ularning sabablari va natijalarini yoritishga katta ahamiyat bergan. SH.H.Vohidov о’z ilmiy tadqiqot ishida Qо’qon xonligi tarixshunoslik maktabining shakllanishi va xususiyatlari hamda manbalar tahliliga boshqa tadqiqotchilarga nisbatan kengroq tо’xtalib о’tadi. G’.Ahmadjonovning «Российскаяимперияв Сентралной Азии» nomli monografiyasi chor Rossiyasining О’rta Osiyo xonliklarini mustamlakaga aylantirishi va imperiyaning Turkistonda yuritgan mustamlakachilik siyosati tarixining tarixshunosligiga bag’ishlangan bо’lib, bu sohada tadqiqot olib borgan bir qator olimlarning ilmiy xulosalari tarixshunoslik nuqtai-nazaridan tahlil etilgan1. Shu sohada ayrim manbalar bilan tanishib, о’ziga xos tadqiqot ishlari olib borganda abiyotshunos olim SH.Yusupov Qо’qon xonligi tarixi bilan bog’liq ma’lumotlarga bir muncha batafsil tavsif berishga harakat qilgan. U о’z fikrlarini Ibratning «Tarixi Farg’ona», Mullo Olim Mahdumhojaning «Tarixi Turkiston»,Mirzo Olim Mushrifning «Ansob us-salotin va tavorix ul-xavoqin» asarlari asosida yoritib bergan2. Keltirib о’tilgan asarlar bilan bir qatorda horijlik tarixchi olimlar ham XIX asr ikkinchi yarmi Qо’qon xonligi va Rossiya imperiyasi о’rtasidagi о’zaro munosabatlar masalasiga tо’xtalib о’tganlar. Horij olimlari tomonidan chor Rossiyasining О’rta Osiyoxonliklari, xususan Qо’qon xonligiga qarshi olib brogan





1АхмеджановГ.А.РоссийскаяимпериявцентральнойАзии(историяиисториографияколониальнойполитикицаризма вТуркестане).–Т.:Фан, 1995.–C.21.
2ЮсуповШ.Хуфияқатламлар.-Т.:Маънавият,1999.Б.80-95.
harbiy siyosati va ularni mustamlakaga aylantirishi tarixi masalasida olib brogan tadqiqot ishlari ham о’rganilayotgan mavzuning tahlilini chuqurroq va kengroq tahlil etishda katta ahamiyatga ega. Totalitar tuzum davrida murojaat qilish va о’rganilishi ta’qiqlangan horij tadqiqotchilarining asarlarida sovet tadqiqotchilari uchun mumkin bо’lmagan tarixiy tahlilga keng о’rin berilgan hamda tarixiy jarayonlarning asl mohiyati ochiq oydin yoritib berilgan. Bunday tadqiqotchilar va ularning asarlari orasida D.Bergxorn, E.Bekon, R.Konnuest, E.Ollvort, T.Ranovski–Xarmstoun, L.Tillet, D.Uiler, D.Xuson va boshqalarni alohida kо’rsatib о’tish mumkin. Ular haqli ravishda sovet tarixshunoslik fani va unda yо’l qо’yilayotgan haddan tashqari mafkuraviy yondashishni qattiq tanqid qilgan edilar. О’zida Qо’qon xonligi tarixi, ayniqsa xonlikning elchilik masalalari bilan bog’liq siyosati haqida qimmatli ma’lumotlarni jamlagan M.Saray va Inalchiklarning asarlari ham muhim ahamiyatga ega bо’lgan horij tadqiqotlari sanaladi. Bu asarlar Qо’qon xonligi tomonidan Turk sultoniga yuborgan elchilik masalalarining batafsil yoritib berilganligi bilan ahamiyatlidir.
Yaponiyaning Tokio universiteti (X.Komatsu) va О’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institute (B.M.Bobojonov, SH.X.Vohidov) hamkorligida Yaponiyada chop etilgan «Tuhfa-yi Taib» asarida mualliflar manbalarga asoslangan holda Qо’qon xonligining chor Rossiyasiga qarshi kurashlari hamda xonlikning ichki siyosati masalalari bir qator ma’lumotlarni keltiradilar. Bu davrda yaratilgan ilmiy tadqiqotlar va ilmiy adabiyotlar qatorida Z.Ilhomovning Qо’qon xonligi tarixini davrlashtirish va tarixshunoslik masalalariga bag’ishlangan “Qо’qon xonligi tarixshunosligining ayrim masalalari (tahlil va mulohazalar)”1 nomli risolasi xonlik tarixini davrlashtirish va tarixshunoslik masalalarining bir qator jihatlarini yoritib berganligi bilan e’tiborga loyiq. Risolada xonlik tarixini davrlashtirishning an’naviy davrlashtirilishi va bu davrlashtirish tarkibidagi kichik davrlar va ularning bir-biridan farqlanuvchi bir qator nazariy- metodologik jihatlarini kо’rsatib о’tgan.



1ИлҳомовЗ.А.“Қўқонхонлигитарихшунослигининг айриммасалалари(таҳлилвамулоҳазалар)”.Т.2007.
Yuqoridagilardan kо’rinadiki, keltirib о’tilgan asarlarda mualliflar Qо’qon xonligi tarixini yoritishda turli nuqtai-nazarlardan yondashib, bir qator ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirganlar, aynan mana shu holat xonlik tarixining keying yillarda chuqur va ilmiy jihatdan yangi va obyektiv yondashuvlar asosida, ilmiylik, tarixiy xolislik nuqtai-nazaridan о’rganish borasida tarixchilar e’tiborini о’ziga tortib kelmoqda va bu sohada tarixiylik jihatdan ilmiy qarashlar asosida obyektiv xulosalarga asoslanilgan fikrlar kо’payib bormoqda. Bunday tadqiqotlar xonlik tarixining mukammal darajada о’rganilishiga katta hissa bо’lib qо’shilmoqda.

Yüklə 214,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin