O’zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar


Simsiz aloqa uchun to‘siqlar



Yüklə 247,75 Kb.
səhifə6/11
tarix20.06.2023
ölçüsü247,75 Kb.
#133131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ish nsnsjja

Simsiz aloqa uchun to‘siqlar
Wi-Fi aloqa sifatiga binoda qurilmalarning joylashishi va atrofdagi binolar qurilgan qurilish materiallari ham ta’sir qilishi mumkin. Iloji boricha simsiz aloqa uchun to‘siqlardan qochish kerak. Signal to‘siqlarsiz o‘tishi uchun WiFi qurilmalarning joylashishini o‘zgartirish kerak.
Wimax tizimlarining ishlash printsiplari WiMAX tizimi quyidagi ikki asosiy qismlardan tashkil topgan:
1. WiMAX bazaviy stansiyasi baland ob’ektda yoki minoradi joylashishi mumkin.
2. WiMAX qabullagichi : qabullagichli antenna. Bazaviy stansiya va mijoz qabullagichi orasidagi bog‘lanish O‘YuCh 2-11 GGs diapazonda amalga oshiriladi. Bu bog‘lanish ideal sharoitlarda ma’lumotlarni 20 Mbit/sekund tezlikda uzatish imkoniyatini beradi va stansiya foydalanuvchidan ko‘rish zonasi masofasida bo‘lishini talb qilmaydi. WiMAX bazaviy stansiyasining bu rejimi keng ishlatiladigan 802.11 (Wi-Fi) standartga yaqin, bu WiMAX da ham chiqarilgan mijoz qurilmalarining moslashishiga ruxsat etadi.
Hozirgi kunda keng tarqalgan va asosiy standart hisoblanuvchi WiMAX standartining ikkita versiyasi mavjud: IEEE 802.16d va IEEE 802.16e IEEE 802.16d standarti qayd etilgan aloqali simsiz ulanishni tavsiflaydi va uzoqlashtirilgan stasionar abonentlar ulanishi uchun mo‘ljallangan. O‘z texnik xarakteristikasiga ko‘ra (o‘tkazish polosasi 20 MGs chastota polosasida 75 Mbit/sek. gacha yetadi, aloqa masofasi 50 kmgacha), bu standart turli variantdagi simli keng polosali abonent ulanish usullarining alternativ varianti hisoblanadi.
IEEE 802.16e standarti harakatdagi foydalanuvchilar uchun keng polosali “mobil” xizmatlarni ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Ushbu standartda maksimal ma’lumot uzatish tezligi 5 MGs chastota polosasida 20 Mbit/sekundni tashkil etadi, aloqa masofasi – 5-10 kmga teng. IEEE 802.16e standarti BS va AQ (abonent qurilmasi) orasida bog‘lanishda mobillik (harakatchanlik) jihatdan ayniqsa takomillashgan hisoblanib, shuningdek avvalgi barcha standartlarning imkoniyatlarini ham o‘z ichiga oladi va quyidagi rejimlarda ishlaydi.

  • Fiksatsiyalangan aloqali (bir joydan qo‘zg‘almay yoki stasionar holatda)

ulanish (ingl. Fixed WiMAX);

  • Seansli ulanish (ingl. Nomadic WiMAX);

  • Ko‘chma yoki siljish rejimidagi ulanish (ingl. Portable WiMAX);

  • Mobil ulanish (ingl. Mobile WiMAX).

  • WiMAX tarmog‘i ishlash rejimlarini batafsil ko‘rib chiqamiz.


Yüklə 247,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin