O’zbekiston respublikasi oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar


Simsiz tarmoqlar xavfsizligiga xavflar



Yüklə 247,75 Kb.
səhifə8/11
tarix20.06.2023
ölçüsü247,75 Kb.
#133131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ish nsnsjja

2.2.2 Simsiz tarmoqlar xavfsizligiga xavflar.
ISO hujjatlarida telekommunikatsiyalar tizimlari xavfsizligiga tahdidlarning turlari va toifalari bo‘yicha bo‘lingan tasniflanishining bir necha usullari ajratilgan. Bundan tashqari, xavfsizlikka tahdidlarni tahlil qilishda axborot xavfsizligiga barcha tahdidlarning yig‘indi ta’sir etish xarakteristikasi ishlatiladi. Bunda tahdidlarning tasniflanishi har bir darajaga tarqatiladi:
a) alohida elementlardan tashkil topgan tarmoq infratuzilmasiga;
b) tarmoq xizmatlariga;
c) ilovalarga.
Uchinchi avlod istiqbolli mobil aloqa tarmoqlari xavfsizligiga tahdidlarning tahlil qilish ko‘rsatadiki, ularning ko‘pchiligi quyidagilarga olib keladi:
a) jinoyatchilar xizmatlarga REU oladigan, ya’ni ularning hisoblarini ro‘yxatga olingan foydalanuvchi to‘laydigan niqoblanishga;
b) foydalanuvchi ma’lumotlari trafigining konfidensialliligini, foydalanuvchi joylashgan o‘rnining ma’lumotlarini va boshqalarni buzilishini keltirib chiqara oladigan ma’lumotlarning qo‘lga kiritilishiga;
c) abonentlarni obuna qilishdagi firibgarlikka (frodga).
Xavfsizlikka tahdidlar turlarini tahlil qilish tahdidlarni identifikatsiya qilishdan iborat:
a) telekommunikatsiyalar aniq bir tizimida;
b) “qonuniy qo‘lga kiritish” ga qo‘yiladigan talablarning bajarilmasligi bilan shartlanadigan;
c) personal ma’lumotlar bilan;
d) tarmoqlararo aloqada;
e) telekommunikatsiyalar tizimining yaxlitligida;
f) boshqarishda;
g) xavfsizlik siyosatining muvofiqlashtirilmaganligi tufayli.
Keltirilgan tahdidlar turlaridan har biri axborot xavfsizligiga aniq bir tahdidlarning ko‘plab sonlari kiradigan nimko‘plik hisoblaadi. Tarmoq taqdim etadigan xizmatlarning har biri bo‘yicha tahdidlar har bir bir turlarining soni o‘nlab va yuzlabni tashkil etadi. Ularni identifikatsiya qilish uchun ko‘p sonli dastlabki berilganlarga (xususan, ishlash protseduralari bo‘yicha qurilmalar ishlab chiqaruvchilaridan) ega bo‘lgan mutaxassislar-tahlilchilarning yuqori malakasi zarur bo‘ladi.
Shunday qilib, mobil aloqa tarmoqlariga tahdidlarni quyidagi guruhlarga
bo‘lish mumkin:
a) ma’lumotlarga REU;
b) yaxlitlikka tahdidlar;
c) xizmat ko‘rsatishda rad etish;
d) o‘z o‘rniga ega bo‘lgan harakatlarning rad etilishi yoki inkor qilinishi;
e) xizmatlarga ruxsat etilmagan foydalana olish.

Yüklə 247,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin