O’zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Bola huquqlarini maxsus tartibga solishga qaratilgan



Yüklə 0,75 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix12.06.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#128803
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
“Bola huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiya” va uning mazmun-mohiyati

1.2. Bola huquqlarini maxsus tartibga solishga qaratilgan
deklaratsiyalar va konvensiyalar 
1924-yildagi Bola huquqlari to'g'risidagi Jeneva deklaratsiyasi, 1959-
yildagi Bola huquqlari to'g'risidagi deklaratsiya, 1989-yildagi Bola huquqlari
konvensiyasi va ushbu konvensiyaga 2002-yildagi ikkita: Qurolli mojarolarda 
ishtirok etuvchi bolalar to'g'risidagi Qo'shimcha protokol va Bolalar savdosi,
bolalar fohishabozligi va pornografiyasiga taalluqli Qo'shimcha protokol. Bola
huquqlari to'g'risidagi konvensiya bola huquqlari bo'yicha asosiy hujjat
hisoblanadi hamda uni bola huquqlariga oid o'ziga xos kodifikatsiyalash desa
ham bo'ladi. Konvensiya 54 moddani o'z ichiga olgan bo'lib, ularni 4 ta
kategoriyadagi huquqlarga bo'lish mumkin:
a) yashay olish huquqi: bola talablarini qondirish va hayotiy huquqlarini 
o'zida mujassam etish kabi asosiy shartlarni hamda tibbiy xizmatdan foydalana
olish, ovqatlanish, boshpanaga ega bo'lish kabi adolatli me’yorlarni o'z ichiga
oladi; 
b) rivojlana olish huquqi: bolalar o'z qobiliyatlarini kengroq
rivojlantirishga erishishlari zarur. Masalan, bilim olish, o'yin, hordiq chiqarish, 
madaniy faoliyatlar, axborot olish va vijdoniy poklik kabi huquqlar; d) bolalar zo 
‘ravonlik va ekspluatatsiya qilinishdan himoyalangan bo 'lishlari shart. Bu borada
quyidagi muammolarga, ya’ni:
-qochoq bolalar masalasidagi muammolarga, sudlovni amalga oshirish
tizimidagi zo'ravonliklarga va qiynoqlarga, bolalarni qurolli mojarolarga jalb 
etish muammolariga, bolalar mehnatiga, balog'at yoshiga yetmaganlarni jinsiy
ekspluatatsiya qilish va o'smirlarning giyohvand moddalarni iste’mol qilish
muammolariga alohida e’tibor berilgan bo'lishi kerak; 
e) ishtirok etish huquqi: bolani jamiyat va mamlakat hayotida faol ishtirok 
etishga chorlaydi. Bu kategoriya bolalarning hayotga taalluqli bo'lgan
muammolar bo'yicha jahonshumul yig'ilishlarda va tadbirlarda ishtirok etish 
huquqini va o'z fikr-mulohazalarini aytishda erkin bo'lish kabi huquqlarini 
belgilaydi. Bolalar ulg'ayib borishlari davomida jamiyat hayotida faol ishtirok etish 


12 
uchun barcha paydo bo'lib boruvchi imkoniyatlarning hammasiga ega bo'lib 
borishlari hamda hayotiy muhim yechimlarning mas’uliyatini his qilgan holda 
ularni o'z zimmalariga olishga tayyor bo'lishlari kerak.Bundan tashqari,
Konvensiyada ishtirokchi-davlatlar tomonidan bola huquqlarining himoyalanishi
va kafolatlanishining ta’minlanishi borasida sharoit va imkoniyat yaratilishi
uchun ular zimmasiga majburiyatlar belgilangandir. Masalan, uning 29-
moddasida: 
1. Ishtirokchi-davlatlar bolaga ta’lim berish quyidagi yo'nalishlar olib 
borilishi lozimligiga rozilik bildiradilar: 
a) bolaning shaxsi, iste’dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to'la 
hajmda rivojlanishi; 
b) inson huquqlari va asosiy erkinliklariga, BMT Nizomida e’lon qilingan 
tamoyillarga hurmatni tarbiyalash; 
d) bolada ota-onasiga, uning madaniy o'ziga xosligi, tili va qadriyatlariga, 
bola yashayotgan mamlakatning, u dunyoga kelgan mamlakatning milliy
qadriyatlariga, o'zinikidan farq qiladigan madaniy taraqqiyot darajasiga hurmat 
bilan qarashni tarbiyalash; 
e) bolani erkin jamiyatda, tinchlik, sabr-toqatli bo‘lish, erkaklar bilan 
ayollarning tinchligi hamda barcha xalqlar, etnik, milliy va diniy guruhlar, 
shuningdek, tub aholi orasidan bo‘lgan shaxslar o'rtasida do‘stlik ruhida 
tarbiyalash; 
f) atrof-tabiatga hurmat ruhida tarbiyalash. 
2. Ushbu moddaning yoki 28-moddaning hech qaysi bandi alohida 
shaxslar va organlarning o‘quv yurtlarini ochish hamda ularga ushbu moddaning
1-bandida bayon etilgan tamoyillarga rioya qilgan ho Ida rahbarlikni amalga 
oshirish hamda bunday o‘quv yurtlarida beriladigan ta’lim davlat tomonidan 
o‘matilgan minimal me’yorlarga javob berishi kerak, degan talabning bajarilishidagi 
erkinligini cheklash sifatida talqin qilinmaydi. 
Mazkur Konvensiyada bayon qilingan huquqlarning amalga oshirilishini 
kafolatlash va ko'maklashish maqsadida ishtirokchi-davlatlar ota-ona va qonuniy 


13 
vasiylarga bola tarbiyasi bo'yicha majburiyatlarini bajarishlariga tegishli yordam
ko'rsatadilar hamda bolalar muassasalari tarmog'ining rivojlanishini ta’minlash va 
bu borada zarur chora-tadbirlarni ko'rish vazifasi ishtirokchi-davlatlarga yuklatiladi. 
Ushbu konvensiya ijodkorlari bola huquqlari bo'yicha o'z konsepsiyalarini
liberal, patemalizm nazariyasi asosida ishlab chiqishgan. Mazkur konsepsiya
g'oyalari tufayli, bolalar jamiyatning to'la huquqli a’zosi deb e’tirof etilgan. Bu
konsepsiya bilan bola ota-onaga yoki ularning o'rnini bosuvchi boshqa
shaxslarga tegishliligi to'g'risida yuz yillar davomida mavjud bo'lib kelgan 
qoidaga chek qo'yilgan. Hozirgi kunga kelib esa, Bola huquqlari to'g'risidagi
konvensiya eng universal hujjatlardan biri bo'lib, Somali va AQShdan tashqari
191 davlat uning ishtirokchisidir. O'zbekiston Respublikasi ushbu Konvensiyaga 
1992-yilda qo'shilgan, 2008-yili esa, uning 2002-yilda qabul qilingan ikkita 
qo'shimcha protokoliga: Qurolli mojarolarda ishtirok etuvchi bolalar to'g'risidagi 
Qo'shimcha protokol va Bolalar savdosi, bolalar fohishabozligi va pornografiyasiga 
taalluqli Qo'shimcha protokolga qo'shildi. 2013-yilgacha mazkur Konvensiya 
normalarini bajarishi bo'yicha O'zbekiston BMTning Bola huquqlari bo'yicha
qo'mitasiga o'zining uchinchi va to'rtinchi Milliy ma’ruzasini va qo'shimcha 
protokollar bo'yicha esa, birinchi Milliy ma’ruzasini taqdim etgan. 
Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya 1989-yil 20-noyabr kuni Nyu-Yorkda
qabul qilingan bo'lib, O'zbekiston Respublikasi ushbu xalqaro hujjatga 1992-yil
9-dekabrda Oliy Kengashning 757-XII-son qaroriga asosan qo'shildi. Mazkur
Konvensiya bo'yicha O'zbekiston Respublikasi bolalarning sog'lig'i, o'sishi va
yashashi uchun sharoit yaratish, bolalar uchun g'amxo'rlik qilish, ularni himoya
qilish, ularning o'z qarashlari bo'yicha erkin tasawur qilishi uchun imkoniyatlar
yaratib berish kabi bir qator majburiyatlarni o'z zimmasiga olgan. O'zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi o'zining 1995-yil 6-mayda bo'lib o'tgan 2-sessiyasida
inson huquqlarini himoya qilishga oid bir qator xalqaro hujjatlarga qo'shilish
haqida qarorlar qabul qildi. Ushbu xalqaro hujjatlar quyidagilardan iborat: 1935-
yil 21-iyunda Jenevada qabul qilingan Ish vaqtini haftasiga 40 soatgacha
qisqartirish to'g'risidagi 47-konvensiya, 1936-yil 24-iyunda Jenevada qabul


14 
qilingan Yillik haq to'lanadigan ta’tillar to'g'risi-dagi 52-konvensiya, 1919-yil
Jenevada qabul qilinib, 1952-yil 28-iyunda qayta ko'rib chiqilgan Onalikni 
muhofaza qilish to'g'risidagi 103-konvensiya, 1964-yil 9-iyulda Jenevada qabul 
qilingan Bandlik sohasidagi siyosat to'g'risidagi konvensiya, 1974-yil18-dekabrda
Nyu-Yorkda qabul qilingan Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha
shakllarini bartaraf qilish to'g'risidagi konvensiya. Mazkur xalqaro hujjatlar
yuzasidan O'zbekiston ish vaqtini 40 soatdan oshirmas- lik tamoyiliga rioya
qilish, har bir ishlovchi fuqaroning haq to'lanadigan ta’tilga chiqish huquqini
ta’minlash, ayolga o'ziga va bolasiga yetarli miqdorda mablag' ajratish, har bir
shaxsning o'z mutaxassisligiga qarab erkin kasb tanlash huquqini ta’minlash,
erkaklar va ayollarning tengligi tamoyiliga rioya qilish, bu tamoyilni
Konstitutsiya va qonunlarda aks ettirish, ayollarga nisbatan kamsitishlarni ko'zda
tutuvchi turli cheklov-191larni taqiqlash yuzasidan choralar ko'rish
majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisning 1995-yil 31 -avgustdagi I-son
qaroriga binoan Irqiy kamsitishning barcha shakllarini bekor qilish to‘g‘risidagi
xalqaro konvensiyaga qo'shildi. Ushbu xalqaro hujjat 1965-yil 21-dekabrda Nyu-
Yorkda qabul qilingan edi. Mazkur Konvensiya yuzasidan O‘zbekiston 
Respublikasi irqiy kamsitish bilan bog'liq har qanday harakatlarning alohida
shaxsga, guruhga yoki muassasalarga nisbatan amalga oshirilishiga yo'l
qo'ymaslik majburiyatini o'z zimmasiga oladi.
Davlat organlari va muassasalari, jamoat tashkilotlari mazkur qoidadan kelib 
chiqqan holda harakat qilishlari lozim. 


15 

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin