Gotfrid Vilgelm Leybnits (1646 – 1716) serqirra ijodkor bo’lishiga qaramay, uning ilmiy qiziqishlari orasida falsafa va psixologiya alohida o’rin tutardi. Buning aksini “Inson ongi haqidagi yangi malakalar” (1705), “Monadologiya” (1714) kabi asarlarda yaaqqol ko’rishimiz mumkin.
Ratsionalistik qarashlarni davom ettirgan holda, matematik metod va qonuniyatlarga tayanib inson psixik funktsiyalarini hamda ruh – tana birligi g`oyasini o’rgandi.
Spinozaning yakka substantsiya borasidagi fikriga qarshi chiqdi. Leybnits fikricha, substantsiyalar ko’p va ularni monadalar (grekcha monos – yakka) deb atagan. Borliq asosini tashkil etuvchi birliklar sifatida monadalar antik psixologlarning “arxe”lari bilan o’xshash. Biroq Leybnits ideal substantsiya sifatida psixik faolliklar jarayonini aks ettiruvchi ruhni e`tirof etadi. Leybnits o’zining asarlarida, jumladan, “Monadologiya” (1714) asarida monadalarning asosiy xususiyatlari idrok va faollik deydi.
Leybnits qarashlarida ruh ham monada, u aniq idrok va xotira bilan ajralib turadi deydi. Inson ruhi – monada appertseptsiya xususiyatiga ega, ya`ni u anglash va o’zini anglash qobiliyatiga ega va monadalarning yuqori kursatkichini egallaydi.
Shuni ta’kidlash zarurki, antropogenez haqidagi ta’limotni rivojlanishida shaxsiy intizomlar muhim rol o‘ynagan. Eng avvalo ular qatoriga yuqori nerv faoliyati fiziologiyasini kiritish lozim. Yuqori nerv faoliyatining bir nechta genetik muammolariga katta qiziqish bildirgan I. P. Pavlov tufayli, antropopoidlarning yuqori nerv faoliyati, taqqoslash fiziologiyasining ko‘proq shakllangan bo‘limiga aylandi. Insonning biologik ko‘rinishdagi rivojlanishini tushunishda, o‘zida zoopsixologiya va umumiy inson psixologiyasini jamlagan taqqoslash psixologiyasi muxim rol o‘ynaydi. Zoopsixologiyadagi ustunliklarning eksperimental tadqiq etishda V. Keler va N. N. Ladыgina-Kotsning ilmiy ishlari birinchilardan hisoblanadi. Zoopsixologiyaning muvafaqqiyatlari tufayli, inson xulqining ko‘pgina mexanizmlari hamda uning ruhiy rivojlanish qonuniyatlari tushunarli bo‘ldi.
Shunday fanlar mavjudki, ular antropogenez ta’limoti bilan bevosita yaqin bo‘lmaydi, ammo uning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ularga genetika va arxeologiya ta’luqli. Ayniqsa, tilning kelib chiqishi, uning tovush vositasi va boshqaruv mexanizmlarini o‘rganuvchi paleolingvistika alohida o‘rin egallaydi. Tilning kelib chiqishi – bu sotsiogenezning markaziy momentlaridan biri, nutqning kelib chiqishi esa – antropogenezning markaziy momenti hisoblanadi. Vaholanki, aniq nutq insonni hayvondan farqlovchi asosiy omillardan biridir.
Biz sotsiogenez muammolari bilan to‘qnash kelganimizda, antropogenez muammolari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy fanlarini ko‘rsatib o‘tish maqsadga muvofiq. Ular qatoriga inson jamiyati paydo bo‘lishini o‘rganuvchi paleosotsiologiya va ibtidoiy madaniyat tarixi kiradi.
Shu tariqa, inson biologik ko‘rinish namoyondasi sifatida ko‘pgina fanlarning, jumladan, psixologiyaning ham o‘rganish ob’ekti hisoblanadi. Quyidagi 1.5-rasmda B. G. Ananevning Homosapiens haqidagi asosiy muammolar va fanlar klassifikatsiyasi keltirilgan. Insonning kelib chiqishi hamda mustaqil biologik mavjudot sifatida rivojlanishini o‘rganuvchi fanlar ichida antropologiya markaziy o‘rinni egallaydi. Antropologiyaning zamonaviy holatidan kelib chiqgan holda, insonning rivojlanishiga bildiradigan munosabatining asosiy xulosasini quyidagicha ifodalanishi mumkin: biologik rivojlanishning qaysidir bosqichida insonning hayvonot dunyosidan ajralib chiqishi yuz berdi (chegaraviy bosqich «antrogyugenez-sotsiogenez») va inson evalyusiyasida biologik maqsadga hamda tabiat muhitiga ko‘proq moslashgan zot va turlarning omon qolishiga asoslangan tabiiy tanlash faoliyati to‘xtadi. Insonning hayvonot dunyosidan sotsial dunyoga o‘tishi, uning biosotsial mavjudotga aylanishi bilan, tabiiy tanlash qonunlari rivojlanishning boshqa sifatli qonunlar bilan almashdi.
Insonning hayvonot dunyosidan sotsial dunyoga o‘tish jarayoni nima uchun va qanday yuz berdi, degan savol antropogenezni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy fanlarning markazida bo‘lib, bu savolga hozirgi kungacha aniq bir to‘xtamga kelingan javob mavjud emas. Ushbu muammo yuzasidan faqatgina bir nechta qarashlargina mavjud. Ulardan biri quyidagi taxminga asoslanadi: mutatsiya natijasida inson miyasi supermiyaga aylangan, bu esa unga hayvonot dunyosidan ajralib chiqish va jamiyat barpo etish imkoniyatini bergan. Bu taxmin P. Shoshar tomonidan ma’qullangan. Unga ko‘ra, tarixiy davrda mutatsili kelib chiqish tufayli miyaning organik rivojlanishining imkoni bo‘lmagan.
Mavjud bo‘lgan yana bir taxminga ko‘ra, miyaning organik rivojlanishi va insoning tur sifatida rivojlanishi miyani sifatli tizimli o‘zgarishiga olib kelgan, uning natijasida rivojlanish tabiiy tanlash qonuniyatlaridan farqli bo‘lgan, boshqa qonuniyat asosida rivojlanishni boshlagan. Lekin tana va miyaning bir butunlikda o‘zgarmasdan qolishi, hech qanday rivojlanish yuz bermaganligini bildirmaydi. I. A. Stankevich tomonidan olib borilgan tadqiqotlar, inson miyasida tizimli o‘zgarishlar sodir bo‘lgani, yarimsharlarning turli qismlarida rivojlanishning kuzatilishi, yangi burmalarning ajralib chiqishi, yangi ajinlarni shakllanganligi haqida ma’lumot beradi. Shu sababli inson o‘zgaradimi, degan savolga ijobiy javob berish mumkin. Ammo, bu turdagi evolyusion o‘zgarishlar eng avvalo insonning sotsial hayot sharoitiga hamda uning shaxs sifatida rivojlanishiga, tegishli bo‘lib, Homosapiens turining biologik o‘zgarishlari esa ikkilamchi qiymatni kasb etadi.
Shu tariqa, inson sotsial mavjudod sifatida, jamiya a’zosi sifatida fan uchun kam bo‘lmagan darajada qiziqarli bo‘lib, sababi, Homosapiens turidagi insonning rivojlanishi endilikda biologik tirik qolish qonuni asosida emas, balki sotsial rivojlanish qonuni asosida amalga oshmoqda.
Sotsiogenez muammosini ijtimoiy fanlardan tashqarida ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Bu fanlar ro‘yxati ancha katta. Ularni o‘zlari o‘rganadigan va bog‘liq bo‘lgan hodisalarga ko‘ra, bir nechta guruhlarga ajratish mumkin. Masalan, san’at, texnik taraqqiyot va ta’lim bilan bog‘liq fanlar.