Pedagogikaga oid o\'quv qo\'llanmalar va ulardan foydalanish yo\'llari
Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda ta`lim va tarbiya borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati bilimdon, aqlan rivojlangan , ongli, zamonaviy dunyoqarashga ega, jismonan sog`lom, axloqan pok, erkin, ijodkor , komil insonni shakllantirishdan iborat. O'zbekiston Respublikasi kadrlar tayyorlash milliy dasturining "Uzluksiz ta'Iim tizimi va turlari" bo'limida ikki bosqichli oliy ta'Iimni tashkil etish va rivojlantirish uchun amalga oshirish zarur bo'lgan tadbirlar qatorida "yangi pedagogik va axborot texnologiyadan foydalangan holda talabalarni o'qitishni jadallashtirish; o'qitishni. mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distantsion ta'Iim tizimi texnologiyasi va vosilalarini ishlab chiqish va o'zlashtirish"' haqida so'z yuritilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish o'qitishni takomillashtirish. ya'ni o'quv jarayoniga pedagogik texnologiyalami keng tatbiq qilish. kompyuterli avtomatlashtirilgan o'qitish tizimini qo'llash. ta'limda yangi tcxnikaviy va didaktik vositalar hamda multimediya imkoniyatlaridan foydalanish. masofadan o'qitish ta'limini joriy qilish kabi o'qitishning zamonaviy texnologiyalarini qo'llash orqali bajariladi. Rivojlangan mamlakatlarda yangi pedagogik texnologiya asta-sekinlik bilan shakllanib. O'zbekiston Respublikasiga ham kirib kela boshladi. Yangi pedagogik texnologiya dars jarayonida talabalarni mustaqil fikrlash. crkin faoliyat yuritishga da'vat etadi. Pedagogik texnologiya asosida mashg'ulot o'tish. dars jarayonida zamonaviy texnik vositalar, kompyuterlar, videokompyuterli multimediya komplekslarini qo'llash. mustaqil ta'Iim olishda internetdan samarali foydalanish bilim. ko'nikma va malakalarni chuqur egallashga. o'qitish jarayonini jadallashtirishga olib keladi. So'nggi yillarda Respublikamizning taniqli pedagog olim va o'qituvchilari tomonidan o'quvjarayoniga pedagogik texnologiyalami joriy etish bo'yicha samarali izlanishlar olib borilmoqda. Pedagogik texnologiya tushunchasi ilmiy maqolalar. davriy nashrlar, anjumanlardagi mavzu va hisobotlarda ham o'z aksini topmoqda. Jumladan, respublikamiz olimlari R.X..'oraev. A.P.Parpiev, N.X.Saydahmedov, U.N.Nishonaliev. [3.L.Farberman. L.V.Golish. U.X.Tolipovlar hamda Rossiya pedagog olimlari V.P. Bezpalko, M.V.Klarin, V.M.Monaxov, P.I.Pidkasistiylar, shuningdek, qozog'istonlik olimlar - M.J.Aristanov, J.S.Xaydarov va boshqalar o'z ilmiy tadqiqotlarida "pedagogik texnologiya" tushunchasining mohiyatini va ahamiyatini ochib berishga harakat qilganlar. Mazkur qo'Uanma kadriar layyorlash milliy dasiurida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda pedagogik tizimni takomillashtirish va axborot texnologiyalarini ta'lim-tarbiya jarayoniga muvaffaqiyatli tatbiq etish muaminolarini tahlil qilishga yo'naitirilgani bilan ahamiyatlidir. Hozirgi kunda pedagogika adabiyotlari, ta'lim muammolariga oid ma'ruzalar va rasmiy hujjatlarda "yangi pedagogik texnologiya", "ilg'or pedagogik texnologiya", "zamonaviy pedagogik texnologiya", "o'qitish texnologiyasi", "ta'lim texnologiyasi" kabi iboralar keng qo'llanmoqda. Ammo ushbu tushunchalar hali ham bir qolipga tushirilmagan va entsiklopidiyalarda izohlanganicha yo'q. Bu iboralar mazmunining yagona lalqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun ularning birbiridan farqlanuvchi ko'pgina ta'riflari mavjud. "Pedagogik texnologiya", "o'qitish texnologiyasi", "ta'lim texnologiyalari" iboralarining mazmunini va farqlarini tahlil qilish, o'rganish muhim vazifalardandir.