Dars turlari - darsning maqsadi va mazmuni, o’quvchining yosh xususiyatiga qarab, darsning tuzilishi har xil bo’ladi. Endi biz darsning yanada ravshanroq ko’rsatib berish maqsadida darsni turlarga ajratamiz, saralaymiz va ularni tuzilishi bilan tanishamiz. Dars qanday tiplarga ajratiladi?
Ular quyidagilarga ajratiladi.
1.Darslarning asosiy maqsad va mazmuniga qarab turlariga bo’lish.
2.Darslarni o’qitish jarayonining analiziga qarab turlarga bo’lish.
3.Darslarni tuzilishiga qarab turlarga bo’lish.
Zamonaviy didaktikada dars quyidagi turlari ajratib ko‘rsatilgan
aralash darslar;
yangi ma’lumotlar, aniq hodisalar bilan tanishish bo‘yicha yoki umumlashtirishlarni anglab etish va o‘zlashtirish maqsadiga ega darslar;
bilimlarini mustahkamlash va takrorlash darslari;
o‘rganilganlarni umumlashtirish va tizimlashtirish asosiy maqsadiga ega darslar;
malaka va ko‘nikmalarni ishlab chiqish va mustahkamlash darslari;
bilimlarni tekshirish va tekshirish ishlarini o‘rganish darsi;
o‘z tuzilishi bo‘yicha oddiy bo‘lgan, ya’ni bitta asosiy didaktik maqsadga ega bo‘lgan dars turlari (o‘rta va katta sinflarda qo‘llash uchun mos keladi).
2.3 Zamonaviy darslar quyidagi talablarga javob bera olishi lozim:
fanning ilg‘or yutuqlari, pedagogik texnologiyalardan foydalanish, darsni o‘quv-tarbiyaviy jarayon qonuniyatlari asosida tashkil etish;
darsda barcha didaktik tamoyil va qoidalarning optimal nisbatlarini ta’minlash;
o‘quvchilarning qiziqishlari, layoqati va talablarini hisobga olish asosida ular tomonidan bilimlarning puxta o‘zlashtirilishi uchun zarur sharoitlarni yaratish;
o‘quvchilar anglab etadigan fanlararo bog‘liqliklarni o‘rnatish;
ilgari o‘rganilgan bilim va malakalari, shuningdek, o‘quvchilarning rivojlanish darajasiga tayanish;
shaxsning har tomonlama rivojlantirishni motivatsiyalash va faollashtirish;
o‘quv-tarbiyaviy faoliyat barcha bosqichlarining mantiqiyligi va emotsionalligi;
pedagogik vositalardan samarali foydalanish;
zarur bilim, ko‘nikma va malakalar, fikrlash va faoliyat ratsional usullarini shakllantirish;
mavjud bilimlarni doimo boyitib borish ehtiyojini yuzaga keltirish;
har bir darsni puxta loyihalashtirish, rejalashtirish, tashxis va taxmin qilish.
Har bir dars quyidagi uchta asosiy maqsadga erishishga yo‘naltiriladi: o‘qitish, tarbiyalash, rivojlantirish. Ana shularni hisobga olib darsga umumiy talablar didaktik, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi talablarda aniq ifodalanadi.
Didaktik (yoki ta’lim)iy talablarga har bir darsning ta’lim vazifalarini aniq belgilash, darsni axborotlar bilan boyitish, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarni hisobga olish bilan mazmunini optimallashtirish, idrok etish eng yangi texnologiyalarini kiritish, turli xildagi shakli, metodlari va ko‘rinishlaridan mos ravishda foydalanish, dars tuzilishini shakllantirishga ijodiy yondoshish, jamoaviy faoliyat usullari bilan birga o‘quvchilar mustaqil faoliyatlarini turli shakllaridan birga foydalanish, operativ qayta aloqani ta’minlash, amaliy nazorat va boshqaruvni amalga oshirish, ilmiy mo‘ljal va darsni mahorat bilan o‘tkazishni ta’minlash kabilar kiradi.
Darsga nisbatan qo‘yiladigan tarbiyaviy talablar o‘quv materialining tarbiyaviy imkoniyatlarini aniqlash, darsdagi faoliyat, aniq erishilishi mumkin bo‘lgan tarbiyaviy maqsadlarni shakllantirish va qo‘yish, faqat o‘quv ishlari maqsadlari va mazmunidan tabiiy ravishda kelib chiqadigan tarbiyaviy masalalarni belgilash, o‘quvchilarni umuminsoniy qadriyatlarda tarbiyalash, hayotiy muhim sifatlar (tirishqoqlik, tartiblilik, mas’uliyatlilik, intizomlilik, mustaqillik, ish bajarishga qobiliyatlilik, e’tiborlilik, halollik va boshqalar)ni shakllantirish, o‘quvchilarga diqqat-e’tiborli munosabatda bo‘lib, pedagogik odob talablariga amal qilish, o‘quvchilar bilan hamkorlik va ularning muvaffaqiyat qozonishlaridan manfaatdor bo‘lishdan iborat.
Barcha darslarda doim amalga oshirilib boriladigan rivojlantiruvchi talablarga o‘quvchilarda o‘quv-o‘rganish faoliyati ijobiy sifatlari, qiziqish, ijodiy tashabbuskorlik va faollik shakllantirish hamda rivojlantirish, o‘quvchilarning idrok etish imkoniyatlari darajasini o‘rganish, hisobga olish, “rivojlanishning yaqin zonasini loyihalashtirish”, “o‘zib ketish” darajasidagi o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish, rivojlanishidagi yangi o‘zgarishlarni rag‘batlantirish, o‘quvchilarning intellektual, emotsional, ijtimoiy rivojlanishlaridagi «sakrash»larni oldindan ko‘ra bilish, boshlanayotgan o‘zgarishlarni hisobga olish asosida o‘quv mashg‘ulotlarini operativ qayta qurish kabilar kiradi.
Nostandart darslar. XX asr 70-yillari o‘rtalarida, milliy maktablarda o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga qiziqishlarining pasayish xavfi aniqlandi. Muammoni bartaraf etish maqsadida nostandart darslarning tashkil etilishiga alohida e’tibor qaratildi. Nostandart dars an’anaviy tuzilishdagi improvizatsion o‘quv mashg‘ulotidir.
Pedagogik adabiyotlarni tahlil qilish nostandart darslarning o‘nlab turlari mavjudligini ko‘rsatdi. Ular orasida “berilish” darsi, amaliy o‘yinlar, matbuot konferensiyalari, ijodiy hisobotlar, musobaqalar, KVN turidagi o‘yinlar, tanlov, teatrlashtirilgan darslar, binar, kompyuterli darslar, fantaziyalar, “sudlar”, haqiqatni izlash, “paradokslar”, auksionlar, dialoglar va boshqalar ko‘zga tashlanadi.
Darsning samaradorligi uning puxta tayyorlanganligi va samarali tashkil etilganligi bilan bog‘liq. YAxshi rejalashtirilmagan, etarlicha o‘ylab chiqilmagan, shoshilinch tuzilgan va o‘quvchilar imkoniyatlariga moslashtirilmagan dars sifatli bo‘la olmaydi. Darsga tayyorgarlik aniq sharoitlarda eng yuqori yakuniy natijaga erishishni ta’minlovchi o‘quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etilishini ta’minlash, komleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdir.
O‘qituvchining darsga tayyorgarligida quyidagi uchta bosqich ko‘zga tashlanadi: tashxislash, bashoratlash, loyihalashtirish (rejalashtirish). SHu bilan birga o‘qituvchi amaliy materiallarni yaxshi bilishi, o‘z fanini erkin olib borishga erishishi lozim. Darsga tayyorgarlik asosini bo‘lajak mashg‘ultning algoritmlari, samaradorligi bog‘liq bo‘lgan omillar va holatlarni hisobga olishni ta’minlovchi qadamlarni ketma-ket tartib bilan bajarish tashkil etadi.
Algoritmni amalga oshirish aniq sharoitlarni diagnostika qilish bilan boshlanadi. Tashxis didaktik jarayon kechadigan barcha sharoitlarni oydinlashtirish, uning natijalarini belgilashdir. Unda o‘quvchilarning imkoniyatlari, ularning faoliyatlari va xulqlari, motivlari, talab va layoqatlari, qiziqish va qobiliyatlari, bilimdonlik darajasi, o‘quv materialining xususiyati, uning amaliy ahamiyati, dars tuzilishi, yangi axborotni o‘zlashtirish, mustahkamlash va tizimlashtirish, bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat qilish hamda tuzatish kabi holatlar namoyon bo‘ladi.
Bashoratlash bo‘lajak darsni tashkil etilishining turli varianlarini baholash va ulardan qabul qilingan mezonlarga muvofiq eng ma’qulini tanlab olish.
Loyihalashtirish (rejalashtirish) o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish dasturini yaratish bo‘lib, u darsga tayyorlanishning yakuniy bosqichi hisoblanadi.
Xulosa 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning bevosita ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi va harakatlar strategiyasini Davlat dasturi tasdiqlandi. Harakatlar strategiyasiga ko’ra “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to’rtinchi yo’nalish aholi bandligini oshirish, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, yo’l-transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va modernizatsiyalash, aholini elektr energiya, gaz bilan ta’minlashni yaxshilash, aholining muhtoj qatlamlariga ko’rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatlarini oshirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi maqomini oshirish, sog’liqni saqlash sohasini isloh qilish, maktabgacha ta’lim muassasalarining qulayligini ta’minlash, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus va oliy ta’lim sifatini yaxshilash hamda ularni rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi. Xususan, hududlarni har tomonlama rivojlantirish bo’yicha qariyb 25 mingta investitsiya loyihasini ro’yobga chiqarish hisobiga 256,4 ming ish o’rni tashkil etish orqali aholini ish bilan ta’minlash dasturlarini to’liq ijro etish nazarda tutilgan. Ishsizlik darajasi eng yuqori bo’lgan mintaqalarda 46,8 ming yangi ish o’rni tashkil etish , tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun ta’lim muassasalarining 10 ming nafar bitiruvchisiga kreditlar ajratish rejalashtirilgan. Shu ajratilgan kreditlar orqali bitiruvchilar hozirgi kunda O’zbekiston respublikasining iqtisodiy hayotida ustuvor yo’nalishni egallayotgan kichik biznes va xususuy tadbirkorlikni rivojlantirishga o’z hissalarini qo’shib kelishmoqda. Ushbu kurs ishini yozish davomida mavzuning dolzarbligi, bu mavzu orqali jamiyatda ko’pgina muammoli masalalarning yechimlari shuningdek, pedagogikaga oid o’quv qo’llanmalar va ulardan foydalanish yo’llari, ijtimoiy hamda iqtisodiy hayotdagi keng ko’lamli olib borilayotgan faoliyatlar bilan tanishdim. Ushbu kurs ishidan Akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va oliy ta’lim talabalari foydalanishlari mumkin.