1- seminar mashg’uloti. Boshlang`ich sinflarda ona tili darslarini kuzatish va tahlil qilish Reja: 1. Darsning qurilishi va bosqichlari: 2. Dars-o’quv-tarbiyaviy ishlarini uyishtirishning muhim vositasi. 3. Darsning tiplari. Yaqin didaktik maqsadlar dars tipini belgilashning asosi hisoblanishi. ADABIYOTLAR 1. Karima Qosimova va boshqalar Tosh.2009 2. Boshlangich sinflar uchun ona tili va o’qish darslari, o’quv dasturlar 3. I Mirzayev “Dars tahlili” Tosh.1998 Darsning qurilishi va bosqichlari: a) tashkiliy qism va unga qo’yiladigan talablar; b) o’quvchilar ilgargi darsda olgan bilimlarini mustahkamlash; v) yangi darsni bayon qilish usullari; g) darsni mustahkamlash bosqichi va vazifalari; d) darsni yakunlash va uyga vazifaga berilgan hamda o’quvchilar bilimini baholash. Dars kuzatish va tahlil qilish orqali o‘quvchilarning umumiy tayyorgarligi, bilim olishdagi faoliyati, o‘quv fanga bo‘lgan qiziqishi, diqqat bilan ishlashi, matn, xarita, jadval, asboblar bilan mustaqil ishlay bilishi, o‘qituvchiga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Shu bilan birga o‘qituvchining faoliyati ham tahlil qilinadi.
O‘qituvchining o‘quv dasturi materiallarini bilish darajasi, yangi mavzuni tushuntirish jarayonida asosiy fikrni ajratib olishi, ilmiylik va soddalik, ko‘rgazmalilik tamoyillariga rioya qilishi, dars maqsadini to‘g‘ri qo‘yishi, dars jarayonni to‘g‘ri rejalashtirishi, darsda hamkorlikka erisha olishi, bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishni nazorat etish, o‘quvchilar bilan yakka va jamoada ishlashni tashkil eta bilishi, dars mobaynida vaqtdan unumli foydalanishi va pedagogik muamala madaniyatini egallaganlik darajasi, kabi jihatlar inobatga olinadi. DARS QUYIDAGI MAQSADDA KUZATILADI VA TAHLIL QILINADI: