Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi


Kompyuter grafikasining qo‘llanish sohalari



Yüklə 2,47 Mb.
səhifə21/52
tarix24.08.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#140306
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52
Mustaqil ta\'lim (3)

Kompyuter grafikasining qo‘llanish sohalari. 
Kompyuter grafikasi bir necha turlarga bo‘linadi: tijorat (ish 
bo‘yicha), tasvirli, namoyish qiluvchi, animatsiyalovchi, muhandislik va ilmiy.
Tijorat kompyuter grafikasi. Axborot marketingi kompyuter 
grafikasi vositalari qo‘llanishining eng keng va turli-tuman sohasidir. 
ShK yordamida qurilgan interaktiv grafiklar, diagrammalar, rasmlardan 
ko‘pincha moliyaviy iqtisodiy tahlilni o‘tkazish uchun hamda 
rejalashtirish va marketing qarorlarini qabul qilishda qulay vosita sifati-
da foydalaniladi. Tijorat kompyuter grafikasining dasturiy vositalari 
tufayli byudjet, tovarlarning mavjudligi, pul mablag’larining harakati, 
foydaning miqdorlari, foiz stavkalari, sarmoya kiritishdan daromadlar, 
buyurtmalar «portfeli»ning holati haqidagi ma’lumotlarga ega har xil 
interaktiv grafiklar va diagrammalarni tayyorlash mumkin. 
Illyustrativ kompyuter grafikasi.Tovarni har tomonlama mos, 
chiroyli ko‘rsata olishlik bozor jamiyati uchun juda xos. 
Bunda hamma narsa tovarning sifatiga bog’liq. Masalan, o‘zi, o‘z tovari yoki kompaniyasi haqidagi axborotni qanday berishning belgilangan 
madaniyati vujudga kelgan. Xususan, axborot sohasi tovarlarini reklama 
qilish uchun illyustrativ kompyuter grafikasidan foydalanish maqsadga 
muvofiq. 
Illyustrativ grafika vositalari sifatli mashina tasvirlari, illyustrativ 
matnlar, chizmalar, eskizlar, geografik xaritalarni yaratish uchun xizmat qiladi.Tijorat kompyuter grafikasi sinfining grafik vositalardan farqliroq, illyustrativ grafiklar sinfining dasturiy vositalarida sifatli tasvirlarni 
olish birdan-bir maqsaddir va uni alohida tahlil qilish talab qilinmaydi. 
Ushbu sinfning dasturiy vositalari oddiy va tez usudda tarkibiy qismlarni yigishga hamda grafik ob’ektlarni o‘zgartirishga imkon beradi. Hozirda kompyuter grafikasining bu sinfi vositalari keskin  rivojlanmoktsa. Kompyuterlashtirilgan reklama reklamaning zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib, u zamonaviy reklamani kompyuter grafikasi usullari va vositalari yordamida yaratish va tarqatishning tubdan yangi shaklidir. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin