2017 yil Fevral oyida 2016 yil yakunlariga ko‘ra aholi bo‘sh pul mablag‘larini banklardagi omonatlarga jalb qilish bo‘yicha respublika tijorat banklari o‘rtasida o‘tkazilgan tanlov yakuniga ko‘ra ATB «Qishloq qurilish bank» Samarqand mintaqaviy filialining «Temir yo‘l» mini-banki «Shaharlarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida birinchi o‘ringa, bankning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy filialining «Bo‘ston» mini-banki «Qishloq joylarda aholi omonatlarini jalb qilish bo‘yicha yilning eng yaxshi mini-banki» nominatsiyasida ikkinchi o‘ringa munosib, deb topildi.Mart oyida jismoniy shaxslardan to‘lovlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan Android va iOS platformasi asosida ishlaydigan «QQB Mobile» mobil ilovasi ishga tushirildi.Aprel oyida «Axbor-Reyting» reyting agentligi 2017 yil I chorak yakuni bo‘yicha milliy shkala bo‘yicha bank kredit reytingini «uzA+» darajasida va «Barqaror» prognozi bilan tasdiqladi.
May oyida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan bank faoliyati uchun global reyting shkalasi bo‘yicha berilgan reyting bahosi qayta tasdiqlandi:
Kontragent tavakkalchiligining reyting bahosi – B1/NP;
Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlarning
uzoq muddatli reytingi – B2/NP;
Kreditga layoqatlilikning asosiy bahosi – B3;
Reytinglar istiqboli - «Barqaror».
Dekabr oyida Bank Kengashi qaroriga muvofiq ATB “Qishloq qurilish bank”ning yangi xizmat ko‘rsatish belgisi (logotip) tasdiqlandi. Bankning xizmat ko‘rsatish belgisida uning asosiy faoliyat yo‘nalishlari va missiyasi o‘z aksini topgan.
2018yil Yanvar oyida bank Telegram messenjerida hamda Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o’zining rasmiy sahifalarini ochdi.Aprel oyidan boshlab ATB“Qishloq qurilish bank” so'm plastik kartochkalariga ega mijozlari o'zlarining VISA xalqaro to'lov kartochkalariga chet el valyutasini onlayn rejimida “QQB-mobile” mobil ilovasi orqali konversiya qilish imkoniyatiga ega bo'ldilar.
May oyida ATB “Qishloq qurilish bank” Koreya Respublikasining yirik banklaridan biri bo‘lgan Kookmin Bank bilan vakillik munosabatlarini o‘rnatdi.Iyun oyida bank Instagram ijtimoiy tarmog’ida o’zining rasmiy sahifasini ochdi.Iyul oyida «Axbor-Reyting» milliy reyting agentligi ATB “Qishloq qurilish bank”ning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini «uzA+» darajasida va «Barqaror» prognozi bilan tasdiqladi.
Avgust oyida ATB “Qishloq qurilish bank” aholiga qulaylik yaratish va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida joylashgan “Mirobod” dehqon bozoriga yaqin hududda 24/7 rejimida, kechayu kunduz, bank xodimisiz uzluksiz xizmat ko‘rsatadigan o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish shoxobchasini qurib foydalanishga topshirdi.Bundan tashqari, ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida Rossiya rublida AJ ATB “NOVIKOMBANK”ida korrespondentlik hisob varag‘i ochildi.Sentyabr oyida Toshkent shahrida “Islom taraqqiyot banki guruhi kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan xalqaro konferensiya doirasida Xususiy sektorni rivojlantirish Islom korporatsiyasi O‘zbekistondagi o‘z hamkorlarini taqdirladi. Xususan, korporatsiyaning ko‘p yillik hamkori bo‘lgan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik-tijorat banki eng ko‘p loyihalarni moliyalashtirgan bank sifatida e’tirof etildi va “Eng yaxshi hamkor” nominatsiyasi bilan taqdirlandi.Oktyabr oyida «Moody’s Investors Service» xalqaro reyting agentligi tomonidan ATB “Qishloq qurilish bank” faoliyati uchun global reyting shkalasi bo‘yicha berilgan reyting bahosi qayta tasdiqlandi:
Kontragent tavakkalchiligining reyting bahosi – B1/NP;
Milliy va xorijiy valyutadagi depozitlarning uzoq muddatli reytingi – B2/NP;
Kreditga layoqatlilikning asosiy bahosi – B3;
Reytinglar istiqboli - «Barqaror».
Shu bilan birga, mazkur oyda Rossiyaning ommaviy aksiyadorlik jamiyati shaklidagi "AK BARS" aksiyadorlik tijorat banki bilan Hadli bitim imzolandi. Mazkur bitim doirasida ATB "Qishloq qurilish bank" savdoni moliyalashtirish operatsiyalari uchun 365 kungacha muddatga 3,5 mln. AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochildi.Noyabr oyida «Axbor-Reyting» reyting agentligi ATB “Qishloq qurilish bank”ning milliy shkala bo‘yicha kredit reytingini «uzA+» darajasida va «Barqaror» prognozi bilan tasdiqladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 sentyabrdagi “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, mamlakatimiz moliya sektorida tijorat banklari faoliyatini tartibga solish va nazorat qilish, risklarni boshqarishning zamonaviy tamoyillariga asosan “Qishloq qurilish bank” aksiyadorlik tijorat banki ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi auditidan muvaffaqiyatli o‘tib, muvofiqlik standartini qo‘lga kiritdi.