O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə24/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Ertaklarning janriy tabiati. Ertaklar xalq og`zaki badiiy ijodiyotining epik turiga mansub bo`lib, o`ziga xos g`oyaviy – mavzuviy yo`nalishga, axloqiy – ta’limiy va ijtimoiy – estetik vazifalarga ega. Ertaklar ham og`zaki tarzda jamoa ijodi mahsuli sifatida anonim ko`rinishda yaratiladi. Garchi uning to`qilish ibtidosi individual ijodkorga borib taqalsa-da, og`izdan – og`izga, urug`dan-urug`ga, avloddan-avlodga o`tish jarayonida dastlabki ijrochisiga xos belgilarini, obrazlarini, motivlari va badiiy vositalarini deyarli saqlab qoladi. Shu bilan birga versiya va variantlilik hosil qilishi mumkin.
Har bir xalqning ertagi o`sha xalq tarixini, ma’naviy-madaniy turmush tarzini, ichki dunyosini, imon-e’tiqodini boshqa qardosh elu elatlar bilan ijtimoiy munosabatlarini, urf-odatlarini, yashash joyining iqlimi va tabiiy shart-sharoitlarini o`rganishda muhim manba vazifasini o`taydi.
Deyarli barcha ertaklarning g`oyaviy yo`nalishi yagona maqsadga- mehnat ahlining buyuk va yorqin kelajak uchun olib borgan kurashlarini, intilish va orzularini aks ettirishga qaratilgan. Shuning uchun ertaklar hamisha yaxshilik va murodga yetishdan iborat umidbaxsh g`oya bilan yakun topadi.
Ertaklar o`z janriy tabiatiga xos badiiy-kompozision qurilishga ega. Ular bir xil badiiy shakliy qoliplar doirasida yaratiladi va ijro etiladi. Kirish, boshlama, tugun, epik sarguzasht va tugallama ertak kompozision qurilmasining asosini tashkil etadi.
Ertaklarning an’anaviy kirish bilan boshlanishi jahondagi barcha xalqlar ertakchiligi uchun mushtarak xususiyat hisoblanadi. An’anaviy kirishning vazifasi tinglovchilar e’tiborini bir nuqtaga jalb etish, ertak tinglashga hozirlashdir. An’anaviy kirishlar syujet tabiatiga mos tushadigan xayoliy fon yaratishni, auditoriya, tinglovchilar qalbida ko`tarinki ruh, xushchaqchaq kayfiyat paydo qilishni ko`zlaydi.
Ertak syujetlari xilma-xil bo`lganidek, ulardagi tugun ham xarakter e’tiboriga ko`ra xilma-xil bo`ladi:
-hayotiy ertaklarda tugun hayotiy – real bo`ladi, bosh qahramonning biror malikaga oshiq bo`lishini izohlaydi: «yillar o`tib podshoning o`g`li ulg`ayibdi. Bir kuni u tushida bir qizni ko`rib oshiq bo`lib qolibdi». Bunda tushida ko`rilgan qizga oshiqlik hayotiy hodisa bo`lib, tugun uchun asos bo`lgan. Endi o`sha qizni izlab topish jarayoni epik sarguzashtni yuzaga keltiradi va shu asnoda tugun yechimga yuz tutadi.
«Varqa bilan Gulshoh» ertagida esa tugun ijtimoiy tengsizlik negizida qurilgan: “Varqa bilan Gulshoh” maktabda o`qib yurganlarida bir-birini sevib qolishgan. Ammo Varqaning otasi kambag`al ekan. Oylar ketidan oylar o`tibdi. Varqa Gulshohni so`ratib podshoga sovchi yuboribdi. Podshoga bu yoqmabdi. Chunki Varqa ham yetim, ham kambag`al.” Tugun hamisha konflikt mohiyatiga ishora xarakterida bo`ladi. Yuqoridagi misolda bu boylik va kambag`allik, podsholik va oddiy fuqarolik, ota-onasining borligi va yetimlik to`qnashuvidan xabar berib turibdi.
Sehrli – fantastik ertaklarda esa tugun xayoliy uydirmalar shaklida namoyon bo`ladi. Bu tipdagi tugun ertakda xayoliy fon yaratadi. Sehrli-fantastik ertaklardagi tugun mazmun-mohiyatiga ko`ra ikki yo`nalishga ega:
Birinchisi - oilaviy shart-sharoit bilan bog`liq holda yuzaga keladi. Bunda o`gaylik motivi hal qiluvchi rol o`ynaydi: «Yoriltosh», «Opa-uka», «Opa-singil», “Oltin beshik”, “Shokir va Shakar”, “Zumrad bilan qimmat» ertaklari tuguni shunday xarakterga ega. Chunonchi, «Zumrad bilan qimmat» ertagi tuguniga e’tibor qilaylik: «Bir kuni kampir Zumradni yomonlab cholga do`q uribdi. Qizing beodob, ishyoqmas, uni haydab yubor, bo`lmasa, sen bilan bir nafas ham birga turmayman».
Ikkinchisi - sirli Yoki dahshatli ko`ringan tabiat kuchlari bilan bog`liq holda tugun yuzaga keladi: «Podshoning qizi qirq kanizi bilan birga tilla taxtda o`tirar ekan. Bir yo`lbars kelib qattiq ulibdi, shunda hammayoq tuman bo`lib ketibdi. Tuman tarqalgandan keyin qirq kanizak qarasa , podshoning qizi yo`q emish».
Satirik va hayvonlar haqidagi ertaklarda ham tugun hayotiy-real bo`ladi va tanqidiy vazifani ado etadi. Chunonchi, satirik ertakda: «Podshoning o`g`li ko`ngli tusagan narsani qilib, aqlsiz o`sibdi»;
hayvonlar haqidagi ertakda: – “Shu ho`kiz qo`shga yaramay qoldi, bozorga olib borib sotib kel,- debdi. Xizmatkor ho`kizni yetaklab bozorga borayotganida, bir daraxtdagi sassiqpopushak «pop-pop» debdi.
– Ha, uka, ho`kiz olasanmi? – debdi xizmatkor. Popushak yana popoplabdi. Xizmatkor:
– Ikki yuz tangani qachon berasan, ertagami? – debdi-da, ho`kizni daraxtga boylab ketibdi”.
Ko`rinayotirki, tugunlarning mazmuniy yo`nalishi ekspozisiyadayoq ma’lum bo`ladi. Ertak tuguni voqealar rivojini yuzaga keltiradi, natijada syujetning shakllanish jarayoni sodir bo`ladi.
Ertaklarning syujeti, odatda, ikki asosiy qismdan tashkil topadi: birinchisi – bayon qismi, ikkinchisi – sarguzasht qismi. Birinchisida syujet voqealarining rivojini ta’minlovchi asosiy ziddiyatlar aytilsa, ikkinchisida shu ziddiyatlar bevosita ochib beriladi.
Ertaklarning oxirida tugallama keladi, ular ertakning yakuniy qismini ta’riflaydi va hamisha optimistik ruhdagi intiho sifatida xalqning yengilmas ruhi va qudratini namoyish etadi.

Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin