O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti


Alpomish singlisining ismi Qaldirg’ochoyim



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə21/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Alpomish singlisining ismi Qaldirg’ochoyim sadoqat, qondoshlik aloqalarining mustahkamligini ifolaydi, zero o’zbek xalq poeziyasida qaldirg’och aynan shu sifatlar ramzidir. Aynan singlisi tufayli Alpomish qallig’iga tahdid solayotgan xavf haqida bilib oladi. Va aynan Qaldirg’ochoyim Alpomishni uyaltirib, Oybarchin va uning otasiga yordam berishga chorlaydi, o’z baxti va xalqning birligi uchun jasorat ko’rsatishga undaydi. Suqsuroy antroponimi (Oybarchinga nisbatan qo’llanilgan epitet hamda uning ismi so’zma-so’z “Suqsur-Oy”) ism bekasining chiroyini ta’kidlaydi. Bosh qahramon Alpomish ismi ikkita so’zdan tuzilgan: alpomish (yoki manash, misha). Alp polvonni anglatadi: mil (sanskr. mesa) – astronomik Hamal burji. Shunday qilib, qahramonning ismi bahodir – qo’y, Hamal burjida tug’ilgan bahodir ma’nosini bildiradi. Qo’y obrazi O’rta Osiyo ko’chmanchi chorvador xalqlari san’atida asosiy obrazlardan biri bo’lib, hali-hanuzgacha qozoq, qirg’iz va qoraqalpoqlar naqshu nigorlarida saqlanib qolgan. Lekin syujet rivoji davomidagi ko’plab epizodlar, boshqacha, ya’ni nikohning va qarindoshlik rishtalarining ancha avvalgi shakllarini tasvirlaydi. Qalmoqshohning jallodlari dehqonchilik nimaligini bilmaydigan xalqi qalmiqlar yurtida butun dalalarni payhon qilganligi uchun Boysarini ushlashganda, u qo’yib yuborishlarini, buning uchun butun boyligini berishga tayyor ekanligini aytadi. Shu asnoda u agar: “Molim etmasa beray Barchin qizimni”, deydi. Ya’ni bu erda u qiziga boyligining bir bo’lagi sifatida qarashligi ta’kidlanadi. Lekin dostonning bosh qahramoni Barchinoy nozik-nihol, hijron azobida qaddi bukilgan sohibjamolni emas, balki polvon qizni (“alp qiz”) namoyon qiladi. Ota-onalari bilan majburan qo’noq topishgan uzoq qalmiq yurtida qiz unga sovchi bo’lib kelgan 7 ta o’zga yurtlik polvonlarning do’q-po’pisalarini nazar-pisand qilmaydi. Aksincha, unga tahdid qilgan birovini osongina elkasi osha irg’itib yuborib, elkasini er tishlatadi va engilgan polvonning qorniga tizzasini bosib, qolgan polvonlarga o’z shartlarini qo’yadi: unga 6 oy muhlat berishlarini va u bu vaqtda unashtirilgan yigiti bilan bog’lanib, uning xohish-istagini bilishini aytadi. Barchinoy obrazi matriarxal xarakterdagi obraz. Ettita qalmiq polvonlar esa Barchinoyning huzuriga kelib unga: “O’rtada jovlik xotinli bo’lib qolaylik” yoki “O’zbek qizini yo birimiz olaylik, yo barimiz olaylik”, deb o’z shartlarini qo’yadilar. Poligamiya poliandriya (ko’perlilik), ma’lumki, nikohning eng ibtidoiy shakllaridan hisoblanadi. Qalmiq bahodiri Qorajon (keyinchalik Alpomishning do’sti) uni o’zbek qiziga unashtirish uchun sovchilikka borgan onasidan: “Tulki bo’lib kelyapsanmi, bo’rimi?” deb so’raydi. “Bo’ri” so’zining ma’nolaridan biri o’g’il ekanligini nazarda tutgan holda, yuqorida keltirgan gapning ma’nosini quyidagicha sharhlash mumkin: sen o’g’lingni unashtirdingmi yoki ikki qo’lingni burningga tiqib kelyapsanmi, ya’ni erkaklik ustun keldimi yoki ayollik? Dostondagi ko’pqatlamli mifologik fikr matnning analogiya, ko’pma’nolilik kabi ma’nolarga to’yinganligida ko’rinadi. Zera, uzoq yo’l yurib kelgan Alpomish tun tushishi oldidan, yorug’likka ko’zi tushib, mozoristonda yotib qolishga qaror qiladi: “Kech qolgan odam mozorotda yotadi”. Shu ma’noda u “ahli quburlarga” yotib qolish uchun ruxsat so’rab murojaat qiladi. Lekin yorug’lik ichidan chiqib kelgan odam avvaliga unga rad javobini beradi: “Bu erda otingizga joy bor, o’zingizga joy yo’q”. Ushbu sahnada ajdodlarimizning ibtidoiy udumlari turli mifologik qatlamlar bilan o’ziga xos tarzda chog‘ishib ketgan. Ma’lumki, homiy ajdodlarimizning marosimlari (dafn va ehson marosimlari) erta diniy shakllardan biri bo’lib, uning kelib chiqishi musulmonlikdan ancha oldingi davrga borib taqaladi. Rad javobining ma’nosi esa, ajdodlar ruhi (ularning qo’nim topgan joylari mozoriston) odam o’rniga otni tanlashdi. Ko’plab qadimgi chorvadar xalqlarning dafn marosimlarida otning ahamiyati alohida ma’no kasb etadi. Keyinroq Alpomish ham mozoristonda yotib qolishga ruxsat oladi. Bu erda yana uning ismining mazmuniy paralleli (“bahodir-hamal (qo’y)”) ko’chmanchi xalqlardagi hozirgacha saqlanib qolgan qo’yni qurbonlik qilish kulti bilan bog’liq masalalar kelib chiqadi. “Alpomish” o’zida ibtidoiy totemistik ko’rinishlar, ya’ni ajdodlar kultini tasvirlash hamda o’zbek dostonchiligiga xos bo’lgan matriarxal dunyoqarash elementlari bilan birgalikda boshqa mifologik tizimlar (kosmologik qarashlar, shomonlik) keng spektrini chog’ishtirgan, ularning elementlari xalqning badiiy ongida o’z in’ikosini saqlab kelmoqda.



Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin