O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə48/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021


Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
JAMI

16


III. MUSTAQIL TA`LIM VA MUSTAQIL ISHLAR
O‘zbek folklori fani va fan yuzasidan mustaqil ta`limining
maqsad va vazifalari:
-o‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodi fanining maqsad va vazifalari talabalarni (bakalavr) xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari bilan tanishtirish;
-og‘zaki ijod janrlari va asoslarini o‘rganish, shu bilan bir qatorda milliy mafkura tamoyillarini egallash;
-talabalarni og‘zaki ijod namunalarini chuqur tahlil eta olishga o‘rgatish, shuningdek, ularni yuksak axloqiylik, ruhiy barkamollik, insoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy merosga muhabbat ruhida tarbiyalash
Talabaga mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanish tavsiya etiladi:

  • Darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish.

  • Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish.

  • Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash.

  • Yangi ilmiy adabiyotlarni, adabiy jarayon tendentsiyalarini va estetik tamoyillarni o‘rganish.

  • Talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish.

  • Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlari.

  • Masofaviy (distantsion) ta’lim.


Mustaqil ta'lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta'lim uchun tavsiya etiladigan mavzulari:
1 Folklor va badiiv adabiyot munosabatlari. Folklorizm tushunchasi.

  1. Individual ijodkoming xalq og`zaki ijodidan fovdalanish mahorati.

  2. Mustaqillik sharofatida xalq og'ziki ijodining davlat maqomiga erishuvi.

  3. Akademik litseylarda xalq og'/aki ijodi fanining o'qitiIishiciagi o'ziga xos

tamoyillar.

  1. Xalq og‘zaki ijodida matn an'anasi. Epik janrlarda adabiy badiiy qoiiplar va an'anaviy tasvir vositalari.

  2. Xalq og‘zaki ijodidagi an'anaviy obrazlar.

  3. Bolalar folklori material lari asosida mazkur folklor namunalarining o'ziga xos belgilarini aniqlash.

  4. Xalq ertaklarini o‘rgangan folklorshunos olimlar faoliyati.

  5. Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridagi folklor materiallari.

  6. Hodi Zarifhayoti va ijodiy faoliyati.

  7. Xalq og‘zaki ijodi xalq qadriyatlarining tarkibiy qismi sifatida.

  8. Jangovar ot obrazining tarixiy asoslari va badiiy talqini.

  9. “Dada Qo‘rqut kitobi” va “Alpomish” dostonining qiyosiy tahlili.

  10. Xalq qo‘shiqlaridagi timsollar.

  11. Ertaklarda qo‘shaloqlashtirish usuli.

  12. Paralelizm - o‘zbek xalq qo‘shiqlarining tarkibiy qismi sifatida.

  13. “Kuntug‘mish” dostonida psixologik holatning ifoda etilishi.

  14. Alisher Navoiy ijodida folklor an'analari.

  15. 0‘zbek folklorshunosligining tadrijiy taraqqiyoti.

  16. To‘ra Mirzayevning o‘zbek folklorshunosligiga qo‘shgan hissasi.


“O‘zbek folklori” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy masalalarni yechishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta'lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular qo‘shimcha adabiyotlarni o‘rganib hamda folklor ekspeditsiyasi materiallaridan foydalanib referatlar va ilmiy dokladlar tayyorlaydilar, amaliy va seminar mashg‘ulotlari mavzusiga doir uy vazifalarini bajaradilar, ko'rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishda quyidagi shakllar tavsiya qilinadi:
- dasturda tavsiya qilingan darslik va qo‘llanmalardan foydalangan holda ona tili fanining bo‘limlarini o‘rganish;
- o‘zlari mustaqil izlab topgan qo‘shimcha adabiyotlardan foydalangan holda ona tili fanining bo‘limlarini o‘rganish;
- badiiy adabiyotlardan ona tili bo‘yicha muayyan mavzularga doir misollar ko‘chirish;
- chuqur o‘rganilishi talab qilinadigan mavzular yuzasidan jadvallar va slaydlar tayyorlash;
- muayyan mavzular bo‘yicha mustaqil tarzda test topshiriqlarini tayyorlash;
- muayyan mavzular bo‘yicha mustaqil tarzda lug‘atlar tuzish;
- imlo qoidalari bilan bog’liq mashlar bajarish;
- hujjat blanklarini to’ldirish;
- hujjat namunalarini tayyorlash;
Mustaqil ta`lim topshiriqlari o‘tilgan mavzular asosida beriladi.
Egallanishi lozim bo’lgan nazariy ma’lumotlar bo’yicha manbaalar aniq taqdim etilishi ko’zda tutilgan bo’lib, talabalardan o’zlashtirgan ma’lumotlarini daftarlariga qayd etib borishlari talab etiladi.
Mustaqil o‘zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlash va uni taqdimot qilish tavsiya qilinadi.

1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin