2. Sirtqi ta’lim shakli uchunbaholash mezoni 1) birinchi oraliq nazorat – 20 ball, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
− talabaning dars mashg‘ulotlaridagi faol ishtiroki;
− savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob;
– yozma topshiriqlar.
2) ikkinchi oraliq nazorat – 50 ball (50 ball mustaqil ta’lim hisobidan qo‘yiladi), o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan tuzilgan savollar;
– yozma topshiriqlar.
3) yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalar darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlar asosida nazariy savollar va bajarish uchun amaliy topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan olinadi. Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi.
ΣJN + ΣON > 42 ball bo‘lgan talaba yakuniy nazorat topshirishga ruxsat beriladi.
A+ 4,51 – 5 91 - 100
A’lo
Talaba materialni mustaqil ravishda tez о‘zlashtiradi: xatolarga yо‘l qо‘ymaydi; mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi; savollarga tо‘liq va aniq javob beradi.
A 4,26 – 4,5 86 – 90
talaba materiallarni mustaqil ravishda о‘zlashtiradi: xatolarga yо‘l qо‘ymaydi; savollarga tо‘liq va aniq javob beradi.