O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə9/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Kuzgi marosimlar folklorijanrlaridan faqat ikkitasi-oxirgi tutam bug`doyni o`rib olish (“Oblo baraka”) va shamol chaqirish “Yo, haydar” marosimlarigina saqlanib qolgan.
Oxirgi tutam bug`doy – “ona bug`doy” de-yiladi. Qaysi o`roqchi ana shu tutamga yetib olsa, “yettim-yettim, oblo baraka bersin” deb uni o`rib oladi.
“Yo, haydar” qo`shig`ida shamol homiysi sifatidagi haydar aslida Muhammad payg`ambarning kuyovi hazrati Ali bo`lib, unga shunday murojaat qilinadi:
Haydar-haydar,
Ota-onang o`libdir,
Moli senga qolibdir,
Bolang suvga oqibdir,
Shamolingni qo`yib ber.
Emishki hazrat Ali barcha tabiat hodisalari, jumladan, shamolning ham otasi sifatida uni o`z ixtiyorida tutib saqlarmish. Unga shu xilda murojaat qilinganda esa, tutib turgan shamolni qo`yibyuborarmish. Ikkinchi bir talqinda u Duldulini minib, qamchi bosarmish. shunda ot shiddat bilan chopayotganida yolining ko`tarilib tushishidan shamol hosil bo`larmish.
M.Jo`rayevning fikricha, yalli momo turkiy xalqlar mifologiyasida shakllangan obrazlardan biri bo`lib, choy momoga qaraganda qadimiyroqdir. Chunki unda shamol egalariga qurbonlik qilishning o`ziga xos bir ko`rinishi – shamol qo`g`irchoq yasab, dafn etish udumi saqlangan.4
Qishki marosimlar folkloriga “gap-gashtak” va “yas-yasun” marosimlari kiradi. Ular mehnat jarayoni bilan bog`liq emas.
“Gap-gashtak” marosimi ba’zi joylarda gapxo`rlik deb ham yuritiladi. Unga ko`ra, dala mehnatidan bo`shagan erkaklar uzun qish kechalarini zerikib o`tkazmaslik uchun o`z uylarida yo choyxonalarda galma-gal ziyofat berishgan. Uni boshqaruvchi oqsoqol va yordamchisi bo`lib, ziyofat navbatini, tartibini, unda o`ynaladigan o`yinlarni nazorat qilgan va boshqarib borgan. Ziyofat oldidan polvontavoq kimning oldiga eltib qo`-yilsa, ziyofat gali o`shaniki sanalgan. O`tirish choyxo`rlikdan boshlanib, ishtirokchilar xohishiga ko`ra tayyorlangan taom tanovulidan keyingi o`yin- kulgilar bilan allamahalgacha davom etgan. Yarim tunda palov suzilgan. yana o`yin-kulgi va choyxo`rlik davom etgan. Nihoyat, davraboshi ruxsati bilan gapxo`rlar uy-uylariga tarqalganlar. Bunday gashtaklarda mayxo`rlik bo`lmagan. Bu marosim shaxsda o`zini davralarda tuta bilish, mehmon kutish va uning ko`nglini olish malakasini shakllantirgan va targ`ibot-tashviqot olib borish vazifasiga ko`ra madaniy-oqartuv xizmatini ado etgan.

Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin