MAVZUGA DOIR SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Doston atamasining mohiyati nimadan iborat?
2. Doston janri o`zbek fol’klorida qanday o`rin tutadi?
3. Dostonlarning yaratilishiga nimalar ta’sir ko`rsatgan?
4. Xalq dostonlari yozma adabiyotdagi dostonlardan qaysi xususiyatlari bilan farq qiladi?
5. Baxshi atamasining qo`llanishi va dostonchi baxshilar faoliyati to`g`risida nimalar bilasiz?
6. Dostonlarni kimlar tasnif qilgan?
7. Dostonlar qanday turlarga bo`linadi?
8. Dostonlarning har bir turiga xos muhim belgilar nimalardan iborat? Birma-bir misollar bilan izohlang.
9. Dostonlarning kompozitsiyasi va badiiyati haqida nimalar bilasiz?
Tavsiya etiladigan adabiyotlar:
1.Jo‘rayev M. Folklorshunoslik asoslari. -Т.: “Fan”, 2009.
2.Jo'rayev M. Folklorshunoslikka kirish. O‘quv qo‘llanma. –T. 2008.
3. Safarov O. O‘zbek xalq og'zaki ijodi. -Т.: “Musiqa” nashriyoti, 2010.
4.Madayev O. O‘zbek xalq og‘zaki ijodi. -Т.: “Mumtoz so‘z”, 2010
5.Jo‘rayev M , Sh. Shomusarov. Ozbek mifologiyasi va arab folklori.T.2001.
6.K.Imomov.O`zbek xalq nasri poetikasi.T. Fan. 2008.
7.N.Mallayev. Alisher Navoiy va xalq ijodiyoti. T. 2015.
8.Z.Masharipova O`zbek xalq og`zaki ijodi. T. 2008.
Ertak istilohi haqida tushuncha.Ertak umumfolklor hodisasi sifatida eng qadimiy epik janrlardan bo`lib, M.Qoshg`ariy o`z «Devonu lug`otit turk» asarida turkiy xalqlarda uning «etuk» atamasi bilan yuritilganini qayd etadi. Unga ko`ra, etuk «biror voqeani og`zaki hikoya qilish»ni anglatadi. 19 Biroq jonli so`zlashuvda O`zbekistonning turli joylarida, chunonchi, Namangan viloyatining Janubiy qismida «ertangi» deb yuritiladigan bu hodisa – ertangi bo`lib o`tgan, qadimgi zamonlardan qilinajak hikoya ma’nosini anglatsa, Samarqand, Farg`ona va Surxondaryoda bu hodisa –matal, Xorazmda –varsoqi, Buxoroda – ushuk, Toshkentda – cho`pchak, yana boshqa bir qator maskanlarda – hikoya, hikoyat, og`zaki hikoya, o`trik yoki o`tirik, afsona deb yuritilsa-da, folklorshunoslikda ertak ilmiy istilohi qabul qilingan va muqim muomaladadir.
«Ertak» so`zi «er», aslida «ir» («yir», jir) so`zigao`xshatishni bildiruvchi «-tak» qo`shimchasining qoshilishidan tarkib topgan bo`lib, qo`shiqqa o`xshash degasn ma’noni anglatadi. Negaki, ertaklarning saj`li boshlanmasi qo`shiqqa o`xshab ketadi. Shuningdek, ba’zi ertaklar tarkibida she’riy qismlar ham uchrab turadi. Bu o`rinda “Musicha”, “Yoriltosh” ertaklarini eslash kifoya. Lekin ertakda she’riy parchalar uchrashi odatiy hol emas. Shu sababli ertak xalq nasri namunasi hisoblanadi.
«Ir yo yir» Alisher Navoiy zamonida ham og`zaki hikoya yo doston ma’nolarini anglatganki, bu xususda u shunday ma’lumotni yozib qoldirgan:
Ey yirov, sen ham ishingni ko`rguz,
Yotug`on birla ulug` irni tuz.20 Navoiy tilga olayotgan «ulug` ir» aslida doston bo`lib, uni yotug`on (hozir do`mbira) jo`rligida yirov ijro etgan. Yirov yoki jirov hozir ham xalq an’anaviy dostonlari ijrochisini anglatadi. Qolaversa, usmonli turklarda iztek va boshqirdlarda hozir qo`llanilayotgan irtek istilohi, o`sha tarixiy qatlamni hamon ifodalab turibdi. Rost, boshqirdlarda irtek nasr va nazmdan iborat doston hodisasini bildirgan. Bu Navoiy ta’rifidagi «ulug` ir»ning doston ekanligini dalillaydi. Navoiy zamonasida «ir» dostonni anglatgani bois, u ertak ma’nosida «cho`rchak» istilohini qo`llaydi va og`zaki eposga xos bu ikki hodisani farqlaydi:
Habibim husni vasfin uyla muhlik anglakim bo`lg`ay,
Qoshinda qissai Yusuf bir uyqu keltirur cho`rchak.2 Shuni ta’kidlash joizki, Navoiy qo`llagan «cho`rchak» istilohi hozir Toshkent muzofotida «cho`pchak» va uyg`urlarda «cho`chek» shakllarida fonetik o`zgarishga uchragan holda iste`moldadir.