TN9 o‘qitish mazmuniga oid axborotlarni qayta ishlash, umumlashtirish va o‘quvchilarga yetkazish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
TN10 o‘zbek folklori darslarida zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni qo‘llash
TN11 o‘zbek folklori darslariga qo‘yiladigan zamonaviy talablar asosida darslarni tashkil etish malakalariga ega bo‘lishi
TN12 zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalardan kasbiy faoliyatda foydalanish
TN13 Folklorshunoslik yutuqlari, fanning texnika va ishlab chiqarishga qo’llanishi bo’yicha tadqiqotlaridan xabardor bo’lish
Fan / modul mazmuni
Mashg‘ulotlar shakli: ma’ruza (M) I semestr Dars soat
Mavsumiy va oilaviy marosim folklori namunalari va ularning badiiyati. Mavsumiy marosim folklorida so‘z magiyasining badiiy estetik sathga o‘tishi. Xalqona taqvimlar, Navro‘z, shohmoylar, Sust xotin, Choy momo, loy tutish kabi marosimlarning verbal tizimi tahlili. Oilaviy marosim janrlari yor-yor, kelin salom, o‘lan va boshqa namunalraning badiiyati, ma’no qatlamlari.
2
Xalq dostonlari va ularning turlari. Baxshilik san’ati, dostonchilik maktablari. “Alpomish” dostoni talqinlari. Doston janri haqida ma’lumot. Doston - xalq og‘zaki ijodining sinkretik janri sifatida. Dostonda badiiy matn (nazm va nasr) va musiqaning o‘rni. Xalq baxshilari, dostonchilik maktablari haqida ma’lumot. Xalq dostonlarining ijro an’anasiga ko‘ra (Samarqand, Xorazm, Farg‘ona) turlari. Dostonlarning tasnifi (qahramonlik, romanik, tarixiy, kitobiy, jangnoma dostonlari) haqida ma’lumot. Xalq dostonlarida turkumlik. “Alpomish” va “Go‘ro‘g‘li” dostonlari.
2
Xalq ertaklari Ertak xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy ommaviy janrlaridan biri ekani. Ertak janrini anglatuvchi atamalar. Ertakda xalq hayoti, orzu-istaklari, psixologik dunyosining aks etishi. Xalq ertaklarining janr xususiyatlari. Ertaklarning mazmuniga ko‘ra tasnifi.
2