Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
1 talabalarga xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos xususiyatlari, uning taraqqiyot bosqichlari, og‘zaki ijod janrlari va asoslarini o‘rgatish va talabalarni o‘zbek xalq og‘zaki ijodining rivojlanish tamoyillari, o‘ziga xos xususiyatlari, bu adabiyotning didaktik xususiyati kabi bilimlarni o‘rgatishdan iborat.
Ta’lim natijalari (TN)
TN1 folklor janrlari, xalq og‘zaki ijodi genezisi va tarixiy taraqqiyoti, janrlar va ularning xususiyatlarini aniqlash, janrlararo munosabat mezonlarini belgilash, adabiyot va folklorni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarni tatbiq qilish uchun zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni
TN3 zamonaviy talablar asosida o‘zbek folklori darslarini samarali tashkil qilish yo‘llarini, xalq og‘zaki ijodining sinkretik san’at ekanligini, boshqa san’at turlaridan farqli jihatlarini ko‘rsatib berish, o‘zbek folklorining tarixiy taraqqiyot bosqichlarini
TN4 ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat asoslarini, O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng xalq og‘zaki ijodi davlat maqomiga erishganligi, shuningdek, folklor namunalarini tahlil qilish, ularni xalq orasidan yig‘ish va tasniflash qoidalarini bilishi va ulardan foydalana olishi
TN5 o‘zbek folklori fanini o’qitishda hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qo‘llaniladigan zamonaviy yondashuvlar va innovatsion texnologiyalardan xabardor bo‘lishi
TN6 o‘zbek folklorini o‘qitishda qo‘yiladigan hozirgi zamon talablarini bilishi
TN7 o‘zbek folklori fanining mazmuni, vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligi va izchilligini ta’minlash
TN8 Mashg‘ulotlarda ta’lim resurslaridan samarali foydalanish