O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi turkiston yangi innovatsiyalar universiteti


Ta’lim texnologiyalari va metodlari



Yüklə 298,61 Kb.
səhifə58/66
tarix10.09.2023
ölçüsü298,61 Kb.
#142392
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66
Folklor majmua tayyor-2021

Ta’lim texnologiyalari va metodlari:
• ma’ruzalar;
• seminarlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);
guruhlarda ishlash;
• taqdimotlarni qilish;
individual loyihalar;
• jamoa bo‘lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.
Kreditlarni olish uchun talablar:
Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchaparni to‘la o‘zlashtirish, tahlil natijalarini to‘g‘ri aks ettira olish. O‘rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va oralik nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo‘yicha yozma ishni topshirish.
Oraliq nazorat:
– Modul o‘qituvchisi (instruktor) bilan kelishilgan holda fikrlar almashuvi yozma yoki og‘zaki shaklda;
– Oraliq nazorat shakllari: munozaralar, shuningdek muhokama qilingan asosiy masalalarni tushunishlarni tekshirish uchun testlar va yozma ishlar.
Yakuniy nazorat:
– Imtihon – modul’ davomida olingan bilim va ko‘nikmalarni baholash; yozma savollarni yoki o‘quv dasturi (syllabus) materiallari bo‘yicha yozma, xususan nazariy va amaliy jihatlarni o‘z ichiga oladi.

9. Fan bo‘yicha talabalar bilimini baholash mezonlari
1. Kunduzgi va kechki ta’lim shakli uchun baholash mezoni
1) birinchi oraliq nazorat – 30 ball, o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
− amaliy, laboratoriya va seminar mashg‘ulotlarida faol ishtiroki;
− kollokvium – savollar orqali tegishli mavzular bo‘yicha og‘zaki savol-javob. Savollar tahliliy xarakterda bo‘ladi, birlamchi va boshqa turdagi manbalardan foydalanish mumkin;
– yozma topshiriqlar – kazus yechish, jadval, sxema, glossariy tuzish, hujjat loyihasini tayyorlash.
2) ikkinchi oraliq nazorat – 40 ball (20 ball auditoriya mashg‘ulotlari, 20 ball mustaqil ta’lim), o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan auditoriya mashg‘ulotlaridagi fan mavzularidan tuzilgan savollar;
− fanning o‘quv dasturida ko‘rsatilgan mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridagi mavzulardan tuzilgan savollar;
– yozma topshiriqlar.
3) yakuniy nazorat (yozma javob berish) – 30 ball. Modul davomida olingan bilim va ko‘nikmalar darajasini baholash uchun yakuniy nazorat 80 daqiqa davom etadigan yozma imtihon shaklida bo‘lib o‘tadi. Biletlar asosida nazariy savollar va bajarish uchun amaliy topshiriqlar beriladi. Yakuniy nazorat savollari auditoriya va mustaqil ta’lim mashg‘ulotlaridan olinadi. Savollar tahliliy yondashuvni, chuqur bilim va nazariy tushunishni, hujjatlarning asosiy qoidalari va huquqiy amaliyotda muayyan vaziyatga baho berish ko‘nikmalarini talab etadi.

Yüklə 298,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin