2-rasm. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TASHQI SAVDO AYLANMASI OYLIK DINAMIKASI (mln. AQSH dollari)4 Tashqi savdo aylanmasining eng katta hajmi 2021- yil fevral oyida qayd etilib, 5 233,2 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. 2021- yilning shu oyiga nisbatan 2 846,2 mln. AQSH dollariga koʻpaydi.
2022- yil noyabr oyida tashqi savdo aylanmasi hajmi 4 848,9mln. AQSH dollarini tashkil etdi va 2021- yilning shu davriga nisbatan 8,3 foizga kamaydi.
Xalqaro savdoga bugungi kunda ikki xil qarash bor. Birinchisi xalqaro savdo mutlaqo erkin va cheklovsiz boʻlishi kerak deb hisoblaydi. Bu yondashuv tarafdorlari davlatlar oʻrtasida mahsulotlar erkin yurishi kerakligini, bunga boj va soliqlar bilan toʻsqinlik qilmaslik kerakligini taʼkidlaydi. Ularning fikricha, bundan erkin savdoda ishtirok etayotgan barcha mamlakatlar manfaatdor boʻladi, chunki erkin savdo iqtisodni jadallashtiradi va yangi ish oʻrinlar yaratadi. Bu qarashlar mashhur ingliz olimi Adam Smit gʻoyalarga asoslangan.
Bahsning ikkinchi tomonda proteksionizm – yaʼni, milliy iqtisod manfaatlarini himoyaviy siyosat bilan ochiq xalqaro savdoning salbiy oqibatlaridan ehtiyot qilish gʻoyasi tarafdorlari turadi. Ularning fikricha, mamlakatdan pul chiqib ketishini imkoni boricha cheklash zarur. Bu fikrni ilk marta ingliz iqtisodchisi Jerard de Malines ilgari surgan. U Angliyaga maʼlum mahsulotlar import qilinishini cheklash tashabbusi bilan chiqqan. Iqtisod qancha kam import qilsa, undan shuncha kam pul tashqariga chiqib ketadi.5 Har ikki yondashuvning ham oʻziga yarasha kamchiliklari bor. Erkin savdo albatta yaxshi – bugun Yevropa Ittifoqi, Janubiy-Sharqiy Osiyo Davlatlari Birlashmasi (ASEAN), Shimoliy Amerika Erkin Savdo Bitimi (NAFTA) kabi hamkorlik guruhlari erkin savdo orqali katta iqtisodiy naf topmoqdalar. Ammo Erkin savdo rivojlanib kelayotgan iqtisodiyotlar uchun juda xatarli boʻlishi mumkin. Erkin savdoda bozorni chet mahsulotlari egallab olib, mahalliy ishlab chiqaruvchilar kasodga uchrashi, buning oqibatida ishsizlik va iqtisodiy tushkunlik kelib chiqishi, iqtisod koʻp jihatdan chet el ishlab chiqaruvchilariga tobe boʻlib qolishi mumkin. Bundan tashqari, erkin savdo natijasida bir mamlakatdagi iqtisodiy inqirozlar sherik davlatlarga oʻtib ketish xavfi bor.
Proteksionizm oʻz-oʻzicha sof vatanparvar yondashuv – u milliy iqtisod manfaatlarini har narsadan ustun qoʻyishga asoslangan. Bugun erkin savdo tarafdorlari boʻlib jar solayotgan koʻplab rivojlangan davlatlar bir paytlar oʻzlari proteksionist boʻlishgan. Ammo proteksionizm faqat oltin standart amalda boʻlsagina toʻliq ish beradi.
Oltin standart – milliy valyutalar qiymati ularda belgilangan summaga teng oltin zaxirasi bilan kafolatlangan holat. Masalan, 1971-yilgacha har bir AQSH dollari belgilangan miqdorda oltinga alishtirilishi mumkin boʻlgan.
Proteksionizm davlatga pul oqimi kirishini taʼminlaydi. Oltin standarti bilan bu holat davlatga oltin va kumush oqib kelishini bildiradi. Ammo bugungi xalqaro savdo valyutasi boʻlgan AQSH dollari oltin bilan kafolatlanmagan. Bundan tashqari, proteksionist iqtisod doimiy yuqori inflyatsiyadan aziyat chekadi.