O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI “TASDIQLAYMAN” Termiz davlat pedagogika
instituti rektori
_____________ A.B.Xasanov “ _________” ___________ 2023 yil
Ro‘yxatga olindi: № __________
2023 йил “”_________
MEDIASAVODXONLIK VA AXBOROT MADANIYATI fanining O‘QUV DASTURI
Fanni o‘qitishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - talabalarga bugungi kundagi zamonaviy axborot makoniga poydevor bo‘lgan, inson ijtimoiy-madaniy hayotining ajralmas qismi hisoblangan muloqot, ma’lumot evolyutsiyasi tarixini o‘rgatish. Chunki, axborot tushunchasi, makon va zamonga xos bo‘lib, u davriy hodisa sifatida turli shakl-shamoyilda namoyon bo‘ladi. Jumladan, sobiq sovetlar davrida axborot taqchilligi yuzaga kelgan bo‘lsa, hozirgi kunda esa jamiyatda axborot oqimi ko‘paygani tufayli, axborotdan “bezish”, uni tahlil qilmay, bor holicha iste’mol qilish jarayoni yuzaga keldi. Global axborot makonida qabul qilinayotgan axborotlarni tushunish, baholash, tanqidiy tafakkurni shakllantirish.
Fanning vazifasi: Ommaviy axborot vositalari va media makonga xos: “raqamli”,
“kompyuter”, “vizual”, “texnologik”, “kommunikatsion”, “media”, “axborot”, “ommaviy madaniyat” va “texnokratiya” kabi tushunchalarni talaba-yoshlarga mazmuni, maqsad va vazifalarini anglagan holda foydalanish madaniyatini shakllantiradi.
Talabalarda fanni o‘qish natijasida:
-ma’lumot, muloqot tushunchasi, evolyutsiya va tarixiyligi;
-media va axborot madaniyati savodxonligining asosiy elementlarini belgilash;
-axborot manbalari va ehtiyojlarini aniqlash;
-mediasavodxonlik va axborot madaniyatini baholash;
-axborot (matn)ni tahlil qilish savodxonligini oshirish;
-axborot xuruji, tahdid va boshqa turdagi xavfsizlikka qarshi media savodxonlikka oid ma’naviy-madaniy immunitetini shakllantirish;
-yoshlarda internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishda qaramlik hissi bilan emas, balki, o‘qib- o‘rganishni maqsad qilishi lozim;
-kelgusi faoliyatda media savodxonlik va axborot madaniyatini pedagogik faoliyatida qo‘llash usullarini aniqlash; .
-milliy axborot xavfsizligini ta’minlash va g‘oyaviy immunitetini shakllantirish.
Mediasavodxonlik va axborot madaniyati sohasida yetakchi mamalakatlarning ilg‘or tajribalarini ommalashtirishga doir nazariy va amaliy bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. “Mediasavodxonlik va axborot madaniyati” fanining o‘quv dasturi Massachute, Kembridj universiteti va Finlyandiya ta’lim sohasi tajribasi asosida tahlil qilinib, ishlab chiqildi.