OʻQUV DASTURI PUL VA BANKLAR BH va A (21-22)-Sirtqi (2OT) 7-semestr UZ
V. Fan oʻqitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar) Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.
Talaba:
- pul, kredit va banklar kategoriyalarining paydo bo’lishi va ularning evolyutsiyasi; pul nazariyalarining moxiyati, asoschilari va namoyondalari; pul aylanmasi tushunchasining moxiyati; pul muomalasi va uni tashkil qilish asoslari; pul tizimining mazmuni va uni tashkil qilish asoslari; inflyatsiya va uning yuzaga kelish sabablari; kredit tushunchasi va uning zarurligi; kredit munosabatlari yuzaga kelishining sabablari va shart-sharoitlari; banklarning dastlabki operatsiyalari; Markaziy banklarning yuzaga kelish sabablari, maqsadi va tashkiliy tuzilishi; tijorat banklari faoliyatining tashkiliy asoslari; tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalari; nobank kredit tashkilotlari va ular faoliyatining zarurligi; kredit tizimi va uning tarkibi; valyuta munosabatlari asoslari; xalqaro moliya institutlari faoliyati haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- pul, kredit va banklarning shakllari va turlarini; pul nazariyalarining o’ziga xos xususiyatlarini; naqd va naqdsiz pul aylanmasini; pul agregatlari va ularning tarkibini; pul tizimining elementlari va uning rivojlanishini; inflyatsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini; kredit qonuniyatlari va munosabatlarining rivojlanish boshqichlarini; kreditning turlari, shakllari va funktsiyalarini; banklarning turlari va bank tizimining elementlarini; Markaziy bankning tashkiliy tuzilishi va funktsiyalarini; tijorat banklarining tashkiliy tuzilishi va funktsiyalarini; tijorat banklari aktiv va passiv operatsiyalarining tarkibini; nobank kredit tashkilotlari resurs bazasining shakllanishi va aktiv operatsiyalarini; kredit tizimining elementlari va turlarini; milliy valyuta tizimi va uning elementlarini; xalqaro moliya institutlarining rivojlanishini biliish va ulardan foydalana olishi;
- pul, kredit va banklarning funktsiyalari va ularning o’zaro aloqadorligiga baho berish; zamonaviy pul nazariyalari axamiyatini anglash; pul aylanmasini tashkil etish; pullarga bo’lgan talab va taklifni aniqlash hamda pul isloxotlarini amalga oshirish; pul muomalasini barqarorlashtirish; kredit shakllaridan foydalanish; kredit tizimining barqarorligini ta’minlash; O’zbekiston Respublikasi bank tizimini tartibga solish; tijorat banklari aktiv operatsiyalarining riskliligi va daromadliligini baholash; valyuta munosabatlarini barqarorlashtirish; xalqaro moliya institutlari faoliyatini tartibga solish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Shuningdek talaba Jamoada ishlash, kasbga oid mustaqil va tanqidiy fikrlash, muloqot madaniyati va xulosa chiqarish, fan topshiriqlarini vaqtida bajarish, jamlash va taqdim etish, berilgan mavzu boʻyicha maʼlumotlarni izlab topish, taqdimot tayyorlash va uni oʻtkazish koʻnikmalariga ega boʻladi.
Talaba dars mashgʻulotlarida qatnashish davomida institut ichki tartib-qoidalarida keltirilgan talablarga rioya etishi, kiyinish madaniyati (dress code)ga eʼtibor berishi, maʼruza va amaliy mashgʻulotlarga oʻquv qurollari – daftar, ruchka, chizgʻich, qalam, kalkulyator bilan kelishi lozim.